17-Mavzu: Bir faktorli bog’lanishlarni aproksimatsiyalash


Jahon bozorini segmentlash usullari


Download 63.99 Kb.
bet7/10
Sana24.12.2022
Hajmi63.99 Kb.
#1061512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
17-Mavzu. Bir faktorli bog’lanishlarni aproksimatsiyalash

4.2. Jahon bozorini segmentlash usullari

Jahon iqtisodiyoti globallashib borgan sari universal tovarlarga talabni yaratish imkoniyatlari o’sib boradi. Bu esa xalqaro bozorni segmentlash zaruratini tug’diradi. Undan maqsad turli mamlakatlar yoki mintaqalarda milliy va madaniy farqlarga qaramay, tovarga talablari bir xil bo’lgan xaridorlar guruhini aniqlashdan iborat. Bu segmentlar har bir mamlakatda juda ham kichik bo’lsada, umuman xalqaro firma uchun jalb qiluvchan imkoniyatlarni ifodalashi mumkin.

Tashqi bozorni ikki yo’nalish bo’yicha segmentlash mumkin:

makrodarajada – mamlakat yoki mintaqaning geografik joylashuvi, iqlimi, davlat tuzilishi, aholining zichligi, yosh va jinsiy tarkibi, ta’lim tizimi, madaniy qadriyatlar kabi ko’rsatkichlardan foydalaniladi;

mikrodarajada – daromadni taqsimlash, mulkiy holat, xaridorlik odatlari kabi ko’rsatkichlar qo’llanadi.

Xalqaro bozorni mamlakatlar guruhlari bo’yicha segmentlash:

Xalqaro segmentlashning birinchi va eng sodda varianti bu iqtisodiy va madaniy jihatdan bir turdagi mamlakatlar guruhiga yo’nalganlikdir. Ko’plab tovarlar har bir mamlakat uchun alohida modifikatsiya talab qilmaydi va iqlimi, tili, infratuzilmasi, tijorat va axborot sharoitlari o’xshash mamlakatlar uchun bir xil bo’lishi mumkin.

Xalqaro segmentlashning ikkinchi varianti bu xalqaro marketing tovar siyosatining tovarlarni tashqi bozor talablariga maksimal darajada moslashtirishga yo’naltirishdir. Bu asosiy mahsulotning texnik va iste’mol ko’rsatkichlarini modifikatsiyalash, mahsulotning tashqi ko’rinishi talab darajasida bo’lishini ta’minlash hamda tovarlarga xizmat ko’rsatish tizimini taqdim etish zaruratini yuzaga keltiradi. Xalqaro bozor uchun tovarlarni modifikatsiyalash zaruratini xaridorlarning hohish-istak va ehtiyojlari, ularning to’lov layoqati, ta’mirlash va xizmat ko’rsatish tashkilotlarining mavjudligi bilan asoslash mumkin. Modifikatsiyaga importchi mamlakatning urf-odatlari – milliy an’analar, iqlim sharoitlari, texnik talablar, tarif va hokazolar ta’sir ko’rsatadi. Reklama vositalari va tovar o’rami ham turli mamlakatlarning xususiyatlarini – hajmi, rangi va matnini hisobga olishi lozim. Agar eksport qilinuvchi tovarga zarur xizmat ko’rsatilmasa, unga mahalliy tashkilotlar xizmat ko’rsatishi lozim. Demak, marketing mutaxassislari mahalliy korxonalar asosida ta’mirlash va servis xizmatini yo’lga qo’yish ustida bosh qotirishlari lozim.

Umumiy ko’rinishda eksportning turli xil tashkiliy shakllarini tanlashni quyidagi shartlar bilan ifodalash mumkin:


  • bozor shartlari – erkinlashtirilgan va markazlashmagan iqtisodiyot sharoitlarida faoliyat ko’rsatuvchi ilg’or yoki qoloq savdo tuzilmasiga ega bo’lgan ochiq yoki yopiq bozor;


  • tovar bilan bog’liq shartlar – firma mahsuloti yoki oddiy tovar, texnik xizmat ko’rsatish bilan yoki usiz, oson va qiyin eksport qilinadigan;


  • korxona faoliyati bilan bog’liq shartlar – cheklangan yoki kengaytirilgan maqsadlar, xalqaro bozor sharoitlarida ishlash tajribasining bor yoki yo’qligi, rivojlangan yoki yaxshi rivojlanmagan resurslar salohiyati (moliya, kadrlar tarkibi, ishlab chiqarish quvvatlari va hokazo).






Download 63.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling