17-Mavzu: O‘zbek milliy quyuq taomlari. Kartoshka, sabzavot, yorma, dukakli va go’sht mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomlar. Jarkoblar, shavlalar, palovlar. Reja
Download 24.16 Kb.
|
17 ma\'ruza Taom tayorlash kunduzgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bayram palovi.
- Tuxum palov.
Mayizli palov Saralab, yuvilgan guruch tuzli suvda ivitiladi. Qozondagi dog'langan o'simlik yog'iga halqa-halqa qilib to'g'ralgan piyoz solib qizarguncha, sabzi (somoncha qilib to'g'ralgan) solib yumshaguncha qovuriladi, suv (guruch vazniga teng miqdorda), tuz, ziravor (zira, qoraqand) solib, 10—15 daqiqa miltillatib qaynatiladi. Keyin bir xil qalinlikda saralab, yuvilgan sariq mayiz, uning ustidan ivitilgan guruch yoyib solinib, o'rtacha haroratda qaynatiladi, guruch 2—3 marta aralashtirilib, qozondagi suv kamaytiriladi. Qozondagi suvni guruch tortib bo'lgandan keyin olov pasaytirilib, qozonning qopqog'i yopilgan holda 25—30 daqiqa damlanadi. Pishgan palov aralashtiriladi. Taom taqsimcha yoki kosaga solinib, dasturxonga tortiladi.
Guruch 80g, piyoz 42g, sabzi 81 g, o'simlik yog'i 30g, sariq mayiz 31 g, dorivor (qoraqand, zira) 1 g, ko'kat 7 g. Sof og'irligi 310 g. Bayram palovi. Go'sht o'zbekcha palovdagidek tayyorlanadi. Saralab, yuvilgan guruch tuzli suvda ivitiladi. No'xat saralab, yuvilib, 5—6 soat ivitiladi. Qozondagi dog'langan o'simlik yog'iga go'sht solib qizarguncha, yarim halqa to'g'ralgan piyoz solinib, bu ham qizarguncha, sabzi (somoncha shaklida) solinib, yumshaguncha qovuriladi, sovuq suv, ivitilgan no'xat, ziravor, saralab yuvilgan sariq mayiz solinib, miltillatib 25—30 daqiqa qaynatiladi. Ta'bga ko'ra tuz va ivitilgan guruch suvi silqitib bir xil qalinlikda qozonga yoyib solinib, o'rtacha olovda qaynatiladi. Qozondagi suv qaynaguncha guruch 2—3 marta aralashtiriladi. Guruch suvni tortgandan keyin qopqoq yopilib, olovni pasaytirgan holda 30—40 daqiqa damlanadi. Tayyor palov ochilib, go'shti ajratilib to'g'raladi. Qozondagi palov aralashtirilib, taqsimcha yoki kosaga solinib, ustiga go'sht qo'yib, dasturxonga tortiladi. Qo'y go'shti 166 g yoki mol go'shti 170 g, guruch 145 g, piyoz 60 g, sabzi 163 g, o'simlik yog'i 60 g, no'xat 15 g, mayiz 16 g. Sof og'irligi 530 g. Tuxum palov. Bu palovni tayyorlash «0'zbekcha palov»ga o'xshash lekin mayiz va qoraqand solinib tayyorlanadi. Alohida idishda saralab yuvilgan tuxum tuzli suvda to'la pishirilib, po'chog'idan tozalanadi. Palov taqsimcha yoki kosaga uyib solinib, ustiga parraklab kesilgan pishgan tuxum qo'yib, dasturxonga tortiladi. Guruch 100 g, piyoz 30 g, sabzi 100 g, o'simlik yog'i 30 g, tuxum 1 dona. Sof og'irligi 340g. Umumiy ovqatlanish korxonalarida yuqorida ko'rib chiqilgan palov turlaridan tashqari no'xatli palov, kovatok palov, behili palov, sarimsoqli palov, qashqadaryo to'y palovi, loviya palov, tovuq palov, xalta palov, chumchuq tili palov, bedana palov, devzira guruch palov, tojikcha, ozarbayjoncha hamda boshqa palovlar tayyorlanadi. Ularning pishirish usullari o'xshash bo'Iib, lekin qo'shilgan qo'shimcha masalliqlari bilan yoki bir masalliq boshqasiga almashtirilgani farqlanadi. Download 24.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling