17-amaliy mashg’ulot


-rasm. Diktiota (Dictyota) tallomining uzunasiga kesmasi


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana25.11.2021
Hajmi0.66 Mb.
#177456
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5384532891915000960

5-rasm. Diktiota (Dictyota) tallomining uzunasiga kesmasi: 

1-tetrasporangiyali sporofit; 2-oogoniyali gametangiy; 3-anteridiyli gametangiy. 

1. Arxegoniyli gametofitda guruh (sorus) bo‘lib oogoniylar rivojlanadi. Oogoniylar 

qobig‘i yorilib, tuxum hujayra siqib chiqariladi va undan o‘ziga spermatozoidlarni jalb 

etuvchi modda chiqaradi. Tuxum hujayra urug‘langandan so‘ng oospora hosil bo‘ladi va 

u  tinim  davrini  o‘tmasdan  yangi  sporofit  hosil  bo‘ladi.  Laminariyaning  (Laminaria

tuzilishi va ko‘payishi. 

Klassifikatsiya:  

Ajdod: Geterogeneratsimonlar – Heterogeneratopsida.  

Qabila: Laminariyanamolar - Laminariales  

Turkum: Laminariya - Laminaria  



Tur: Laminaria jaronica, Laminaria sascharina.  

Qo‘ng‘ir suvo‘t toifalar uchun xromatoforalarining qo‘ng‘ir rangda bo‘lishi xosdir. 

Unda  xlorofill  “a”  va  «c»,  β  karotin,  qo’ng‘ir  ksantofillar,  ayniqsa,  fukoksantinlarni 

izlari bor. Zahira holda laminarin polisaxaridi xloroplastlaridan tashqarida sitoplazmada 

to’planadi. Monad hujayralarida (zoosporalar, gametalar) ko’zcha va xivchin uchraydi.  

Geterogeneratsimonlar  ajdodiga  mansub  suvo‘tlarda  har  xil  nasllar  gallanadi: 

sporofit  yirik,  gametofit  esa  mikroskopik  bo‘ladi.  Laminariyaning  tallomi  60-100  m. 

gacha  etadi  va  Shimoliy  va  Janubiy  dengizlarda  uchraydi.  “Poyasi”  va  rizoidlari  ko‘p 

yillik  bo‘ladi,  “barglari”  esa  har  yili  yangilanib  turadi.  Laminariyaning  tuzilishini 

o’rganishda eksponatlarni lupalar ostida kuzatish kerak. “Poya” va “barglarni” o‘rtasida 

interkallyar  meristema  joylashgan,  u  “poya  va  bargni”  o‘sishini  ta’minlaydi. 

Laminariyaning sporofitida mayda hujayrali tashqi po‘stlog’i tagida yirik hujayrali ichki 

po‘stloq joylashgan, ularning o‘rtasida esa govak - o‘zak bo‘ladi (6-rasm).  

 

6-rasm. Laminariyaning ko‘payish sikli: 

1–sporofit; 2–zoosporangiy; 3–zoosporalar; 4- arxegoniyali gametofit; 

5-anteridiyali gametofit; 6–zigota; 7- sporofit. 

Laminariyaning  ko‘payishida  barg  plastinkasining  ustki  qismida  po‘stloq 

hujayralaridan bir uyali sporangiylar guruhlari (soruslar) hosil bo‘lib, ularda zoosporalar 

rivojlanadi.  Zoosporalardan  kichik  mikroskopik  o‘simta  (gametofitlar)  unib  chiqadi. 

Anteridiyli  gametofitda  anteridiy  va  uning  ichida  ikki  xivchinli  spermatozoidlar, 

arxegoniyli  gametofitda  arxegoniy  uning  ichida  esa  tuxum  hujayra  yetiladi.  Tuxum 

hujayra bilan spermatozoid qo‘shilib, zigota hosil qiladi. Zigotadan tezda sporofit o‘sib 

chiqadi.  Demak,  laminariyani  sporofit  (jinssiz  nasl)  yirik  (60-100  m.)  bo‘ladi, 

gametofiti esa mikroskopik kichik bo‘ladi.  



Savollar va topshiriqlar:  

1. Diktiotaning tallomi qanday tuzilgan?  

2. Izogenerat va geterogenerat nasllar gallanishi to‘g‘risida gapirib bering?  

3. Diktiota qanday ko‘payadi?  

4.Laminariya tallomi qanday tuzilgan?  



5.Laminariya qanday yo‘l bilan ko‘payadi?  

6. Vosheriya tallomini tuzilishini tushuntiring?  

7. Vosheriya nima uchun sariq-yashil suvo‘t toifalar bo‘limiga kiritilgan?  

8. Diatom toifalar uchun xarakterli xususiyatlari qanday?  

9. Pinnulariya hujayrasi tuzilishi qanday?  

10. Epiteka va gipoteka nima?  



 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling