17-mavzu. Investitsiya tavakkalchiligi va ularni pasaytirish yo'llari reja


Iqtisodiy tavakkalchilik sharoitida investitsiya loyihalarining tahlili


Download 0.77 Mb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1578812
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17-mavzu (2)

2. Iqtisodiy tavakkalchilik sharoitida investitsiya loyihalarining tahlili
Loyiha tavakkalchiligi - investitsiya loyihasini amalga oshirishga xalaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan tavakkalchiliklaming yig’indisidir.
muvaffaqiyatsizlikka uchrash xatarini yoki foyda o‘miga zarar olishi mumkinligini
oldindan aniq lab beradi. Mamlakat iqtisodiyotiga o‘z sarmoyasini kiritayotgan investoming fikricha, shu mamlakatdagi holat, vaziyat - investitsiya muhiti deb ataladi. Investitsiya muhiti
bir qator tavakkalchilik omillarini o‘z ichiga oladi. Bu omillar rivojlanish istiqbollari,
ichki va tashqi shart-sharoitlar va vaziyat ta’siri ostida vujudga keladi. Ko‘p hollarda
mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy holat va uning rivojlanish istiqbollariga qarab
ijtimoiy-siyosiy, ichki va tashqi tavakkalchiliklar taxmin qilinadi.

Tavakkalchilik omili yoki oddiygina qilib aytganda - tavakkalchilik


loyihaning samaradorligini baholashga ta’sir etuvchi muhim element hisoblanadi. Investitsiya loyihasida tavakkalchilik kiritilgan sarmoya haqiqiy qaytiminikutilayotganga nisbatan kamaytirishini hisobga olib, uni hisoblash uchun ko‘p hollarda foiz stavkasiga o'zgartirishlar kiritiladi. Bu foiz stavkalari tavakkalchiliksiz .qo‘yilmalar bo‘yicha, masalan, bank depozitlari yoki qisqa muddatli davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlilikni xarakterlaydi.
Korxonalar (firmalar, aksiyadorlar, investorlar) tavakkalchilik loyihasiga pul
Mablag’larini yo‘naltirganda, kapital qiymatini oshirish yo’ki bilan tavakkalchilikni hisobga oladilar, ya’ni tavakkalchilikka tuzatish kiritilgan diskont stavkasini qabul qiladilar. Shu yo’l bilan diskont stavkasi vaqtinchalik afealliklami va tavakkalchilikni hisobga oladi. Bu usul oddiy boMishi bilan birga bir qator kamchiliklarga ham ega.
Chunki tavakkalchilikni ham, vaqtinchalik afzallikni ham hisobga olishda bir xil usul Qo’llaniladi. Bundan tashqari sof daromad olish bilan bogMiq noaniqlikning yanada
yuqori darajasini aks ettiruvchi oddiy diskont stavkasi-E va qo‘shimcha doimiy
koeffitsiyentni-K jamlash yo’li bilan tavakkalchilikka tuzatish kiritish, so‘nggi ikki yil davomida bir xil tavakkalchilikka ega boMgan ikki loyiha bo‘yicha bir xil
ahamiyat kasb etmaydi.
Faraz qilamiz, investitsiyalar bir xil miqdorda daromad Di va D2 keltiradi va
so‘nggi ikki yil davomida aniq tavakkalchilik darajasida boMgan.
Diskontlash yoMi bilan Dj daromadning ahamiyati (1+E+K) stavka bo‘yicha
topiladi, D2 boMsa, (1+E+K)2 stavka bo‘yicha topiladi, ya’ni Dj ning mohiyati
quyidagi usulda aniqlanadi.
0^(1+E+K) orqali, D2 - D^l+E+K) 6\
Bunda, D2>Di
Bo'lganligi sababli, bu usul investitsiyalami, shu bilan birga
ulaidan olinadigan daromadlami bir xil tavakkalchilikka ega deb qaramaydi.
Bundan tashqari tavakkalchilik uchun qo‘shiladigan qo‘shimchaning miqdori, odatda,
intuitiv, ya’ni kerak bo’lgan nazariy asossiz o’matiladi.
Foiz stavkasiga tavakkalchilikning qo‘shimchasini kiritish keng tarqalgan,
lekin bu usul tavakkalchilikni hisoblashning yagona usuli emas. Bu masalani
boshqacha yechish usuli - investitsion loyihaning tashqi omillari va parametrlarining
o*zgarishiga nisbatan shu loyihaning ta’sirchanligi, sezgirligi va barqarorligining
tahlilidir. Tashqi omillarga: inflyatsiyaning kelgusidagi darajasi; foydalanilayotgan
xomashyo va materiallar, yoqilgM va energiya hamda boshqa resurslar bahosini va
ularga boMgan talabning o'zgarishi; ssuda foizlari stavkasining, soliqlarning
o‘zgarishi va boshqalar kiradi.
“Eng muhim dasturlar, loyiha va vazifalar bo‘yicha qabul qilingan ayrim
qarorlar yoki, umuman, real moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanmagan yoki
qoldiq prinsipi bo‘yicha moliyalashtiriladi”63.
Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashda, agar investitsiyani amalga
oshirishning turli sharoitlarida xarajatlar va natijalar har xil boMsa, tavakkalchilik va
noaniqlik omil lari hisobga olinadi.
Amaliyotda esa tavakkalchiliklaming bo’linishi, ularning tasnifi loyiha rejasi
va shartnoma hujjatlarini tayyorlash jarayonida amalga oshirilishi lozim.
Tavakkalchilikning turlari va xatarlarini bilgan holda ularga ta’sir oMkazish mumkin,
ya’ni ulami boshqarish, tavakkalchilikning loyiha samaradorligiga ko‘rsatadigan
salbiy ta’sirini pasaytirish mumkin.
Investitsiya loyihasi tavakkalchiliklari tasnifining turli tizimlari mavjud.
Birinchidan, loyiha faoliyatining bosqichlari va fazalari bo‘yicha tasniflash:
investitsiyalash oldi, investitsiyalash va ishlab chiqarish fazasidagi tavakkalchiliklar.
Ikkinchidan, loyiha faoliyati ishtirokchilari uchun tavakkalchilik tahdidlariga
ta’sir etishning imkoniyatlarini mezonlar bo‘yicha tasniflash. Shu nuqtayi nazar
bo‘yicha tavakkalchilikni: ichki va tashqi tavakkalchiliklarga aj rat ish mumkin.
Tashqi tavakkalchiliklarga: siyosiy va fors-major tavakkalchiliklari kiradi.
Fors-major tavakkalchiligi - loyiha faoliyatiga tegishli bo’lmagan tashqi
tavakkalchiliklardan biri bo’lib, unga yer silkinishi, yong’inlar, suv toshqini,
bo‘ronlar va boshqa tabiiy hodisalar kiradi. Fors-majorga ayrim ijtimoiy-siyosiy,
tabiiy hodisalar ham kiradi: ish tashlashlar, inqiloblar, qo‘zg‘olonlar va boshqalar.
Shunday yo’l bilan mamlakat tavakkalchiligining bir qismi fors-major tavakkalchiligi
sifatida namoyon bo’ladi.
Tashqi tavakkalchiliklar loyiha faoliyatining barcha faza va bosqichlarida
mavjud.U chinchidan, tavakkalchilikdan himoyalash imkoniyatlari nuqtayi nazaridan
tasniflash:
1. Sug‘urtalanadigan tavakkalchiliklar.
2. Sug‘urtalanmaydigan tavakkalchiliklar.
Sug‘urtalanadigan tavakkalchiliklar o’z navbatida:
a) kafolat;
b) sug‘urta;
v) zaxira fondi hisobiga qoplanadigan tavakkalchiliklarga bo’linadi.
Bundan tashqari loyiha faoliyatining haqiqiy amaliyotiga asoslangan, eng ko’p
uchraydigan tavakkalchiliklar ham bo‘lib, ularga loyiha ishtirokchilari e’tibor
bersalar ham hech bir guruhlash mezoni doirasiga kirmaydigan tavakkalchiliklar
ham mavjud. Ular:
• iqtisodiy qonunlaming va iqtisodiy holatning o'zgarib turishi, investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog’liq tavakkalchiliklar, 63 Mirziyoyev Sh.M Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak.
• tashqi iqtisodiy tavakkalchiliklar - savdo va mahsulot yetkazib berishga
cheklashlar kiritish, chegaralaming bekor qilishi va shu kabi ehtimolliklar
tavakkalchiligi;
• siyosiy holatning noaniqligi, hududdagi yoki mamlakatdagi noma’qul
ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar tavakkalchiligi;
• texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichIar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya
parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlaming to*liq emasligi yoki
noaniqligi;
• bozor konyunkturasining, ya’ni aniq davrdagi iqtisodiyotning joriy holatini
xarakterlovchi belgilar, masalan, baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va
boshqalaming o‘zgarib turishi;
tabiiy iqlim sharoitlarining, tabiiy ofatlar ehtimolining o'zgarib turishi;
ishlab chiqarish texnik tavakkalchiliklari - asbob-uskunalaming buzilishi va
to‘xtab qolishi, ishlab chiqarishdagi brak va boshqalar.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling