17-Mavzu: Bir faktorli bog’lanishlarni aproksimatsiyalash
Marketing axborot tizimining asosiy elementlari
Download 63.99 Kb.
|
17-Mavzu. Bir faktorli bog’lanishlarni aproksimatsiyalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing axborot tahlil tizimi
3.6. Marketing axborot tizimining asosiy elementlari.
Marketing axboroti tahlil tizimi marketing muammolari va marketing ma’lumotlarini tahlil qilish bo’yicha mukammal usullar to’plamidir. Biroq bir qator firmalar bunday yondashuvni o’ta texnik yoki o’ta akademik yondashuv deb hisoblaydilar. Har qanday marketing axborot tahlil tizimining asosini statistika banki va modellar banki tashkil etadi (3.2-rasm).
Regressiya tahlili; Korrelyatsion tahlil; Omillar tahlili; Diskriminatsiya tahlili; Uyalar tahlili. Modellar banki: Narx hosil bo’lish modeli; Narxni xisoblash modeli; Joylashishni tanlash usuli modeli; Reklama vositalari majmuasini tuzish modeli; Reklama byudjetini ishlab chiqish modeli. Marketing axboroti Marketing axborotini boshqarish
3.2-rasm. Marketing axborot tahlil tizimi.1 Statistika banki bu mazkur ma’lumotlar doirasida o’zaro aloqalarni to’laroq ochib berish va ularning statistik ishonchlilik darajasini belgilashga imkon beruvchi ma’lumotlar bilan statistik ishlashga oid zamonaviy usullar yig’indisidir. Bu usullar rahbariyatning quyidagi savollarga javob olishiga imkon beradi: sotuvga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy o’zgaruvchilar nimani ifodalaydi va ularning har birining ahamiyati qanday? tovar narxi 10 %, reklama xarajatlari esa 20 % oshirilsa sotuvda nima yuz beradi? mazkur iste’molchilar raqobatchilar tovarlarini emas, aynan mening tovarlarimni sotib olishlarining eng ehtimoli yuqori ko’rsatkichlar qaysilar? bozorni qaysi o’zgaruvchilar asosida segmentlagan ma’qul va nechta segment mavjud bo’lishi mumkin? Modellar banki bozor ishtirokchilari tomonidan eng optimal marketing qarorlari qabul qilishga xizmat qiluvchi matematik modellar to’plamidir. Har bir model haqiqiy mavjud tizim, jarayon yoki natijani ifodalovchi o’zaro bog’liq o’zgaruvchilar yig’indisidan tarkib topadi. Bu modellar «bo’lsa-chi» va «qaysi biri yaxshi» kabi savollarga javob olishga xizmat qiladi. So’nggi yigirma yil ichida marketing sohasida olimlar marketing rahbariyatiga sotuv hududlari chegarasi va kommivoyajerlik rejalarini belgilash, chakana savdo nuqtalari uchun joy tanlash, tovar yangiliklarini prognozlash va reklama vositalarining optimal majmuasini tanlash bo’yicha faoliyatlarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi ko’plab modellarni yaratgan. Shu bilan marketing axboroti tarkibiga kiruvchi to’rt asosiy yordamchi tizimlar sharhini yakunlash mumkin.
Download 63.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling