17-Mavzu: O‘zbek milliy quyuq taomlari. Kartoshka, sabzavot, yorma, dukakli va go’sht mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomlar. Jarkoblar, shavlalar, palovlar. Reja


Palovlar tayyorlash texnologiyasi


Download 24.16 Kb.
bet6/8
Sana27.03.2023
Hajmi24.16 Kb.
#1298928
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17 ma\'ruza Taom tayorlash kunduzgi

5. Palovlar tayyorlash texnologiyasi.
O'zbek milliy quyuq taomlari ichida eng ko'p tarqalganlaridan biri palovdir. O'zbek taomlari ichida palov o'ziga xos taom bo'lib, pishirish sirlarini chuqur o'rganishni talab qiladi. O'zbekistonning har bir hududi va viloyatida o'ziga xos usulda pishiriladi va dasturxonga tortiladi. Masalan, Toshkent, Farg'ona vodiysi, Samarqand, Buxoro, Xorazm vohalarida damlangan palovlar bir-biridan o'ziga xosligi bilan farqlanadi.
Ularning tashqi ko'rinishi, pishirish texnologiyasi, ta'mi, ishlatiladigan masalliqlar turlari, taomni dasturxonga tortish qoidalari o'ziga xos bo'ladi. Lekin bu palovlarning asosiy masalliqlarini piyoz, sabzi, guruch, go'sht, yog', tuzlar tashkil etadi. Barcha xildagi palov masalliqlariga sovuq va issiq ishlovlar umumiy qoidaga asoslangan holda amalga oshiriladi. Quyida palov turlaridan ba'zilari bilan tanishtiramiz.
O'zbekcha palov. Saralab, yuvilgan guruch tuzli suvda ivitiladi. Birlashtiruvchi to'qimasi o'rtacha mol yoki qo'y go'shti kubik shaklida kesib tayyorlanadi. Palov 10 porsiyagacha tayyorlansa, go'shtni kubik shaklida kessa ham bo'ladi. Bunda palovning pishish muddati birmuncha kamayadi.
Qozondagi dog'langan o'simlik yog'iga go'sht solinib qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha, yarim halqa shaklida to'g'ralgan piyoz solib qizarguncha, somoncha qilib to'g'ralgan sabzi solib yumshaguncha qovuriladi va suv (guruch vazniga teng bo'lgan holda) ta'bga ko'ra tuz, ziravor solib, 20—30 daqiqa qaynatiladi. Ivitilgan guruchning suvi silqitilib, qozonga bir tekis yoyib solinadi, qaynatilganda suyuqlik kamayadi. Bunda guruch 2—3 marta aralashtirilishi kerak. Guruch qozondagi suvni tortgandan so'ng qopqog'i yopilib, 30—40 daqiqa davomida damlanadi. Pishgan palovning usti ochilib, katta bo'lakli go'sht ajratib olinib, 15—20 g li kubik shaklida kesiladi. Qozondagi palov aralashtirilib, lagan yoki kosaga uyib suziladi, ustiga go'sht qo'yilib, dasturxonga tortiladi.
Qo'y go'shti 110 g yoki mol go'shti 113 g, guruch 100 g, piyoz 30 g, sabzi 100 g, o'simlik yog'i 30 g. Sof og'irligi 350 g.
Palov uchun alohida achchiq-chuchuk, turp salati va shunga o'xshash salatlardan berish ham mumkin.

Download 24.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling