17-Mavzu: O‘zbek milliy quyuq taomlari. Kartoshka, sabzavot, yorma, dukakli va go’sht mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomlar. Jarkoblar, shavlalar, palovlar. Reja


Kartoshka, sabzavot, yorma, dukkakli va go’sht mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomlar


Download 24.16 Kb.
bet2/8
Sana27.03.2023
Hajmi24.16 Kb.
#1298928
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17 ma\'ruza Taom tayorlash kunduzgi

2. Kartoshka, sabzavot, yorma, dukkakli va go’sht mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomlar.
Kartoshka va sabzavotlardan tayyorlanadigan taomlaming aksariyati dimlab pishiriladi. Ularni pishirishda issiq ishlov berish qoidalariga qat'iy rioya qilish asosiy mezondir. Issiq ishlov berish natijasida taom tarkibidagi vitaminlar, mineral moddalar, xushxo'rlik beruvchi masalliqlar va boshqa oziqaviy mahsulotlar yaxshi saqlanib qoladi. Bunday taomlarni dasturxonga tortishda ko'kat va qo'shimcha garnir sifatida beriladigan yangi yoki tuzlangan savzavotlaming ham uziga xos ahamiyati bor. Kartoshka va sabzavotlar go'sht bilan qo'shib pishirilgan taomlar kundalik iste'molda ko'p ishlatiladi. Bu taomlar jarkoplar deb nomlanib, ularning bir necha turlarini quyida ko'rib o'tamiz.
Yorma, dukkakli mahsulotlardan pishiriladigan aksariyat quyuq taomlarga go'sht mahsulotlari qo'shiladi. Bunday taomlardan biz quyida palov, shovla, moshkichiri,
no'xat, sho'rak va hokazolar bilan tanishamiz. Ko'p tarqalgan go'shtli quyuq taomlardan biri kabob bo'Iib, qo'y, mol, parranda go'shtlari, jigardan o'ziga xos usulda pishirilib, dasturxonga tortilishi mumkin. Ulardan ba'zilarini biz quyida ko'rib chiqamiz.
Kartoshka biyron. Qozondagi dog'langan o'simlik yog'iga bosh-piyoz (halqa-halqa to'g'ralgan) solib chala qovuriladi, ustiga sovuq ishlovdan o'tkazib, parrak-parrak qilib kesilgan kartoshka solib, u ham 5—8 daqiqa qovuriladi, keyin ozgina suv solib, usti berkitilib, past haroratli olovda dimlab pishiriladi. Tayyor taom o'rtacha kattalikdagi taqsimchaga uyib solinib, ko'kat, pomidor yoki bodring bilan bezab, dasturxonga tortiladi.
Piyoz 131 g, kartoshka 251 g, o'simlik yog'i 30 g, suv 24 g. Sof og'irligi 300g.
No'xatsho'rak. No'xat saralanib, yuvilib, 5—6 soat davomida ivitiladi (1 kg no'xatga 2,5 / suv hisobida). No'xat o'zining ivitilgan suvida qaynash darajasiga yetkazilib, usti yopilgan holda past haroratda miltillatib qaynatilib, yumshoq holga keltiriladi, pishgandan so'ng ta'bga ko'ra tuz solib aralashtiriladi. Pishgan no'xat taqsimchaga uyib solinib, ustiga mayda to'g'ralgan bosh piyoz va ko'kat aralashmasi qo'yib dasturxonga tortiladi.
No'xat 121 g, piyoz 24 g. ko'kat 6 g. Sof og'irligi 275 g.

Download 24.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling