17-amaliy mashg’ulot


-rasm. Sariq-yashil suvo‘tlar


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana25.11.2021
Hajmi0.66 Mb.
#177456
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5384532891915000960

1-rasm. Sariq-yashil suvo‘tlar: 

1-3-Djnrydium granulatum (1-kichkina ko‘rinishdagi o‘simta; 2-katta 

ko‘rinishdagi bo‘lak o‘simta, 3-rizotsistalarning hosil bo‘lishi)4-Mischococcus 

confervicola; 5-Chlorothecium crassiapex, hujayra va zoosporadan chiqishi; 6-

Peroniella curvipes. 



Topshiriq: Vosheriya misolida sariq-yashil suvo‘t toifalarning umumiy 

xususiyatlari, sistematik o‘rni, tuzilishi va taraqqiyotini o‘rganish.  



1-ish: Vosheriya (Vaucheria) ning tuzilishi va ko‘payishi.  

Klassifikatsiya:  

Bo‘lim: Sariq - yashil suvo‘t toifalar - Xantophyta  

Ajdod: Ksantosifonsimonlar - Xantosifonopsida  

Qabila: Vosheriyalilar - Vaucheriales  

Turkum: Vosheriya –Vaucheria  

Ish borishi: Sariq - yashil suvo‘t toifalar bir hujayrali, ko‘p hujayrali, kolonial va 

hujayrasiz tallomlarga ega. Bo‘limning harakatchan vakillarida, ikkita har xil xivchinlar 

(siliiq, uzun-patsimon) bo‘ladi. Xloroplastlarida xlorofill “a”, “c” va karotinlar α, β va 

sariq rang beruvchi karotinlar (lyutein, violaksantin va neoksantin) ko‘p bo‘ladi. 

Pirenoidlar kam bo‘ladi. Zaxira oziq moddalar sifatida yog‘, leykozin va volyutin 

to‘planadi. Kraxmal hosil bo‘lmaydi. Vegetativ ko‘payishi hujayrasining ko‘ndalang 

bo‘linishi hisobiga boradi. Jinssiz ko‘payishi zoosporalar yoki aplonosporalar 

yordamida amalga oshadi. Jinsiy ko‘payishi ba’zi vakillaridagina uchrab, izogamiya 

yoki oogamiyadir. Noqulay sharoitda po‘sti kremniylashadi va ikki noteng qismlardan 

iborat sista hosil qiladi.  

Bo‘lim quyidagi ajdodlarni o‘z ichiga oladi:  

Ksantomonadsimonlar – Xanthomonadopsida  

Ksantopodsimonlar – Xanthopodopsida  

Ksantokapsimonlar – Xantocapsopsida  

Ksantokokksimonlar – Xanthococcopsida  

Ksantotrixsimonlar – Xanthotrichopsida  

Ksantosifonsimonlar – Xanthosiphonopsida  

Tomizgichlar yordamida vosheriyaning tirik materiali solingan bankachadan suv 

tomchini buyum oynachasiga qo‘yib, avval mikroskopning kichik obyektivida 

ko‘rilganda, vosheriyaning bir qancha (och-yashil) yo‘g‘on ipsimon tallomi ko‘rinadi. 




Tallomi hujayralarga bo‘linmaganligiga e’tiborni qarating. Keyin mikroskopning katta 

obyektivida ko‘rilganda, shoxlangan tallomi, ko‘plab yadrolari va ko‘p sonli pirenoidsiz 

xromatoforlari ko‘rinadi. Bulardan tashqari, yog‘ tomchilari ham mavjud (2-rasm).  

 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling