18-mа’ruza: Okean va suv oqimlari energiyasi
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.1. Dengiz va okeanlar energiyasi
18-MА’RUZA: Okean va suv oqimlari energiyasi. REJА: 18.1. Dengiz va okeanlar energiyasi 18.2. Tо‘lqinlar energiyasi 18.3. Suvning qalqib kо‘tarilish energiyasi 18.4. Dengiz oqimlarning energiyasi 18.5. Okeanning issiqlik energiyasi 18.1. Dengiz va okeanlar energiyasi Dunyo okeanga kelib tushadigan energiyaning asosiy ulushi – uning quyosh nurlanishni yutish natijasidir. Bundan tashqari, kosmik jismlar bilan planetaning suv massasi gravitatsiyali о‘zaro ta’siri, suvning qalqib kо‘tarilishi, planeta chuqurligidan chiqadigan issiqlik hisobidan okeanga energiya о‘tadi. Planetaning butun yuzasidan dunyo okeanning yuzasi 70%-ga yaqin bо‘lib, 360 mln km 2 -ni tashqil etadi. Bu yuzaning katta qismi muzdan doimo ozod va quyosh nurlanishni samarali yutib turadi. Birinchi metr suvning qalinligida okean suvda quyosh nurlanishdan taxminan 65% yutiladi va 90%- gacha - un metrli qatlamda yutiladi. Quyi kengliklarda kunduz vaqtida, issiqlik о‘tkazuvchanligi, hamda turbulent aralashish jarayonlar hisobidan, suv taxminan 10 m-gacha va bundan qо‘p chuqurligida qizdiriladi (quruqlikda qattiq yuzalarda chuqurligi 0,5 m-dan oshmasdan qizdiriladi). Okeanda tо‘plangan energiyaning bir qismi uzun tо‘lqinli nurlanishlar kо‘rinishda teskari nurlanib qaytariladi, chegara qatlamning issiqlik о‘tkazuvchanligi orqali va bug‘lanish tufayli qisman atmosferaga о‘tadi. Umumiy quyosh nurlanishdan taxminan 2/3 qismi okeanda va quruqlik yuzalarda turli xil о‘zgarishlarga uchraydi: 43% issiqliqka aylanadi; 22% bug‘lanishga va yog‘inlarni hosil qilishga sarflanadi; daryo, shamol, tо‘lqin, okeandagi turli xil oqimlar harakatiga 0,2% energiya uzatiladi. Qabul qilingan umumiy energiyadan taxminan 0,02% fotosintez maxsulotni va qisman qazilma yonilg‘ilarni hosil qilishga sarflanadi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling