18- mavzu. Lolakabilar va palmakabilar sinfchasi tasnifi, tarqalishi, biologiyasi, ahamiyati. Reja


Loladoshlar tartibi-Liliales.Loladoshlar oilasi-Liliaceae


Download 20.6 Kb.
bet3/4
Sana02.01.2023
Hajmi20.6 Kb.
#1074980
1   2   3   4
Loladoshlar tartibi-Liliales.Loladoshlar oilasi-Liliaceae.
Bu oilaga 10 avlod, 470 tur kiradi, ulardan 230 ga yaqini madaniy holda o‘stiriladi. Bu oilaga mansub o‘simliklar asosan o‘rta iqlimli mintaqalarda, Shg‘arbiy va Sharqiy Osiyoda, himolayda tarqalgan.
Bu oilaga asosan yo‘g‘on ildiz poyali, piyozli yoki tugunakli ko‘p yillik o‘t o‘simliklar kiradi. Ba’zi daraxatlar (yukka, drasena, aleoe kabilarlar) va qisman lianalar kiradi. Barglari lansetsimon chiziqli, ba’zan elips shakli, parallel yoki yoysimon tomirli. guli 2 jinsli aktinomorf, odatda shinggil, boshoq ro‘vak va shu singari to‘p gullarga yig‘ilgan.
Yirik gullari yakka 6 ‘zoli. Gul formulasi R3-3A3-3G3
Ko‘pchiligining tugunchasi ustki. Mevasi chokidan chatnaydigan ko‘sakcha. Bu oilaga kiradigan avlodlardan Savrijon (Colchicum), shirach (Eremurus), piyozgul (Lilioideae), boychechak (usaqea) va lola (tulipa), liliya (Lilium) kabilarni misol qilish mumkin. 
Greyg lolasi - T. gregii
Greyg lolasi lolalar avlodiga mansub bo‘lib, u aprelning oxiri - mayning boshlarida adir va tog‘larning quyi qismidagi yonbag‘irlarda ochiladi yirik gulli, ko‘rkam o‘simlik. Bo‘yi 20 - 45 sm. Piyozi tuxumsimon yoki yumaloq. Barglari 3-4 dona ustida to‘q binafsha rangli dog‘lari bor. Guli bitta, yirik sarg‘ish - qizil osti qora dog‘li changchi iplari qora va sariq, changdonlari sariq binafsha rang yoki kulrang. Uning mevasi 3 chanoqqa bo‘linib ochiladigan ko‘sakcha, iyulda pishadi. G. lolasi urug‘idan va piyozidan ko‘payadi. Urug‘dan o‘sgan lola 9-10 yilda piyozchasidan o‘sgani esa 4-5 yilda gullab urug‘ beradi. Uning guli juda chiroyli. Keyingi paytlarda odamlarning shavqatsiz yulishi piyozchalarini kovlab olishi natijasida juda kamayib ketdi. hozirgi paytda u muhofaza qilinadi va o‘zbekistonning qizil kitobiga kiritilgan.  
Daraxtsimon aloy - Aloyo arborescens Mill.
Yer yuzida aloening 250 dan ortiq turi mavjud. Ular orasida bo‘yi 10 m ga yetadiganlari ham mavjud. Aloelar yovvoyi holda Afrikada, hindistonda, madagaskar, va Saudiya Arabistonda tarqalgan. Bizda xonalarda va issiqxonalarda o‘stiriladigan aloe Afrikadan chiqqan. Daraxtsimon aloe bo‘yi 4 m ga yetadigan sershira doim yashil daraxtsimon o‘simlik poyasi tik o‘suvchi bo‘lib pastki qismi shoxlangan. Poyasining asos qismidan chiqqan juda ko‘p yon kurtaklar o‘simlikning vegetativ ko‘payishida katta ahamiyatga ega. Bargi yumshoq, etdor, sershira yashil qilichsimon yuqori tomoni botiq, pastki tomoni do‘ng qirrasi tikanli uzunligi 20-65 sm qalinligi 12-15 mm ga teng bo‘lib qini bilan poyada ketma ket joylashgan. Gullari to‘pbarg o‘rtasidan chiqqan uzun silindrsimon gul o‘qiga joylashib shingil to‘pgulni hosil qiladi. Gulqo‘rg‘oni oddiy tojsimon naycha shaklida qizg‘ish gultojbargli 6 ta bo‘lib 3 tadan 2 qator joylashgan. Otaligi 6 ta bular ham 2 qator o‘rnashgan. Mevasi o‘tmas 3 qirrali, silindrsimon, ko‘sakcha. Aloe xona sharoitda kamdan kam gullaydi. Shunday qilib loladoshlar oilasiga bir va ko‘p yillik o‘simliklar kiradi. Ularni ichida aloe singari dorivorlari ham, lola kabi manzarali o‘simliklar ham ko‘p uchraydi.
Aloe tarkibida antrasen unumlari, smola, efir moylari saqlaydi. U tibbiyotda turli xil kasalliklarda, xususan, ichni yumshatadigan, o‘t haydaydigan va bakteratsid ta’sir ko‘rsatadigan, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan vosita sifatida foydalaniladi.

Download 20.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling