17-Mavzu: O‘zbek milliy quyuq taomlari. Kartoshka, sabzavot, yorma, dukakli va go’sht mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomlar. Jarkoblar, shavlalar, palovlar. Reja


Jarkoplar tayyorlash texnologiyasi


Download 24.16 Kb.
bet4/8
Sana27.03.2023
Hajmi24.16 Kb.
#1298928
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17 ma\'ruza Taom tayorlash kunduzgi

3. Jarkoplar tayyorlash texnologiyasi.
Jarkoplaming asosiy masalliqlaridan biri go'sht va kartoshkadir. Ular o'z pishirilish usullari, qo'shiladigan masalliq turlariga ko'ra har xil nomlanishi mumkin. Xonaki usulda jarkoplar yerli aholi urf-odatiga ko'ra o'ziga xos usulda pishiriladi, o'zgacha nomlar bilan nomlangan bo'lishi ham mumkin. Umumiy ovqatlanish korxonalarida pishiriladigan jarkoplaming turlari ham turlicha. Quyida shu jarkoplardan ba'zilari bilan tanishtiramiz.
Jarkop. Birlashtiruvchi to'qimasi o'rtacha qo'y yoki mol go'shtining suyaksiz joyidan 25—30 g hisobida kubik qilib kesiladi yoki to'sh, qovurg'a suyakli joylaridan suyagi bilan 35—40 g hisobida kubik shaklida chopib tayyorlanadi. Qozondagi dog'langan o'simlik yog'iga go'sht solib, biroz tuz sepiladi, yuzida qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha qovuriladi. Ustidan to'g'ralgan bosh piyoz solib. qizar-guncha, sabzi (palladia yoki maydasi butun, kattasi 2—4 ga bo'lingan), biroz tomat yoki yupqa to'g'ralgan pomidor solib, qizartirib qovuriladi. Ozroq go'sht, suyak sho'rvasi yoki suv solib, biroz qaynatiladi. Kartoshka solib, usti qopqoq bilan berkitiladi, dimlanib pishishidan avval ta'bga ko'ra tuz, ziravor solinadi.
Jarkop o'z masallig'i bilan taqsimchaga uyib solinib, ko'kat va qo'shimcha garnir bilan bezab, dasturxonga tortiladi.
Mol go'shti 162 g yoki qo'y go'shti 150 g, o'simlik yog'i 13, kartoshka 300 g, piyoz 30 g, sabzi 50 g, tomat 6 g yoki pomidor 33 g. Sof vazni 320 g.
Non jarkop. Birlashtiruvchi to'qimasi o'rtacha qo'y yoki mol go'shti jarkopdagiga o'xshash kesiladi. Dog'langan yog'ga go'sht, piyoz, sabzi, tomat yoki yupqa to'g'ralgan pomidor solib qovurib, ozroq suv yoki go'sht, suyak sho'rvasi bilan birga biroz qaynatiladi. Ishlovdan o'tgan kartoshka solib 5—10 daqiqa dimlangandan keyin o'rtacha kubik shaklida kesilgan qotgan obi non solib, aralashtirilgan holda dimlash davom ettiriladi, pishishdan avval tuz, ziravor solinadi. Non jarkop taqsimchaga uyib solinib, atrofi qo'shimcha garnir va ko'kat bilan bezatilib, dasturxonga tortiladi.
Mol go'shti 216 g yoki qo'y go'shti 200 g, o'simlik yog'i 15 g, kartoshka 160 g, piyoz 30 g, sabzi 50 g, pomidor 33 g, qotgan obi non 50 g, qaynatma yoki suv 200 g. Sof og'irligi 100, 350 g.«Samarqand» dimlamasi. Birlashtiruvchi to'qimasi kam bo'lgan qo'y go'shti (son, biqin qismi) kishi boshiga 1—2 bo'lak hisobida kesilib tuz sepiladi, bir kishilik taom uchun mo'ljallangan sopol ko'zachaga solinadi. Ustidan kartoshka, sabzi, pomidor, piyoz, chuchuk bulg'or qalampir, sarimsoq, ko'kat ustma-ust terilib, ko'milarli darajada go'sht, suyak sho'rvasi yoki suv solinib, bir bo'lak sariyog' qo'shib, qovurish shkafiga qo'yib qaynatib pishiriladi.«Samarqand» dimlamasi sopol ko'zacha tagiga taqsimcha qo'yib, alohida taqsimcha bilan dasturxonga tortiladi va iste'molchi talabiga ko'ra taom ko'zachadan bo'shatiladi.
Qo'y go'shti 200g, piyoz 30g, sabzi 38g, pomidor 59g, kartoshka 133 g, bulg'or qalampir 40 g, sariyog' 10 g, sarimsoq 8 g, ko'kat 14 g, qaynatma yoki suv 20 g. Sof og'irligi 350 g.
Yuqorida ko'rib chiqilgan jarkoplardan tashqari yana behili jarkop, qovurma «Nukus» jarkopi, tovuq jarkopi, kavkazcha tovuq qovurma, baliq jarkop, dehqon nonushtasi, qovurma kurka va boshqa turdagi jarkoplar ham tayyorlanadi.


Download 24.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling