17-Mavzu: O‘zbek milliy quyuq taomlari. Kartoshka, sabzavot, yorma, dukakli va go’sht mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomlar. Jarkoblar, shavlalar, palovlar. Reja


Shovlalar tayyorlash texnologiyasi


Download 24.16 Kb.
bet5/8
Sana27.03.2023
Hajmi24.16 Kb.
#1298928
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17 ma\'ruza Taom tayorlash kunduzgi

4. Shovlalar tayyorlash texnologiyasi.
Shovlalarning asosiy masalliqlariga go'sht, sabzi, guruch kiradi. Ular pishirish usuli va qo'shimcha masalliqlariga qarab har xil nomlanishi mumkin. Umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlanadigan shovlalardan ko'p tarqalganlariga shovla, qovurma shovla, loviya shovlalar kiradi. Shovlalar tashqi ko'rinishiga ko'ra ilashimli bo'lishi bilan farqlanadi.
Shovla. Birlashtiruvchi to'qimasi o'rtacha qo'y yoki mol go'shti 10—15 g hisobida kubik qilib kesiladi. Qozondagi dog'langan o'simlik yog'iga go'sht solinib, ustiga tuz sepib, seli biroz kamayguncha, keyin piyoz solib qizarguncha, sabzi solib yumshaguncha qovurib, tomat yoki yupqa kesilgan pomidor solib, 5—10 daqiqa qovurib, suyak qaynatilgan sho'rva yoki suv solinadi. Suyuqlik qaynab chiqqach, saralab yuvilgan guruch solinadi va vaqti-vaqti bilan aralashtirilgan holda qaynatiladi. Pishishdan awal ta'bga ko'ra tuz,ziravor solinadi. Shovla taqsimchaga solinib, ustidan mayda to'g'ral¬gan ko'kat sepib, dasturxonga tortiladi.
Guruch 113 g, mol go'shti 162 g yoki qo'y go'shti 150 g, piyoz 32 g, sabzi SO g, pomidor yoki tomat 12 g, o'simlik yog'i 50 g. Sof og'irligi 500g.
Qovurma shovla. Go'sht yuqoridagi usulda tayyorlanadi. Qozondagi dog'langan yog'ga go'sht solib, qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha, piyoz solib qizarguncha sabzi solib yumshaguncha qovuriladi. Keyin kartoshka solib bir aylantirib qovurib, tomat yoki yupqa to'g'ralgan pomidor, saralab yuvilgan guruch solib, yana 5—10 daqiqa qovuriladi. Qovurish oxirida suv yoki go'sht, suyak sho'rvasi solinib, vaqti-vaqti bilan aralashtirilgan holda, pishishidan avval ta'bga ko'ra tuz, ziravor solinadi. Qovurma shavla taqsimchaga solinib, ustidan mayda to'g'ralgan ko'kat sepib dasturxonga tortiladi.
Guruch 85 g, qo'y go'shti 150 g yoki mol go'shti 162 g, piyoz 32 g, kartoshka 37g, sabzi 80 g. pomidor yoki tomat 12 g, o'simlik yog'i 57 g. Sof og'irligi 500 g.
Loviya shovla. Qo'y yoki mol go'shti shovla taomidagiga o'xshash kesilib, qozondagi dog'langan yog'da qovuriladi. Piyoz, sabzi, tomat yoki pomidor ham shavlaga o'xshash qovurilgandan so'ng sovuq suv (guruch va loviya vazniga nisbatan 3 baravar ko'p) bilan birga saralanib yuvilib, 5—6 soat bo'ktirilgan loviya solinib, miltillatib qaynatiladi. Loviya chala pishgach, saralab yuvilgan guruch solinib, vaqti-vaqti bilan aralashtirib qaynatiladi, pishishidan awal ta'bga ko'ra tuz, ziravor solinadi. Taqsimchaga loviya shavla solinib, ustidan mayda to'g'ralgan ko'kat sepib, dasturxonga tortiladi.
Guruch 68 g, qo'y go'shti 150 g yoki mol go'shti 162 g, piyoz 32 g, sabzi 80 g. pomidor yoki tomat 12 g, o'simlik yog'i 50 g, loviya 45 g. Sof og'irligi 500 g.

Download 24.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling