18-mа’ruza: Okean va suv oqimlari energiyasi
Rams Dengiz oqimlarning energiyani elektr energiyaga о‘zgartiruvchi gidroenergetik qurilmalar 18.5. Okeanning issiqlik energiyasi
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
18.14.Rams Dengiz oqimlarning energiyani elektr energiyaga о‘zgartiruvchi gidroenergetik qurilmalar 18.5. Okeanning issiqlik energiyasi Okeanning yuqori qatlamlar bilan tubidagi qatlamlarga nisbatan 20 o S-ga о‘ta qizishiga mos bо‘lgan issiqlik (ichki) energiyasi taxminan 3,4×10 24 J /yilga teng. Dunyo okeani - eng katta tabiiy quyosh nurlanishi kollektoridir. Quyosh nurlanishini yutuvchi suvning yuqori qatlamlari issiq suv va uning tubidagi sovuqrok qatlamlari orasidagi temperaturalar farqi 20 o S gacha yetadi (rasm 18.15). Bu esa о‘zluksiz tо‘ldirib boriladigan issiqlik energiya zaxirasini ta’minlaydi va uni termodinamik prinsip jihatdan boshqa energiya turlalariga о‘zgartirish mumkin. 18.15-rasm. Chuqurligi о‘zgartirishi bilan okeanning temperatura о‘zgarishi Okeanda tо‘plangan issiqlik energiyani mexanik energiyaga va sо‘ngra esa har qanday boshqa energiyaga о‘zgartirish uchun, yuqori issiq va quyi sovuq qatlamlar orasidagi tabiiy temperaturalar farqidan foydalanadigan, issiqlik mashinani yaratish talab etiladi. Birinchi yaqinlashtirishda о‘zlashtirilgan energiyaning ulushi termodinamik Karno siklning FIK-ti orqali aniqlash mumkin: η k = ΔT / T i ; ΔT = T i -T s ; (18.20) bu yerda T i va T s – issiq va sovuq qatlamlarning temperaturasi. О‘rtacha hisobida, muzdan erkin bо‘lgan okeanning 3×10 14 m 2 maydonida, 100 m qalinlikdagi qatlamda, har qanday vaqt davrda okeanda saqlanadigan umumiy issiqlik quvvati quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: W = v c p ΔT ; (18.21) bu yerda - suvning zichligi, kg/m 3 ; v – qizdirilgan suvning hajmi, m 3 ; c p – suvning solishtirma issiqlik miqdori, kDj/(kg K). 0 200 400 600 800 Temperatura, о С Chuqurligi, м 0 10 20 30 40 Agarda c p = 4,19 kDj/(kg K) deb qabul qilsak, u holda okeanda saqlanadigan energiya miqdori W=15×10 23 J tashkil etadi. Okeanning issiqlik energiyasidan foydalanish g‘oyasini birinchi bо‘lib 1881 yilda fransuz fizigi J. d'Arsonval tomonidan taklif etilgan edi. О‘tgan asrning 20-chi yillarda J. Klod Kubadagi Matansas qо‘ltig‘ida kо‘rgazmali qurilmasini qurgan edi. 70-chi yillarning boshida energetik tanqisligi munosabati bilan okeanning issiqlik energiyasidan foydalanish loyihalari bо‘yicha ishlar amalga oshirila boshlandi. Okeanning issiqlik energiyasidan foydalanish loyihalari, ya’ni okeanning issiqlik energiyasini mexanik energiyaga, sо‘ngra esa elektr energiyaga о‘zgartirish jarayonlari OTES (ocean termal energy conversion) degan atama bilan nomlangan. Okeanning issiqlik energiyasini о‘zgartirish jarayoni chuqurlikdan olinadigan sovuq suv T s temperaturasi va sirtdan olinadigan issiq suv T i temperaturalarini farqi hisobidan ishlaydigan OTES issiqlik mashinalarida amalga oshiriladi (18.16-rasm). 18.16-Rasm: Okeanning issiqlik energiyani о‘zgartirish prinsipial sxemasi: 1-bug‘lantirgich; 2-turbina; 3-generator; 4-nasos; 5-kondensator; 6-issiq suv (okeanning sirtida); 7-sovuq suv (okeanning chuqurlikda) Okean sirtidagi T i temperaturali issiq suv 6 bug‘lantirgich 1-da past bug‘lanish temperaturaga ega bо‘lgan (ammiak, freonlar, past bosimdagi suv) issiqlik tashuvchini bug‘lantiradi va soviydi. Hosil bо‘lgan bug‘ turbina 2-ga о‘tib ish bajaradi. Okean chuqurligidan olinadigan T Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling