17-mavzu. Investitsiya tavakkalchiligi va ularni pasaytirish yo'llari reja


Qayta moliyalashtirish tavakkalchiligi


Download 0.77 Mb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1578812
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17-mavzu (2)

Qayta moliyalashtirish tavakkalchiligi butunlay boshqaruvchi bank, ya’ni
moliyalashtirishni tashkil qiluvchi bank zimmasida boMadi.
Mamlakat tavakkalchiligi - tashqi loyiha tavakkalchiliklariga tegishli boMib,
uning mazmuni shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiysiyosiy
jarayonlari va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar
yaratishi va hatto loyihani barbod qilishi ham mumkin. Mamlakat tavakkalchiligining
omillari: markaziy va mahalliy hokimiyatlaming harakati, urushlar, ish tashlashlar,
inqiloblar, terrorchilik harakatlari va boshqalar boMib, bular asosiy loyiha
ishtirokchilari ta’siri doirasidan tashqarida boMadi.
Davlatning siyosati bilan bogMiq mamlakat tavakkalchiliklarini shartli ravishda
ikkita katta guruhga boMish mumkin:
1. Siyosiy.
2. Iqtisodiy.
Siyosiy mamlakat tavakkalchiligi - hukumatning chet el investorlari va
kreditorlari ishtirokidagi loyiha faoliyatini to‘xtatish yoki cheklashga qaratilgan
harakati bilan bogMiq. Bularga foydani boshqa mamlakatga olib o‘tishdagi
taqiqlashlar va cheklashlar, chet el kapitali uchun awal yaratilgan imtiyozlardan
mahrum qilish, konsessiya va litsenziyalami qaytarib olish va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy mamlakat tavakkalchiligi - davlatning loyihani amalga oshirilishi
sharoitida qoMlaydigan soliq, valyuta, bojxona va boshqa iqtisodiy shart-sharoitlami
o‘zgartirishi bilan bogMiq o‘zgarishIar xorijiy kapitaini cheklash bilan bevosita
bog'liq boMmasligi ham mumkin.
Ma’muriy tavakkalchiliklar - loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining
boshqa ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli
litsenziyalar, ruxsatlami olishi bilan bogMiq. Litsenziya, ruxsatlar loyiha faoliyatining
barcha faza va bosqichlarida talab qilinishi mumkin: loyiha hujjatlarini ishlab chiqish,
tenderlar o‘tkazish, mashina va asbob-uskunalami yetkazib berish, qurilish, dastlabki
ishlar va obyektning ishga tushirilishida talab qilinadi. Litsenziya, ruxsatlaming soni
ayrim loyihalar bo‘yicha juda ko‘p boMishi mumkin: loyiha faoliyatining u yoki bu
turi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi, tabiiy resurslardan foydalanish, tabiiy
resurslami va valyutani chetga olib chiqish huquqini beruvchi litsenziyalar, ruxsatlar
bo’ladi.
Huquqiy tavakkalchilik - tavakkalchilik qaysidir darajada mamlakat,
ma’muriy va boshqaruv tavakkalchiliklari bilan bogMiq. Awalo, bu tavakkalchilik
kreditoming kafolat bermaslik va boshqa kredit bilan ta’minlashlar ehtimoli bilan
bogMiq noaniqlik va ishonchsizligida namoyon boMadi. Bunday noaniqlik va
ishonchsizlik sabablari quyidagilar boMishi mumkin: qonunlar mazmunining va
xalqaro huquq normalarining mukammal emasligi, huquqiy hujjatlar sifatining
pastligi, sud-arbitraj mexanizmidagi kamchiliklar va boshqalar. Ayrim huquqiy
tavakkalchiliklar loyiha ishtirokchilari nazoratidan tashqarida boMib, ular mamlakat
va siyosiy tavakkalchiliklarga yaqin. Bundan boshqa huquqiy tavakkalchiliklami
milliy qonunchilikni, xalqaro investitsion huquqlarni yaxshi biluvchi, shartnoma,
kelishuvlar va boshqa loyihaning huquqiy hujjatlarida ishtirok etuvchi malakali
huquqshunos maslahatchini jalb qilish bilan yechish mumkin.
Regional tavakkalchilik - bir yoki ikki turdagi mahsulot ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan hududlar farovonligining shu mahsulotlar narxining o‘zgarishi bilan
bogMiq boMgan tavakkalchilik. Mamlakatda hokimiyat krizisi vujudga kelgan paytda
regional tavakkalchiliklar alohida regionlaming siyosiy va iqtisodiy separatizmiga
bogMiq holda vujudga kelishi mumkin.
Tarmoqlar tavakkalchiligi - iqtisodiyotda tarmoqlaming o‘ziga xos
xususiyatlariga bogMiq boMgan tavakkalchilik. Shunga ko‘ra barcha tarmoqlami
guruhlarga ajratish mumkin:
a) davriy tebranishlarga ta’sirchan tarmoqlar,
b) davriy tebranishlarga kamroq ta’sirchan tarmoqlar,
Bundan tashqari tarmoqlami “oMib borayotgan”; “barqaror ishlayotgan”;
“tezda о4sib borayotgan” yosh tarmoqlarga ham boMish mumkin.
Xulosa qilib aytish mumkinki, loyiha faoliyati tavakkalchiliklarining alohida
turlari bir-birini qoplovchi <4umumiy doira”ga ega. Masalan, ishlab chiqarish
tavakkalchiliklari: boshqaruv, ekologik, ta’minot va boshqalarga bo4linadi. Bir qator
muhim tavakkalchiliklar aniq loyihalarga nisbatan o4z muhimligini yo4qotadi.
Masalan, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida loyihani amalga oshirishda mamlakat
tavakkalchiligini hisobga olish uchinchi ish sifatida qaraladi, davlatga elektr eneigiya
yetkazib berishda uzoq muddatli shartnoma mavjud boMgan holda elektrostansiya
qurish loyihani amalga oshirishda sotish tavakkalchiligi nolga teng deb qaraladi.
Yuqorida keltirilgan tavakkalchiliklaming tasnifi shartli ravishda boMib, har bir
loyiha uchun ahamiyatli tavakkalchiliklami aniqlash nuqtasiga yo4naltirish sifatida
qaraladi. Bunday tavakkalchiliklar aniq holatlarda mutaxassislar va ekspertlar
tomonidan tarmoqqa tegishliligi, masshtablari, tanlangan texnologiya, loyihani
amalga oshirayotgan mamlakat va boshqa loyihaning o'ziga xos xususiyatlarini
hisobga olgan holda aniqlanadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling