17-mavzu. Investitsiya tavakkalchiligi va ularni pasaytirish yo'llari reja
Download 0.77 Mb.
|
17-mavzu (2)
ravishda
pasayib, 40 %ni tashkil etadi. Har bir mamlakat jahon savdosida qatnashishni o4z oldiga maqsad qilib qo‘yar ekan, u o‘z ichki bozoriga mahsulotlar kirib kelishini tartibga solishga harakat qiladi. Bunday vaziyatda davlat o‘z ichki bozorini tarif yoki notarif usullar (jadval) bilan himoya qilish choralarini ko'radi va shu bilan birga qaysi usul ko‘proq foyda keltiriishi e’tiborga olinadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bevosita usullari esa majburiy taqiqlash yoki ruxsat berish xususiyatiarga ega bo‘lib, xalqaro ayriboshlashda ishtirok etuvchilaming xatti-harakatlarini qat’iy tartibga solib turadi. Bular iqtisodiy, ma’muriy va me’yoriy usullaming yaxlitligidan iboratdir. 1. Iqtisodiy usullar ~ tashqi savdoda litsenziyalash, kvotalash, bojxona bojlari (mavsumiy, maxsus, dempingga qarshi, kompensatsion va h.k) eksportni ixtiyoriy chegaralash, pasaytirilgan eksport bahosi, eng kam import baholari, eksport subsidiyalari, jarimalar va hokazo. Kapital bozorida esa moliya operatsiyalari uchun litsenziyalar, korxona ustav fondida xorijiy kapital ulushining mumkin boMgan chegarasi, xorijdan valyuta olib kelish va xorijga valyuta olib chiqish miqdorini belgilashlar. 2. Ma’muriy usul - tashqi savdoda, mahsulotlar bayonnomasi, tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchilarini ro‘yxatga olish, boshqa rasmiyatchiliklari kiradi. Kapital roigratsiyasida esa investorlar kapital qo‘yishi, kredit berish va sug'urta shartlari, chet ellik investorlar uchun tegishli sohalami aniqlash, qo‘shma va chet ellik korxonalami boshqarishda milliy xodimlami ishtirok etish shartlari tartibga solinadL 3L Me’yoriy-huquqiy usul - mahsulotlar sifati, ekologik tozaligi tovarlami o‘rash va markirovkalashga bildirilgan talablar, me* у or va texnik andozalar, valyuta operatsiyalarini amalga oshirish jarayoniga qo‘yiladigan talab va standartlar kabilami belgilashni bildiradi. Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi ko‘rsatishicha, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan °2gaitirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal ivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quatlami modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Bu vazifalami samarali amalga oshirish va chet el investitsiyalarini jalb qilishda erkin iqtisodiy hududlar alohida o‘ringa ega bo’lib, ular mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlami ochib beradi. Xulosa Tavakkalchilik - kutilishi mumkin bo‘lgan xatar investitsiyadan mo‘ljallangan foydani olish jarayoniga xos bo‘lgan noumidsizlikdir. Shu bilan birga potensial investor tomonidan qo‘yilgan pul mablag’larini yo’qotish mumkinligi hamdir. B ozor iqtisodiyotida bo‘lgan, ichki va tashqi investitsiyalami jalb qilish bo‘yicha sharoitlami shakllantirayotgan davlatlar uchun investitsiya tavakkalchiliklari tavakkalchiliklaming muhim turlaridan biridir. Shuning uchun ham tavakkalchilikni, uning manbalarini va uning oldini olish usullarini aniqlash rivojlanayotgan mamlakatlar uchun hayotiy muhim vazifa bo*lib hisoblanadi. Loyiha tavakkallchiligi bu investitsiya loyihasini amalga oshirishga xalaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan tavakkalchiliklarning yig‘indisidir. Korxonalar (firmalar, aksiyadorlar, investorlar) tavakkalchilikli loyihaga pul Mablag’larini yo‘naltirganda, kapital qiymatini oshirish yo‘li bilan tavakkalchilikni hisobga oladilar, ya’ni tavakkalchilikka tuzatish kiritilgan diskont stavkasini qabul qiladilar. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashda, agar investitsiyani amalga oshirishning turli sharoitlarida xarajatlar va natijalar har xil bo*Isa, tavakkalchilik va noaniqlik omillari hisobga olinadi. Amaliyotda esa tavakkalchiliklaming bo‘linishi, ularning tasnifi, loyiha rejasi va shartnoma hujjatlarini tayyorlash jarayonida amalga oshirilishi lozim. Tavakkalchilikning turlari va xatarlarini bilgan holda ularga ta’sir o’tkazish mumkin, ya’ni ulami boshqarish, tavakkalchilikning loyiha samaradorligiga ko’rsatadigan salbiy ta’sirini pasaytirish mumkin. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling