17-amaliy mashg’ulot
-rasm. Vaucheria (umumiy ko‘rinishi)
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5384532891915000960
2-rasm. Vaucheria (umumiy ko‘rinishi).
1-ipning oxiri; 2-3- zoosporaning chiqishi; 4–zoosporalar; 5–zoosporalarning unib chiqishi; 6–oogoniyli va anteridiyli ip; 7–urug‘langan tuxum hujayra; 8–zigota. Jinssiz ko‘payishi zoosporogoniylar yordamida bo‘lib, vosheriyaning tirik tallomidan ko‘plab juft xivchinli yirik harakatchan zoosporalarni chiqishini ko‘rish mumkin. Zoospora vujudga kelishidan oldin, zoosporangiy ichidagi xromatofor va yadrolar protoplazma bilan aralashadi, so‘ng yadro hujayra devori atrofida va xromatofor esa hujayraning ichki qismida joylashadi. Zoosporalar ovalsimon bo‘ladi. Har qaysi juft xivchin ostida sitoplazma, bitta yadro va uning ostida donador xromatofor joylashadi. Zoosporalar yetilganidan keyin zoosporangiy ustida asta – sekin teshikcha hosil bo‘ladi. Zoospora shu teshikcha orqali suvga chiqib, bironta qismga o‘rnashib, xivchinlarini tashlaydi va yangi o‘simlikka aylanadi. Jinsiy ko‘payishi oogamiya bo‘lib, undagi anteridiy oogoniylarini suvo‘tning spirtda fiksatsiya qilingan materialdan yoki doimiy bo‘yalgan preparatlardan ko‘rish mumkin. Oogoniylarda odatda zigotalar aniq ko‘rinadi. Vosheriyaning tallomida oogoniy va anteridiylar bir-biriga yaqin joylashadi. Oogoniy tagidagi ko‘ndalang to‘siq bilan tallomdan ajralib turadi, uning ichida bitta tuxum hujayra mavjud. Vosheriyaning bir uyli turlarida oogoniy yonida jinsiy hujayra - anteridiy joylashadi. Anteridiylardan bir-biriga teng bo‘lmagan ikki xivchinli spermatozoidlar vujudga keladi. Tuxum hujayra yetilgach, oogoniya yorilib, undan rangsiz modda ajraladi. Bu modda spermatozoidlarni o‘ziga jalb etadi. Spermatozoidlardan faqat bittasi oogoniya ichiga o‘tib, tuxum hujayrani urug‘lantiradi. Hosil bo‘lgan zigota qalin po‘st bilan o‘riladi, yog‘ tomchilari va gemotoxrom bilan to‘ladi. Tinim davrini o‘tgach, gaploid tallom o‘sib chiqadi. Vosheriyaning chuchuk suvli, oqmaydigan va tinch oqadigan suv havzalarida, bundan tashqari tuproqqa rizoidlari bilan birikkan holda, to‘q yashil ipsimon tallomini qurigan suv havzalarini qirg‘oqlarida uchratishi mumkin. Vosheriyaning suvli bankachalarda saqlash va o‘stirish mumkin. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling