17-Mavzu: O‘zbek milliy quyuq taomlari. Kartoshka, sabzavot, yorma, dukakli va go’sht mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomlar.
Jarkoblar, shavlalar, palovlar.
Reja:
O'zbek milliy quyuq taomlarining ahamiyati.
Kartoshka, sabzavot, yorma, dukkakli va go’sht mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomlar.
Jarkoplar tayyorlash texnologiyasi.
Shovlalar tayyorlash texnologiyasi.
Palovlar tayyorlash texnologiyasi.
1. O'zbek milliy quyuq taomlarining ahamiyati.
O'zbek milliy quyuq taomlari juda to'yimlidir. Chunki ular tarkibidagi masalliqlar ko'proq go'sht, sabzavot, yorma, don-dun, tuxum, quritilgan meva va hokazolardan tashkil topgan bo'ladi. Taomlarni tayyorlashda qovurish, qaynatish, ochiq olovda yoki bug'da pishirish, tandirda yopish, dimlash, murakkab issiq ishlovlarni qo'llash mumkin. O'zbek milliy quyuq taomlarini tayyorlashda o'choq-qozonlardan, mantiqasqonlardan, kabob qo'ralardan, tandirlardan va boshqa milliy jihozlardan, chovli, kapgir, o'qlov, chopqi va shunga o'xshash asbob-anjomlardan foydalaniladi.
O'zbek milliy quyuq taomlarining aksariyati bir qozonda yetilishi jarayoni hisobga olingan holda ketma-ket solib pishiriladi. Aksariyat taomlarni garnir va sardaklari bilan birga qo'shilgan holda pishirish ba'zan esa garnirlari alohida pishirilib, dasturxonga tortishda qo'shib berilganini uchratish mumkin. Ba'zi o'zbek milliy quyuq taomlarining masalliq vazni bir xil bo'lishi bilan birga ularni pishirish va dasturxonga tortish mahalliy aholi urf-odati bo'yicha o'ziga xos bo'lishi mumkin. Yuqoridagi va ayrim boshqa sharoitlarni hisobga olgan holda o'zbek milliy quyuq taomlarini xonaki usulda pishirish turlarini jamlab, umumiy ovqatlanish sharoitlari ko'zda tutilgan holda moyillashtirish bizning asosiy maqsadimizdir. Milliy iste'mol qobiliyati va iste'molda ishlatiladigan masalliqlar turiga qarab o'zbek milliy quyuq taomlarini shartli ravishda kartoshka, sabzavot, yorma, dukkakli, go'sht mahsulotlaridan pishiriladigan taomlar hamda xamir mahsuloti taomlari turlari asosida ifodaladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |