17-Mavzu: Bir faktorli bog’lanishlarni aproksimatsiyalash
Tashqi bozorlarni kompleks o’rganishning xususiyatlari
Download 63.99 Kb.
|
17-Mavzu. Bir faktorli bog’lanishlarni aproksimatsiyalash
4.1. Tashqi bozorlarni kompleks o’rganishning xususiyatlari
Xalqaro marketing xususiyatlarini birinchi navbatda raqobatchilik ko’rashi yuqori bo’lgan tashqi bozorda taklif etilayotgan tovar sifati, xizmat ko’rsatish va reklamaga qo’yiluvchi talabning yuqoriligi bilan izohlash mumkin. Bunda jahon bozori 180ta milliy bozorlar yig’indisidan iborat ekanligini nazardan qochirmaslik kerak. Bu bozorlarning har biri umumiy va faqat o’ziga xos bo’lgan jihatlarga ega. Xalqaro bozorning imkoniyatlarini aniqlash va korxonaning tashqi savdo salohiyatini baholash xalqaro marketing strategiyasining boshlang’ich pozisiyalaridir. Bozorni yaxshi bilmasdan turib eksport imkoniyatlariga to’g’ri baho berish qiyin, chunki bu baho korxona faoliyatining mos keluvchi ko’rsatkichlarini bozor talablari va elementlari bilan solishtirishni talab qiladi. Oxirgi yigirma yillik ishlab chiqarishning baynalminallashuvi, milliy iqtisodiyotlarning tashqi bozor uchun ochiqligining o’sib borishi bilan tavsiflanadi. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashuvi natijasida korxona va tashkilotlar xalqaro bozorga chiqish huquqiga ega bo’ldilar. Xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirayotgan korxona avvalo marketing harakatlarini mujassamlantirishi lozim bo’lgan muayyan bozorni tanlashi kerak. Xalqaro bozorni tanlashda uchta ko’rsatkichni o’rganishga e’tibor qaratiladi: 1) ushbu bozorning salohiyati va sharoitlari. Bozor salohiyati avvalo uning sig’imi (rivojlanish istiqbollari, unga chet ellik korxonalarning vaqt va mablag’larni katta miqdorda sarflamasdan kirib borish uchun ochiqligi) bilan ifodalanadi. Tashqi bozorga chiqishni rejalashtirayotgan korxona oldida turuvchi asosiy to’siqlar quyidagilardan iborat: bojxona to’siqlari, notarif cheklovlari, huquqiy to’siqlar. 2) qo’llanayotgan raqobatchilik usullarining intensivligi. Tashqi bozorni tanlashda ikkinchi ko’rsatkich raqobatchilarning amaliy usullari va intensivligini o’rganish hisoblanadi. Raqobatchilikni quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’rganish lozim: samarali faoliyat ko’rsatayotgan raqobatchilarni aniqlash; raqobatchilik strukturasini, ya’ni raqobatchilar soni va ularning bozor ulushlari taqsimlanishini aniqlash; raqobatbardoshlik mezonlarini (masalan, narx, texnik yangilik, sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish va boshqalar) belgilash. 3) korxonaning maqsad va imkoniyatlari. Tashqi bozorni tanlashda inobatga olinuvchi uchinchi ko’rsatkich korxonaning maqsad va imkoniyatlarini aniqlash bilan bog’liq. Dastlab korxonaning tashqi bozordagi amaldagi holati tahlil qilinishi, faoliyatining kuchli va zaif tomonlari anqlanishi, so’ngra korxonaning ichki va tashqi bozorlarda muvafaqiyatli foydalanish mumkin bo’lgan zahiralari aniqlanishi lozim. Xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirishda korxona o’z oldiga turli xil maqsadlarni qo’yadi:
hajmi va salohiyatiga ko’ra eng muhim bozor hisoblanuvchi mamlakatlarda strategik o’rin egallash; ishlab chiqarish va yig’ishda past narxlardan foydalanish; standart tovarlarni yaratish; bozorga proteksionlik choralari bilan himoyalangan tovar va xizmatlarni kiritish; bitta xorijiy bozordan boshqasiga kirib borishga ko’maklashuvchi tajriba to’plash; turli mamlakat bozorlarida faoliyat miqyosini kengaytirish hisobiga mablag’larni tejash. Korxonalarning tashqi bozorga chiqishi bir qator shartlarga rioya qilinishini talab qiladi: chetdan olinuvchi va o’zining xususiy moliyaviy mablag’larining mavjudligi; tijorat-xo’jalik faoliyati asoslanuvchi tovar yoki xizmat konsepsiyasi; bozordagi etkachilarning tovarlari sifatiga mos keluvchi tovarlar sifati; xaridorlarni qondiruvchi narxlar; tovarlarni sotuvdan avvalgi tayyorlash; mijozlarni «bog’lab olish»ga imkon beruvchi sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish; korxonaning siyosiy hukumatlar, jamoatchilik fikri va matbuot bilan o’zaro munosabatlarini o’rnatish. Tashqi bozorlarni o’rganish va ularni baholash ishlari uch xil variantda: bevosita eksportchi korxona tomonidan, axborot-maslahat firmalari bilan hamkorlikda va faqat axborot-maslahat firmalari kuchi bilan amalga oshirilishi mumkin. Barchasi eksportchi tadqiqot bo’linmasiga egaligi va uning imkoniyatlari qay darajada ekanligiga bog’liq bo’ladi. Eksportchi uchun zarur ma’lumotlar boshqa tashkilotlarda mavjud bo’lib, ularga taqdim etilishi yoki barcha uchun ochiq manbalarda joylashgan bo’lishi ham mumkin. Ularni olish uchun xarajatlar miqdori bir marta telefon orqali gaplashish xarajatlariga teng bo’lishi mumkin. Xalqaro marketingda tashqi bozorni o’rganish uchun mos keluvchi manbalardan foydalaniladi. 1. Nashriyot mahsulotlari: davriy matbuot (gazeta va jurnallar, iqtisodiy byulletenlar); maxsus nashrlar (monografiyalar, tadbirkorlar va savdo ittifoqi nashrlari, savdo shartnomalari to’plami, bozor sharhlari, bank nashrlari, reklama agentliklari, ayrim firma va tashkilotlar nashrlari, hukumat qonunlari va tashqi savdo bo’yicha takliflarini aks ettiruvchi to’plamlar); BMT, turli xalqaro tashkilotlar va ayrim mamlakatlarning umumiy va maxsus xarakterli statistika to’plamlari; yirik brokerlik kompaniyalari axboroti; telegraf agentliklari byulletenlari. 2. Kompyuter axboroti (internet tarmog’i); 3. Maxsus spravochniklar: maxsus muassasa va tashkilotlar; konsullik apparati; savdo palatalari; mos keluvchi tarmoqlar federasiya va assosiasiyalari; maxsus xususiy axborot agentliklari; ilmiy-tadqiqot muassasalari va firmalar; kredit-ma’lumotnoma idoralari. 4. Sotsiologik tadqiqot va so’rovlar: tovarni sotish joylarida; yarmarka, ko’rgazma va birjalarda; konferensiya va simpoziumlarda; ishbilarmonlik suhbatlarida, telefon va telefaks orqali; manzilli axborot jo’natish orqali. Xalqaro bozor sub’yekti bozorni tanlash, baholash va ranglarga ajratishni amalga oshiradi. Bu marketing tadqiqotlarining barinchi bosqichi bo’lib, eksportchining vazifasi tanlashga, ya’ni potensial bozorlar sonini har tomonlama va chuqur tahlil o’tkazishga imkon beruvchi optimal songa etkazishga borib taqaladi. Baholash solishtirma tasniflash jadvallari yordamida amalga oshirilib, tanlangan tavsifnomalar bo’yicha tanlangan mamlakatlar bo’yicha bozor talablari darajasi va o’ziga xosliklarini taqqoslash mumkin. Bunda ko’rsatilgan talablarni baholash uchun ball tizimidan foydalanish mumkin. Saralash kutilayotgan eksport bozorlari soni kamaytirilgandan so’ng amalga oshiriladi. Ularni tijorat muvaffaqiyatiga (ustivorlik qatorida) erishish imkoniyati darajasi bo’yicha yoki ma’lum bir ko’rsatkichlarga (hajm, talab dinamikasi, import, mazkur bozorga kirib borishning qiyinligi, raqobat darajasi va boshqalar) asosan joylashtirish lozim. Bozorlarni ranglarga ajratishda eng ahamiyatli ko’rsatkichlar tovar va muayyan eksportchiga bog’liq bo’ladi. Eksport bozorlarini to’plash, baholash va ranglarga ajratish tahliliy-baholash ishlarining keyingi bosqichiga o’tish imkonini beradi. U tanlangan tovar bozorlarining asosiy ko’rsatkichlarini chuqur o’rganishga borib taqaladi. Bu qatorga quyidagilarni kiritish mumkin: bozorni segmentlash, tovar va uning bozor salohiyatining solishtirma tavsifnomalari, iste’molchilar turlari va ularning hohish-istaklari, raqobatchilarning xususiyatlari va bozorning firma tuzilmasi, tanlangan bozorda ishlash usul va shakllari. Bozor sub’yektlarining asosiy qismi xorijiy bozorlarni ketma-ketlikda, kaskad usulida egallab olish taktikasiga amal qiladi. Bunda quyidagi sxemalarga rioya qilinadi:
eng qulay mamlakat yoki mintaqani tanlash; ushbu bozorda bo’lish usulini aniqlash; bozorga moslashtirilgan tovar va xizmatlar, ularning narxi bo’yicha tijorat takliflarini aniqlash; tijorat siyosati, sotuv siyosati, kommunikatsiyalarni aniqlash va savdo xodimlarini tanlash. Xalqaro marketingda umumiy (jahon tovar bozori kon’yunkturasining ahvoli, dunyodagi siyosiy vaziyat) va o’ziga xos (bojxona qoidalari, raqobat darajasi, talabning o’ziga xosliklari, qonunchilikning tovar tavsifnomasiga qo’yuvchi talablari) xarakterga ega bo’lgan, eksportchining tashqi bozordagi muvaffaqiyatini belgilab berishi mumkin bo’lgan asosiy omillar yig’indisini kompleks hisobga olish zarur. Download 63.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling