17-amaliy mashg’ulot


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana25.11.2021
Hajmi0.66 Mb.
#177456
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5384532891915000960

Ishning  borishi:  Qobiqda  qiyali  tirqichi  va  bo‘shliq  mavjud.  Qobig‘ining  tashqi 

yuzasi juda xilma-xil bo‘lib, bu ularni turlarini aniqlashda qayta ahamiyatga ega. U bir 

dona  yadroga  ega.  Xloroplastlari  qo‘ng‘ir  rangli  bo‘lib,  karotinoidlar  va  diatomindan 

iborat. Zaxira oziq modda sifatida yog‘, volyutin, leykozinlar to‘planadi.  

Pinnulariyani  kuzatish  uchun  diatomlar  mavjud  suvli  bankachadan  tomizgich 

yordamida  1  tomchi  suv  olib,  buyum  oynachasiga qo‘yiladi.  So‘ngra qoplag’ich  oyna 

bilan  yopilib,  mikroskopning  avval  kichik  obyektivida  ko‘riladi.  Obyektivda  turli 

shakldagi  katta-kichik  diatom  suvo‘tlar  ko‘rinadi.  Ularni  orasida  pinnulariyani 

anchagina yirik hujayrasi ajralib turadi.  

Katta  obyektivda  pinnulariyaning  tabaqalari  tomonidan  qaralganda  ellipssimon 

yoki  cho‘ziqroq  shaklda  bo‘lsa,  tabaqalar  o‘rtasidan  uzunasiga  o‘tgan  chok  ko‘rinadi. 

Hujayrasining 2 uchki va o‘rtasi kengaygan bo‘lib, tugunlari deb ataladi. Sitoplazmani 




harakati  natijasida  choki  orqali  suv  o‘tib,  pinnulariya  harakatlanadi.  Tabaqalarning 

chetlaridan  parallel  qovurg‘achalar  joylashgan  bo‘lib  ular  choklarga  yetmasdan 

tabaqalarning ichki tomonidan ko‘ndalangiga ketgan xonalarga ajratadi.  

Tirik pinnulariya  sitoplazma, unda osilib turgan  yadro, vakuol va plastinkasimon, 

qo‘ng‘ir rangli 2 ta xromotoforlari mavjud. Bulardan tashqari hujayrada yog‘ tomchilari, 

leykozin  va  volyutin  to‘planadi.  Bu  qismlarni  barchasini  hujayrani  tashqaridan  qoplab 

turgan-epiteka, undan ichkarida joylashgan-gipoteka qoplab turadi (3-rasm).  

 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling