17-Mavzu: Bir faktorli bog’lanishlarni aproksimatsiyalash
Download 63.99 Kb.
|
17-Mavzu. Bir faktorli bog’lanishlarni aproksimatsiyalash
Qisqa xulosalar
XX asrda yanada kengroq va sifatli marketing axborotlari olish zaruratini asoslab beruvchi uchta tendensiya kuchaydi: 1. Mahalliy darajadagi marketingdan umummilliy miqyosdagi marketingga o’tish. Firma doimiy ravishda bozor hududini kengaytirib boradi, uning boshqaruvchilari esa hamma mijozlarini ham shaxsan taniy olmay qoladilar. Marketing axborotini to’plashning boshqa yo’llarini izlab topish talab qilinadi. 2. Xaridorlar muhtojliklaridan xaridorlar ehtiyojlariga o’tish. Daromadlar miqdori o’sib borgan sari xaridorlar tovar tanlashda tobora talabchanroq bo’ladilar. Sotuvchilar xaridorlarning tovar sifati, tavsifnomasi, tashqi ko’rinishi va boshqa xislatlariga reaksiyasini oldindan aytib berishi qiyinlashib, ular marketing tadqiqotlariga murojaat qila boshlaydilar. 3. Narx raqobatidan narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobatga o’tish. Sotuvchilar tovarlarga marka nomini berish, tovarlarni individuallashtirish, reklama qilish va sotuvni rag’batlantirish kabi narx bilan bog’liq bo’lmagan marketing vositalaridan tobora ko’proq foydalanib, ularga bozorning bu vositalardan foydalanishga munosabati to’g’risida ma’lumotlar kerak bo’ladi. Marketing axborotlarini to’plashga muayyan masala bo’yicha ma’lumot olish zarurati tug’ilganda foydalaniluvchi tasodifiy, kamdan-kam ro’y beruvchi hodisa sifatida qaraladigan bo’lsa bir qator muammolarga duch kelish mumkin. Nazorat va muhokama uchun savollar Nima uchun xalqaro marketingda axborot muhim ahamiyat kasb etadi? Axborot xalqaro bozorlarda marketing qarorlari qabul qilish jarayonini yaxshilashi mumkinmi? Ikkilamchi tadqiqotlar nima va ularning afzalligi nimadan iborat? Birlamchi tadqiqot deganda nimani tushunasiz? Marketing axborot tizimi tushunchasi va uning ustunlikalari haqida gapirib bering. Marketing axborot tizimining asosiy tarkibiy qismlarini tavsiflab bering. Modellar banki nimani ifodalaydi? Marketing axborot tizimiga qaysi yordamchi tizimlarni kiritish mumkin? Marketing axborot tahlil tizimi nimalarda namoyon bo’ladi? Download 63.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling