18-mа’ruza: Okean va suv oqimlari energiyasi
Dengiz oqimlarning energiyasi
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
18.4. Dengiz oqimlarning energiyasi
Okeandagi barcha energiya manbalardan oqimlar energiya eng past zichligiga ega. Oqim tezligi 1 m/s uchun suyuqlik ustunlikning ekvivalent bо‘lgan dinamik bosimi 0,05 m ga teng va 10 m/s tezligi uchun esa 5 m bо‘ladi. Okean suvning qalinligida oqimlarning kinetik energiyani о‘zlashtirish uchun yirik inshootlarni yaratish va xizmat kо‘rsatish qiyinchiliklarni hisobga olmaganda, о‘rta kengliklardagi quyosh energiyani (1 m 2 yuza maydonidan 100 Vt-ga yaqin) о‘zgartirgichlardan ular yuqori samaradorligiga ega. Okean oqimning kо‘ndalang kesim 1 m 2 yuzadan tezligi 1 m/s bо‘lgan oqimdan 600 Vt elektr quvvatini olish mumkin. Okean oqimlarning kinetik energiyasi 7,2×10 12 kVt/yil kattalik bilan baholanadi. Dunyo okeanga kelib tushadigan quyosh energiyasidan faqat 0,02% oqimlar kinetik energiyaga о‘zgartiriladi, shunga karamasdan, bu yetarli yirik kattalik: quvvati 5…7 TVt bо‘lib, taxminan 10 18 J energiyani tashkil etadi. Bu energiyadan faqat 20% ishqalanish kuchlarni yengish uchun sarflanadi, qolgani esa Dunyo okeanning suv massasini bir mintaqadan boshqa mintaqaga kо‘chirish uchun sarflanadi. Okeanda oqimlar quyidagi omillar bilan vujudga keltiriladi: - shamol bilan (kо‘chib yuradigan, dreyf oqimlar); - suv massalarni Quyosh va Oy bilan tortish orqali (qalqib kо‘tarish va tushirish); - qat’alardan daryo suvlarning quyilishi va suv massa zichliklarning farqi bilan (shо‘rlik va temperaturaga bog‘liq). - atmosfera bosimning notekis taksimlanganligi va о‘zgarishi bilan (barogradiyentli). Ushbu omillar о‘zining birgalikdagi ta’siri bilan Dunyo okeanning abadiy harakatga keltiradi. Barcha turidagi oqimlarning boshlang‘ich yо‘nalishlar Yer aylanish, ishqalanish kuchlar, tubi va qirg‘oq chiziqlarning shakllari ta’siridan kо‘p о‘tmay о‘zgaradi. Oqibatda harakatlar tartibsiz deb tasavvurni hosil qilinadi. Dengiz oqimlarini sidqidillik bilan tadqiq qilish oqibatda, yetarli darajada aniqlik bilan ularni xaritada belgilash imkoniyati hosil bо‘ldi. Suv massalarning kо‘chish jarayonlar oqibatda planetada ortiqcha issiqlik, biogen elementlar qayta taksimlanadi; okeanga daryolar qо‘yilish joylarda ifloslanish konsentratsiyalarni kamaytiradi; tabiatning muhim hayotiy kо‘rsatgichlarning xavfli og‘ishlarni tabiiy depfer (sundirg‘ich) sifatida hizmat qiladi. Ushbu kо‘chishlar turli xil tezliklarda sodir bо‘ladi: bir necha santimetrdan boshlab to bir necha metrlar sekundiga о‘zgaradi. Harakat gorizontal va vertikal sodir bо‘ladi, Dunyo okeanning turli xil qismlar orasida suv massalarning 1000 yil davomida bir marta tо‘liq almashinishni ta’minlanadi. Agarda о‘rtacha tezligi taxminan 1 m/s bо‘lgan oqimni etalon sifatida olinsak, u holda ochiq okeanda va qirg‘oqlarga yaqin mintaqalarda okean gidroelektrostansiyalarni (OGES) qurish uchun yetarli darajada kо‘p joylarni topish mumukin. 18.13-rasm. Dunyo okeandagi dengiz oqimlarning xaritasi Okeandagi yirik oqimlar quvvatidan foydalanib amalda yetarli darajada mintaqaviy yirik energetik obektlarni yaratish mumkin. Masalan, Golfstrim oqimning (Atlantik okean) umumiy quvvat 15 GVt bilan baholanadi, Kurosio oqim (Tinch okean) esa – 50 GVt. Mahalliy energetik muammolarni yechish uchun mos bо‘lgan oqimlar ham yetarli darajada mavjud, ularning tezligi taxminan 5...8 m/s bо‘ladi, yirik okean oqimlarga qaragada ular ancha yuqori energiya zichligiga ega. Bundan tashqiri, bо‘g‘ozlarda energetika extiyojlari uchun faqat sirtki oqimalardan emas, balki chuqurlikdagi oqimlardan ham foydalanish mumkin. Ular kо‘p hollarda sirtki oqimlarga nisbatan qarama-qarshi yо‘nalishga ega bо‘lib, yetarli darajada mos bо‘lgan tezliklarga ega. Amalda barcha oqimlar muayyan о‘zgarishlarga uchraydi. Mavsumiy va yildan-yilga tezlik, yо‘lanish, suvning fizikaviy kо‘rsatkichlar о‘zgaradi. Oqimlarning turg‘unligi kelajakdagi OGESlarning barqaror ishlashini belgilaydi. Turg‘unligi taxminan 50%-dan katta bо‘lgan oqimlar muhim axamiyatiga ega. Okean va dengizlarda tо‘plangan dengiz oqimlarning tuganmas kinetik energiyani suvga botirilgan (xuddi atmosferaga “botirilgan” shamol tegirmonlarga о‘xshab) turbinalar yordamida mexanik va elektr energiyaga aylantirish mumkin. Hozirgi vaqtda kо‘p mamlakatlarda qirg‘oq bо‘yidagi mintaqalarda OGESlardan foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling