17-mavzu. Investitsiya tavakkalchiligi va ularni pasaytirish yo'llari reja
Investitsiya loyihalari tahdidlarining asosiy turlari tavsifl
Download 0.77 Mb.
|
17-mavzu (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda loyiha faoliyatidagi tavakkalchiliklarni quyidagi guruhini keltirish mumkin
- 11. Ma’muriy tavakkalchilik.
3. Investitsiya loyihalari tahdidlarining asosiy turlari tavsifl
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqiari va loyihaning ayrim turlari bo‘yicha tavakkalchiliklar bo‘lishi mumkin. Masalan, konchilik va nefi-gaz qazib chiqarishnsanoatida geologik tavakkalchilildca, ya’ni zaxiralami to‘g‘ri baholash tavakkalchiligiga alohida e’tibor beriladi. Kimyo sanoati, kon qazib olish, qora vanrangli metallurgiya loyihalarida ekologik tavakkalchilikka katta e’tibor beriladi. Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda loyiha faoliyatidagi tavakkalchiliklarni quyidagi guruhini keltirish mumkin: 1. Loyiha ishtirokchilari tavakkalchiligi. 2. Loyiha smeta qiymatining oshish tavakkalchiligi. 3. Qurilishni o‘z vaqtida tugatmaslik tavakkalchiligi. 4. Ish va obyekt sifatining pastligi tavakkalchiligi. 5. Konstruksion va texnik tavakkalchiliklar. 6. Ishlab chiqarish tavakkalchiligi. 7. Boshqaruv tavakkalchiligi. 363 8. Sotish tavakkalchiligi. 9. Moliyaviy tavakkalchilik. 10. Mamlakat tavakkalchiligi. 11. Ma’muriy tavakkalchilik. 12. Huquqiy tavakkalchilik. 13. Fors-major tavakkalchilik. 14. Regional tavakkalchilik. 15. Tarmoqlar tavakkalchiligi. Loyiha ishtirokchilari tavakkalchiligi - ishtirokchi laming loyiha faoliyati doirasida o‘z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik tavakkalchiligi. Biigina loyiha ishtirokchisining o‘z majburiyatlarini bajarmasligi, boshqa ishtirokchilaming o‘z majburiyatlarini bajara olmasligiga olib kelishi, natijada loyiha barbod boMishi mumkin. Loyiha ishtirokchilari tavakkalchiligiga quyidagilar sabab boMishi mumkin: ishtirokchilaming vijdonsizligi; ularning professionallik darajasi, moliyaviy holatining barqaror emasligi; ishtirokchilaming turli tavakkalchiliklardan yetarlicha sug‘urtalanmaganligi va boshqa loyiha faoliyatining bir qator tavakkalchiliklari loyiha ishtirokchilarining tavakkalchiligidan kelib chiqadi. Masalan, loyiha smeta qiymatining oshishi tavakkalchiligi qurilish tashkilotining vijdonsizligi natijasida ro‘y berishi mumkin. Ish sifatining pastligi tavakkalchiligi, ko‘p hollarda, tanlangan pudratchi va boshqa ishtirokchilaming yetarli tajribaga ega emasligi bilan bogMiq boMadi. Loyiha smeta qiymatining oshish tavakkalchiligiga quyidagilar sabab boMishi mumkin: loyihalash jarayondagi xatolar, pudratchining resurslardan samarali foydalanishni ta’minlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarining o‘zgarishi. Qurilishni o‘z vaqtida tugallamaslik tavakkalchiligiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi: loyihalashdagi xatolar; pudratchi majburiyatining bajarilmasligi; tashqi shart-sharoitlaming o‘zgarishi. Ishni tugatishning cho‘zilib ketishi natijasida qo‘shimcha xarajatlar kelib chiqadi: kredit bo‘yicha qo‘shimcha foizlami hisoblash, narxlaming inflyatsiya natijasida o‘sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi. Bundan tashqari bu tavakkalchilik natijasida kelgusidagi obyektga xomashyo yetkazib beruvchilar va kelgusidagi loyiha mahsuloti iste’molchilari bilan shartnomaviy munosabatlar to‘xtashi mumkin. Ish va obyekt sifatining pastligi tavakkalchiligi pudratchilar majburiyatining buzilishi, loyihalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin. Obyekt sifatining pastligi natijasida loyiha bo‘yicha qo‘shimcha investitsion xarajatlar qilinishi kerak boMadi. Bu xarajatlar kamchiliklami tuzatishga sarflanishi mumkin. Agar kamchilik saqlanib qoladigan bo’lsa, loyiha mahsulotini ishlab chiqarishga qo‘shimcha xarajatlar qilish kerak bo’ladi. Konstruksion va texnologik tavakkalchilik. Konstruksion tavakkalchilik - investitsiya fazasidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik tavakkalchiligi. Loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchilaming xatolari hujjatlami ishlab chiqishda zarur boMgan ma’lumotlami yetarli yoki aniq emasligi natijasida ro‘y berishi mumkin. Texnologik tavakkalchilik - ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo‘llanilmasligi natijasida maMum texnik-iqtisodiy parametrlardan obyekt ekspluatatsiyasidagi cheklanishlar tavakkalchiligi. Bunga ekspluatatsiya xarajatlarining oshishi, brak foizlarining kattaligi, ekologik normativlarga mos kclmaslik kabilar ta’sir etadi. Ishlab chiqarish tavakkalchiligi - ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklami yuzaga kelish tavakkalchiligidir. Bu ishlab chiqarish davomiyligining buzilishida, obyektning loyihaviy quwatga erishmasligida, soxta foizlarining yuqoriligida, qo'shimcha ishlab chiqarish xarajatlarida va boshqalarda namoyon boMadi. Ishlab chiqarish tavakkalchiligining bir turi bu yuqorida aytib o‘tilgan texnologik tavakkalchilikdir. Kamchiliklar iqtisodiy tartib sababli - ta’minotdagi uzilishlar, o‘sha joydagi resurs zaxiralarining yetishmasligi, xomashyo sifatining pastligi, transport masalalari va boshqalar sababli kelib chiqadi. Ishlab chiqarish xarajatlarining yuqori darajasi xarajatlami xato hisoblash, xomashyo va boshqa resurslar miqdori va sifatiga maMum talablaming aniq emasligi natijasida boMadi. Boshqaruv tavakkalchiligi - ishlab chiqarish tavakkalchiligining bir turi boMib, boshqaruv shaxsining tajriba va malakasining yetarli darajada emasligi natijasida ro‘y beradi. Ayrim hollarda boshqaruv tavakkalchiligi deganda, loyiha faoliyatining barcha faza va bosqichlaridagi menejment darajasining pastligi va xatolari bilan bogMiq tavakkalchiliklar tushuniladi. Sotish tavakkalchiligi - loyiha mahsuloti sotish hajmining va shu mahsulot bahosining kamayish tavakkalchiligidir. Sotish tavakkalchiligi bozor konyunkturasining o‘zgarishi, marketing yoki baho tavakkalchiligi deb ham ataladi. Mos kelmaydigan konyunktura faqat loyiha rentabelligini kamaytirib qolmay, balki uning butunlay barbod boMishiga olib kelishi mumkin. Bunday holat aniq bir vaqtdagi sotishdan kelgan tushum ishlab chiqarish xarajatlarini va kredit bo‘yicha qarzlami qoplashga yetmagan hollarda yuz beradi. Sotish tavakkalchiligi, ayniqsa, bahosini taxmin qilish ancha qiyin boMgan yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bogMiq loyihalarda yuqori boMadi. Moliya tavakkalchiligi - tavakkalchilikning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari: a) kredit tavakkalchiligi; b) valyuta tavakkalchiligi; v) foiz stavkasini o‘zgarish tavakkalchiligi; g) qayta moliyalashtirish tavakkalchiligi. Kredit tavakkalchiligi - loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo‘yicha toMov majburiyatlarini toMiq yoki umuman toMay olmaslik tavakkalchiligi. Bu tavakkalchilik, asosan, loyihani moliyalashtirishda loyihani kreditlovchi bankning tavakkalchiligidir. Valyuta tavakkalchiligi - tavakkalchilik loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va hokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori boMadi. Bu tavakkalchilik loyiha mahsulotini sotishdan olinadigan valyuta bilan kredit valyutasi bir xil boMmagan hollarda yuzaga keladi. Foiz stavkasining o'zgarish tavakkalchiligi - tavakkalchilik kredit resurslari O‘zgaruvchan stavkada qoMlanilganda ro‘y beradi. Bunday resurslami jalb qilishda Ioyihada qoMlanilgan kapital qiymatining oshishi va mahsulot rentabelligining kamayish xavflari mavjud boMadi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling