Yog`larning eruvchanligi
Reaktivlar: a) o’simlik moyi (zig`ir yoki paxta moyi), b) qattiq yog` (qo’y yoki mol yog`i), v) dietil efiri, g) atseton, d) etil spirti, e) distillangan suv.
Ishning bajarilishi: 4 tadan ikki qator qilib probirkalar qo’yiladi. Birinchi qatordagi probirkalarga bir necha tomchidan o’simlik moyidan tomiziladi. Ikkinchi qatordagilarga esa, qattiq yog`dan kichik bir bo’lakdan solinadi. Har ikkala qatorning birinchi probirkalariga 2 ml dan distillangan suv solinadi, ikkinchi probirkalarga shuncha miqdorda dietil efiri, uchinchi probirkalarga - atseton, to’rtinchi probirkalarga esa spirt solinadi. Hamma probirkalar yaxshilab chayqatiladi va yog`larning har xil erituvchilardagi eruvchanligi kuzatiladi. Spirtli probirkani suv hammomida isitish tavsiya etiladi. Tajribaning natijalari yozib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |