2-ish: Pinnulyariya (Pinnularia) ning tuzilishi va ko‘payishi.
Klassifikatsiya:
Bo‘lim: Diatomtoifalar – Bacillariophyta.
Ajdod: Patsimonlar – Pennatopsida.
Qabila: Choklilar – Raphinales.
Turkum: Pinnulyariya – Pinnilaria.
Tur: Pinnularia borealis.
DIATOM SUVO‘TLAR BO‘LIMI – DIATOMEAE, BACILLARIOPHYTA
Diatom suvo‘tlar tuban o‘simliklar orasida katta bo‘limni tashkil etib, 10 000 dan
ortiq turni o‘z ichiga olgan. Ular bir hujayrali yosh koloniyali mikroskopik organizmlar
bo‘lib, harorati va kimyoviy tarkibi har xil bo‘lgan dengiz va okean suvlarida,
shuningdek, chuchuk suvlarda bentos va plankton holda hayot kechiradi. Ba’zi vakillari
zax erlarda, iliq suvli buloqlarda, qor ustida hamda polyar kenglikdagi muzliklar ustida
keng tarqalgan.
Diatom suvo‘tlari har xil tuzilishga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, hujayra tuzilishi,
ayniqsa, hujayra po‘sti bir xil tuzilganligi bilan xarakterlanadi. Hujayra po‘sti ikki
palladan iborat bo‘lib, zichlashgan protoplastning tashqi qismi sovut bilan o‘ralgan.
Sovut kremnyozli, qum tuproqli, shishaga o‘xshash toshdan tashkil topgan. Sovut ikki
palladan iborat, qopqoqli qutichaga o‘xshab biri ikkinchisini yopib turadi. Ostki kichik
palla – gipoteka, uni o‘rab turgan ustki palla epiteka deb ataladi.
Hujayraning shakli uning substratda joylashish xususiyatiga bog‘liq: birinchisi
radialsimon ko‘rinish deyilib, bunday pallalardan biri ikkinchisining ustida
joylashgandek ko‘rinadi. Ikkinchi ko‘rinishida qo‘shimcha “belbog‘simon” halqalar
paydo bo‘ladi. Bu halqalar ko‘pincha to‘liq bo‘lmagan bo‘g‘imlar hosil qilib, hujayrani
xonalarga ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |