17-mavzu. Global biznesda axborot tizimi
(Sanoat o'rtacha bir 17-0 qo'rg'oshin nisbatan) ishlashi
Download 1.41 Mb.
|
Global biznesda axborot tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17.3-jadval. Investitsiyalash texnologiyasi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ijtimoiy, boshqaruv va tashkiliy aktivlar
- 17. 9 -rasm. AXBOROT TIZIMLARIGA ZAMONAVIY YONDASHUV
- Matnli yondashuv: ijtimoiy-texnologik tizimlar
- 7 . 17-rasm. AXBOROT TIZIMLARINING IJTIMOIY-TEXNIK KELAJAGI
(Sanoat o'rtacha bir 17-0 qo'rg'oshin nisbatan) ishlashi AT (sanoat tarmog‘i bo‘yicha o‘rtacha nisbatan) aksionerlik kapitali O‘rtacha, axborot texnologiyalari sohasidagi sarmoyaviy ta'sir boshqa investitsiyalarga juda katta tasirda, firma o‘rtasida sezilarli farq bor. (Brynjolfsson, 2003; Brynjolfsson and Hitt, 2000; Laudon, 17974) 17.3 jadvalda axborot texnologiyalariga firmalar kiritishi kerak bo‘lgan asosiy, qo‘shimcha investitsiyalar sanab, o‘tilgan. Bir qancha investitsiyalar binolar, mashinalar ish qurollari kabi moddiy aktivlar bilan bog‘langan. Lekin axborot texnologiyalarida investitsiyalar narxi ma’lum darajada boshqaruv va tashkilot sohasidagi qo‘shimcha investitsiyalarga bog‘liq. Asosiy va qo‘shimcha investitsiyalar mahsuldor biznes – mahoratdir. Va u natija va samaradorlikni, munosib biznes – model, mahsuldor biznes – jarayonlarni baholab beradi, hokimyatning markazlashmaganligi, qaror qabul qilishga huquq berilishi va kuchli axborot tizimi (is) jamoani rivojlantiradi. Internet va internet ko‘mak- mahorat, ta’lim, tizimi, tarmoq va hisoblash standartlari, tartib- qoidalar va qonunlar, hamda servis firmalar va mavjud texnologiyalar muhim ijtimoiy investitsiyalar hisoblanadi (firmalar qilmagan). Butun kitob davomida biz e’tiborimizni texnologiyani, boshqaruv va tashkiliy vositalarni, va ularning o‘zaro ta’sirini tahlil qilishga qaratamiz.
Menedjerlar axborot tizimdagi keng tashkiliy va aspektlarni ko‘rib chiqishlari, hamda axborot texnologiyalaridagi investitsiyalashdan olinadigan daromad muammolarini ham tushunishlari kerak. Butun matnda ko‘rganingizdek, o‘rtachasini olganda, IT – investitsiya bilan bog‘liq muammolarni yecha oladigan firmalar yaxshigina mukofatlangan.
Axborot tizimini o‘rganish bu bir qancha fanni o‘z ichiga oladigan soha, 17.9 chizmada axborot tizimlarini o‘rganishdagi muammolar va muammolarni yechishda yordam beradigan muhim fanlar ko‘rsatilgan. Maydonnni butunligiga texnik va muomalaviy yondashuvga bo‘lish mumkin. Axborot tizimlari ijtimoiy texnik tizimlar hisoblanadi. Ular mashinalardan, qurilmalardan, hamda “qattiq” fizik texnologiyalardan tuzilganiga qaramasdan, ularning sheyoriga ishlashi uchun, muhim ijtimoiy, tashkiliy va intelektual investitsiyalarni talab qiladilar.
Axborot tizimlariga texnik yondashuv – axborot tizimini tadqiq qilishga asoslangan matematik modellarga, hamda bu tizimlarning fizik texnologiyasi va rasmiy imkoniyatlariga e’tibor qaratadi. Texnik yondashuvga olib keladigan fanlar - bular kompyuterga oid fanlar, boshqaruv va tadqiqot fanlaridir. 17.9-rasm. AXBOROT TIZIMLARIGA ZAMONAVIY YONDASHUV Texnik yondashuv Informatika Operatsiyalar tadqiqoti Sotsiologiya Boshqaruv ilmlari MAT Psixologiya Iqtisod Muomalaviy yondashuv Axborot tizimlari texnik va tabiiy fanlar yutuqlarini inobatga oladilar. Hisoblash nazariyasi informatika bilan hisoblash usullari, nazariy va amaliy ma’lumotlarni saqlash va foydalanish usullarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqarish hakidagi fan qaror qabul qilish va boshqarish amaliyoti uchun modellar ishlab chiqishga urg‘u beradi. Operatsiyalarni tadqiq etish yuk tashish, inventarizatsiya va operatsion harajatlar kabi qurilmalarning tanlangan parametrlarini optimallashtirish uchun o‘z diqqatini matematik metodlarga qaratadi. Faoliyatli yondashuv Axborot tizimlari maydonining muhim qismi axborot tizimlarini rivojlantirish va uzoq muddatli xizmat ko‘rsatishi kabi faoliyatli masalalari bilan mashg‘ul bo‘ladi. Strategik biznes integratsiya, loyihalash, amalga oshirish, ulardan foydalanish va boshqarish kabi masalalarni texnik yondashuvga asoslangan modellar bilan samarali o‘rganib bo‘lmaydi. Boshqa faoliyatli fanlar muhim tushunchalar va usullarini qo‘shadi. Misol uchun, sotsiologiya axborot tizimlarini guruhlar va qurilmalar tizimlarni ishlab chiqishni shakllantirishi va tizimlarning alohida shaxslar, guruhlar, qurilmalarga qanday ta’sir etishini o‘rganadi. Psixologlar axborot tizimlarini formal axborotni qaror qabul qiluvchi insonlar tomonidan qanday qabul qilinishi va foydalanishini o‘rganadi. Iqtisodchilar axborot tizimlarini raqamli tovarlarni yetkazib berish, raqamli bozorlarni harakatga keltiruvchi kuchlar, firma doirasida yangi axborot tizimlari boshqaruv strukturasini qanday o‘zgartirishi va harajatlar strukturasini qiziqish bilan o‘rganadi. Faoliyatli yondashuv texnikani inkor qilmaydi. Haqiqatdan ham, aksariyat holda axborot tizimlari texnikasi faoliyatli muammo yoki muammo uchun stimuldir. Lekin bu yondashuvning markazi, odatda, texnik yechimlarda emas. Aksincha, u yo‘nalishlar, boshqaruv, tashkiliy siyosat va xossalarning o‘zgarishida mujassamlashadi.
bu kitob davomida siz to‘rtta asosiy ijrochilar ishtirokidagi vaziyatni topasiz: apparat va dasturiy ta’minotni yishlab chiqaruvchilar (texnologlar); investitsiya qiluvchi va texnikadan foyda olishga intiluvchi tadbirkorlik firmalari; biznes qadriyatlar (va boshqa maqsadlar)ga erishishga intiluvchi trenerlar va xodimlar; zamonaviy qonuniy, ijtimoiy va madaniy muhit (firma muhiti). Bu ijrichilar birgalikda biz boshqaruvning axborot tizimi deb nomlaydigan narsani ishlab chiqaradilar. Boshqaruv axborot tizimlar (BAT)ini o‘rganish kompyuter axborot tizimlaridan tadbirkorlik firmalari va davlat organlarida foydalanishga urg‘u beradi. BAT informatika, boshqaruv haqidagi fan, amaliy muammolarning tizimli yechimlarini ishlab chiqish kabi amaliy yo‘naltirilgan operatsiyalarni tadqiq etish va axborot texnologiyalari resurslarini boshqarish ilmiy-tadqiqot ishini birlashtiradi. Shuningdek, odatda sotsiologiya, iqtisod va psixologiya sohalarida o‘rganiladigan axborot tizimlarini ishlab chiqish, foydalanish va ularning ta’siriga oid faoliyatli muammolar bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Olimlar va amaliyotchilar sifatida bizning tajribalar ko‘rsatadiki, hech qanday yagona yondashuv axborot tizimlar haqidagi bor haqiqatni ochib bermaydi. Yutuq va kamchiliklar haqidagi ma’lumotlar kamdan-kam, barchasi texnik yoki faoliyatli. Talabalar uchun bizning eng yaxshi maslahat - ko‘p fanlar istiqbollarini tushunish kerak. Haqiqatdan ham, axborot tizimlari sohasida qiyinchilik va yutuqlar shundaki, u turli xil yondashuvlar va baholashni talab etadi. Bu kitobda biz qabul qilgan tavsifga ko‘ra tizimlarni ijtimoiy texnik tizimlar ko‘rinishida eng yaxshi xarakterlaydi. Bu ko‘rinishda, ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan ijtimoiy va texnik tizimlarni birgalikda optimallashtirish orqali tashkiliy samaradorlikka erishiladi. Ijtimoiy texnologik tizimlarning istiqbollari axborot tizimlariga faqat texnologik yondashuv oldini olish uchun yordam beradi. Masalan, axborot texnologiyalari qiymatining jadallik bilan pasayib va ahamiyatining ortib borayotganligi ishlab chiqarish unumdorligini oshirish yoki kamaytirishga asos bo‘lmaydi. Bir firma yaqinda korxonaning keng moliyaviy hisobot tizimini o‘rnatganligi uning bu tizimdan albatta foydalanishi yoki samarali foydalanishini bildirmaydi. Shunga o‘xshab, bir firmaning yaqinda yangi ish tartibi va jarayonlarni joriy qilganligi aslida xodimlarning yangi axborot tizimlariga investitsiyalar bo‘lmaganda ham samarali ishlaydilar degani emas. Bu kitobda biz firmaning faoliyatini yaxlit optimallashtirish lozimligini ta’kidlaymiz. Ikkala ham texnik ham faoliyatli komponentlarga e’tibor berish kerak. Bu texnikaning shunday o‘zgartirilishi va ishlab chiqarilishini bildiradiki, natijada u ham tashkiliy ham individual ehtiyojlarga javob bersin degan ma’noni anglatadi. Ba’zan buni amalga oshirish uchun texnikani "de-optimallashtirish»ga to‘g‘ri keladi. Masalan misol uchun, mobil telefondan foydalanuvchilar uni o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun moslashtiradilar, va natijada ishlab chiqaruvchilar texnikani zudlik bilan iste’molchilar istaklariga javob berishiga harakat qiladilar. Shuningdek, qurilmalar va jismoniy shaxslar texnikaning ishlashi va rivojlanishi uchun mashqlar, o‘rganish, rejalashtirilgan tashkiliy o‘zgarishlar orqali o‘zgartirilishi kerak. 17.170 rasmda ijtimoiy-texnologik tizimlardagi o‘zaro tuzatishlar jarayoni ko‘rsatilgan. 17.17-rasm. AXBOROT TIZIMLARINING IJTIMOIY-TEXNIK KELAJAGI TEXNOLOGIYA TASHKILOT Umumiy xulosa Bugungi kunda axborot tizimlarining biznesda bunday muhim rol o‘ynashining sababi nimada? Email, veb-konferentsiya, smartfonlar va planshet kompyuterlar biznes yuritish uchun muhim vosita bo‘lib qoldi. Internet ko‘plab kompaniyalar uchun sotish yoki sotib olish, reklama qilish va mijozlardan onlayn so‘rovlar olish imkonini beradi. Internet globallashuv jarayonini rag‘batlantirib, tovarlarni ishlab chiqarish, sotib olish va sotish narxini sezilarli darajada pasaytiradi. Axborot tizimlari bugungi kunda biznes yuritish uchun asos bo‘lib qoldi. Ko‘pgina sohalarda, axborot texnologiyalarisiz strategik maqsadlariga erishish qiyin. 2. Axborot tizimi nima? U qanday ishlaydi? Boshqarish, tashkil etish va axborot tizimlarining texnologik komponentlari. Axborot tizimlari asosiy maqsadi - yig‘ish, saqlash, axborotni tarqatish va qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash. Bundan tashqari, ular muloqot vazifasini bajarib, ma'lumotlarni nazorat qilish, tahlil qilish va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. Axborot tizimlari uchta asosiy funksiyasi yordamida: Kiritish, qayta ishlash va ishlab chiqarish boshlangich ma'lumotlar oqimini foydali ma'lumotlar oqimiga o‘zgartiradi. Biznes nuqtai nazaridan, bunday tizim kompaniyaning tashkiliy va boshqaruv muammolarini axborot texnologiyalari asosida echish uchun mo‘ljallangan. Axborot tizimlaridan foydalanib muhim natijani olish uchun, tashkilotlar boshqarishda texnologiyalarga qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilishni qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Ushbu qo‘shimcha aktivlar yangi biznes-modellarni va biznes-jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Kompaniya ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlash uchun tegishli boshqaruv va tashkiliy o‘zgarishlar qilmagan bo‘lsa, axborot texnologiyalari sohasiga kiritilgan yangi investitsiyalar yuqori daromad keltirishi dargumon. 3. Qaysi akademik fanlar axborot tizimlarini o‘rganish uchun ishlatiladi? Axborot tizimlariga texnik yondashuv, yoki "qiziqishlariga" qarab yondashuv mavjud. Axborot tizimlari ijtimoiy va texnologik ("ijtimoiy-texnik" deb ham yuritiladi) strukturaga ega. Ular kompyuterlar va turli qurilmal bilan ishlash uchun asoslangan bo‘lsa-da, ularni ishlatish uchun kerakli Ijtimoiy, tashkiliy va intellektual resurslar foydalanish lozim. Kalit so‘zlar
Muammolarni xal qilish uchun belgisi orqali mymislab saytiga o’ting Savollar sharhi
Muhokama uchun savollar 17-4. Axborot tizimlari shunchalik darajada muhimki, uni kompyuter bo‘yicha mutaxassislarning o‘zi ham to‘liq tushunmaydi. Siz bu fikrga qo‘shilasizmi? Nima uchun bu fikrga qo‘shilasiz yoki qo‘shilmaysiz? 17-5. Agar siz regbi jamoasining veb-saytini o‘rnatayotgan bo‘lsangiz, qanday menejment, tashkilot va texnologiya muammolariga duch kelishingiz mumkin? 17-6. Federal va davlat qonunchiligi axborot tizimlaridan foydalanishga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling