Moshkichiri. Birlashtiruchi to'qimasi o'rtacha qo'y yoki mol go'shti 10—15 g hisobida kubik qilib kesiladi. Qozondagi dog'langan o'simlik yog'iga go'sht solib, yuzida qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha, bosh piyoz solib qizarguncha, keyin sabzi solib biroz qovuriladi, sovuq go'sht yoki suyak qaynatilgan sho'rva yoki suv bilan birga mosh solib, qaynash darajasigacha miltillatib, saralab yuvilgan guruch solib, vaqti-vaqti bilan kovlagan holda qaynatiladi. Moshkichiri pishishidan avval ta'bga ko'ra tuz solinadi. Taom taqsimchaga solinib, yuziga qizartib qovurilgan piyoz solib dasturxonga tortiladi.
Mol go'shti 162 g yoki qo'y go'shti 150 g. o'simlik yog'i 20 g, piyoz 24 g, sabzi 13g, mosh 56 g, guruch 40 g. Sof og'irligi 360. Sardak uchun: piyoz 36 g, o'simlik yog'i 10g. Umumiy sof og'irligi 400 g.
Tuxum do'lma. Birlashtiruvchi to'qimasi ko'p bo'lgan mol yoki qo'y go'shti qiymalagichdan bir marta o'tkaziladi. Oq bo'lka non suv yoki sutda bo'ktirilib, go'sht qiymasi bilan aralashtirilgan holda yana bir marta qiymalagichdan o'tkaziladi. Bu qiyma quyuq-suyuqligigaqarab suv yoki sut, ta'bga ko'ra tuz solib aralashtirib, urib pishiriladi. Saralab yuvilgan tuxum to'la pishirilib, sovitiladi, po'chog'idan tozalanadi va pishgan go'sht qiymasiga bir xil qalinlikda o'raladi. Keyin lezonga (xom tuxum, sut yoki suv, tuz aralashmasi) botirilib, urvoqqa (qotgan non talqoni) belanadi. Pishgan tuxum do'lma yarim tayyor masallig'i dog'langan yog'da qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha qovuriladi, tovaga qo'yib, qovurish shkafida pishiriladi. Sabzi. piyoz, tomat, un, go'sht yoki suyak sho'rvasi yordamida asosiy sardak tayyorlanadi.Sovuq ishlovdan o'tgan kartoshka ko'p yog'da qovurib pishiriladi va o'rtacha kattalikdagi taqsimchaga uyib qo'yilib, yoniga pishgan tuxum do'lma, uning yonigaqizil sardak qo'yilib,ko'kat va
qo'shimcha garnir (yangi yoki tuzlangan pomidor, bodring) bilan bezab dasturxonga tortiladi.
Qiyma uchun: mol yoki qo'y go'shti 96 g. bug'doy uni noni 20 g. piyoz 12 g. Do'lma uchun: tuxum I dona, urvoq 7g, ho'llash uchun tuxum 1/2 dona, qovurishga mol yog'i 20 g. Sof og'irligi 140, 200, 340 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |