17-amaliy mashg’ulot
-ish: Diktiota (Dictyota) tuzilishi va ko‘payishi
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5384532891915000960
- Bu sahifa navigatsiya:
- QO‘NG‘IR SUVO‘TLAR BO‘LIMI – PHAEOPHYTA
- 4-rasm. Qo‘ng‘ir suvo‘tlar
3-ish: Diktiota (Dictyota) tuzilishi va ko‘payishi.
Klassifikatsiya: Bo‘lim: Qo‘ng‘ir suvo‘t toifalar – Phaeophyta. Ajdod: Izogeneratsimonlar – Isogeneratopsida. Qabila: Diktiotanamolar – Dictyotales. Turkum: Diktiota – Dictyota. Tur: Dictyota dichotoma. QO‘NG‘IR SUVO‘TLAR BO‘LIMI – PHAEOPHYTA Qo’ng‘ir suvo‘t toifalar uchun xromatoforalarining qo’ng‘ir rangda bo‘lishi xosdir. Unda xlorofill “a”, “c”, va β karotin, qo’ng‘ir ksantofillar, ayniqsa, fukoksantinlarni izlari bor. Zaxira holda laminarin polisaxaridi xloroplastlardan tashqarida sitoplazmada to‘planadi. Monad hujayralarida (zoosporalar, gametalar) ko‘zcha va xivchin uchraydi (4-rasm).
1-qizil suvo‘t fursellyariyadagi leateziya (Leathesia difformis); 2- ssitosifon (Scytosiphon loventaria); 3- kutleriyaning gametofiti (Cutleria); 4- kutleriyaning sporofiti (Aglaozonia); 5- dixotomik diktiota (Dictyota dichotoma); 6-tustovuqli padina (Padina pavoia). Qo‘ng‘ir suvo‘t toifalar vakillarining hujayra devori kuchli shilimshiqlanish xususiyatiga ega bo’ladi. Hujayrasida bitta yadro, bir yoki bir nechta vakuola, turli shakldagi doimiy xromotoforalar mavjud. Ko‘payishi vegetativ, jinsiy va jinssiz yo‘llar bilan amalga oshadi. Vegetativ ko‘payish kurtaklar hosil qilish bilan amalga oshadi. Jinssiz ko‘payishi bir uyali va ko‘p uyali sporangiylarda hosil bo‘lgan zoosporalar orqali bo‘ladi. Ko‘pchilik yuksak
tuzilgan qo‘ng‘ir suvo‘tlarda jinsiy ko‘payish jarayoni oogamiya tipida amalga oshadi. Hayotiy jarayonlari turli-tumanligiga qarab, qo‘ng‘ir suvo‘t toifalar ajdodga bo‘linadi: Izogeneratsimonlar – Isogeneratopsida. Geterogeneratsimonlar – Geterogenerathopsida. Siklosporatsimonlar - Cyclosporopsida. Shu qabilaning vakillarida izogenerat yoki bir xil nasllar gallalanadi. Diktiotaning tirik yoki gerbariy va eksponat materialini olib ko‘riladi. Tallomi lentasimon, dixotomik shoxlangan, shoxchalari bir xil tartibda joylashganligini ko‘rinadi. Tallom substratga silindrik ildizpoyali rizoidlari bilan birikkan. Diktiotaning sporofita va gametofita nasllari bir ko‘rinishda bo‘ladi. Diktiota tallomining kundalang kesmasi tayyor preparati mikroskop kichik obyektivida qaralganda, tallom uch qavat hujayralardan: o‘rta qavati yirik, rangsiz, ichki va tashqi qavatlari ko‘p xromatoforali, mayda hujayralardan iboratligi ko‘rinadi. Sporofitlarda ustki po‘stloq hujayralaridan bir uyali sporangiylar -tetrasporangiylar rivojlanadi. Tetrasporangiylarda to‘rtta harakatsiz tetraspora hosil bo‘ladi. Tetrasporadan gametofit o‘sib chiqadi. Diktiota-ikki o‘yli o‘simlik. Anteridiyli gametofitda ko‘p kamerali sporangiylarda anteridiylar bo‘ladi va ularning har bittasida bitta spermatozoid etiladi (5-rasm).
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling