18-mа’ruza: Okean va suv oqimlari energiyasi
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tо‘lqin profillini taqrorlovchi qurilma.
18.2. Tо‘lqinlar energiyasi
Dengiz tо‘lqin va oqimlar katta yirik energiya zahiralarga ega. Dunyo okeanning shamol tо‘lqinlarning quvvati taxminan 10000...90000 GVt bilan baholanadi, lekin bundan real foydalanish mumkin bо‘lgan quvvat ancha past bо‘ladi, ya’ni jami bо‘lib 2700 GVt. Hozirgi erishgan texnikaviy darajasi faqat qirgoqlarga yaqin mintaqalarda tо‘lqin energiyadan foydalanish imkoniyatini beradi, buning energiyasi esa 80 kVt/m-dan kо‘prok tashkil etadi. Tо‘lqin energiyasining solishtirma zichligi (yuza birligiga tо‘g‘ri keladigan quvvat) taxminan shamol energiya zichligidan 10 marta katta va quyosh energiyasi zichligidan ham ancha katta. Dengiz tо‘lqinlanishning muhim xususiyati: vaqt bо‘yicha uning notekis о‘zgaruvchanligi, maksimal kattaligi о‘rtacha kattaliklardan 5…11 marta katta bо‘ladi. Qirg‘oklardan ancha о‘zoqlashgan chuqurliklarda hosil bо‘ladigan tо‘lqinlarning solishtirma quvvati qirg‘oq bо‘yidagi bо‘lgan mintaqalarga qaraganda bir tartibga qatta bо‘ladi. Tо‘lqin energiyani elektr energiyaga о‘zgartirish jarayoni tabiyatga salbiy ta’sir bilan bog‘liq emas. Suyuqlikning tо‘lqinli harakatida bir vaqtda tо‘lqin sathning vaziyati va qiyaligi о‘zgarishi bilan kinetik va potensial energiyasi о‘zgaradi, suv ostida bosim ham о‘zgaradi. Tо‘lqin harakatining bronta tavsifli alomati yoki ularning uyg‘unlashgani asosida foydalanib, tо‘lqinlarning kinetik va potensial energiyani yutuvchi va о‘zgatiruvchi, juda kо‘p turli xil qurilmalar yaratilgan. Bunday bir nechta о‘zgartirgichlarni birlashtirilgan umumiy majmuasi tо‘lqin elektr stansiyani tashkil etadi. Kо‘proq kichik quvvatli (1 MVt), о‘lchamlar 50 m-ga yaqin tо‘lqin о‘qi bо‘ylab modullar foydalaniladi. Tо‘lqin profillini taqrorlovchi qurilma. Stefan Solter “Edinburg о‘rdak” nomli qurilmani ishlab chiqdi (18.1-rasm). 18.1-Rasm Solter о‘rdakning ishlash pritsipi Uning tuzilishi maksimal quvvatini о‘zlashtirishni ta’minlaydi. Chap tomondan keladigan tо‘lqinlar о‘rdakni tebranma harakatga keltiradi. О‘rdakning о‘ng tomondagi silindrik shakli о‘q atrofida aylanganda tо‘lqinlarning о‘ng tomonga о‘tishga yо‘l qо‘yimadi, ya’ni tinchlatadi. Tebranuvchi tizimning о‘qidan quvvat olinib, qaytgan energiyaning minimumi ta’minlanadi. Tо‘lqin energiyaning faqat oz qismini (5%) qaytarib va о‘tkazib, Solter о‘rdak, qо‘zg‘atiladigan tebranishlar chastotalarning keng diapazonida, yuqori о‘zgartirish samaradorligiga ega (FIKti 55-dan to 85%-gacha). О‘rdakning real о‘lchamlar (d-diametr, l-uzunligi) tо‘lqinning tavsifli uzunligi λ bilan aniqlanadi: d≈l≈0,1λ. Atlantik tо‘lqinlar uchun λ≈100 m, shuning uchun d≈l≈10 m. Umumiy о‘q bilan birlashtirilgan, bir necha kilometr uzunligida qator о‘rdaklar tо‘lqinlar eng intensiv bо‘lgan mintaqalarga о‘rnatiladi. Bunday о‘rdaklar qatori 20 m-dan kо‘p chuqurlikda mahkamlangan langarlarga bog‘langan pontonlar yordamida ushlab turiladi. Tо‘lqinlar ta’sirida о‘rdaklar markaziy о‘qlar atrofida tebranma harakat qiladi. Mexanik, gidravlik va elektr qurilmalar orqali nisbiy tebranma harakatlar elektr energiyaga о‘zgartiriladi. Solter qurilmaning asosiy kamchiliklar quyidagilardan iborat: - tо‘lqinlarning (balandligi, chastotasi va yо‘nalishi) doim о‘zgaradigan parametrlarga о‘rdaklarning harakatini moslashtrish; - katta uzun qurilmadan elektr energiyani olish va uni dengizning ochiq sharoitida iste’molchiga uzatish; - elektr generator qurilmaga dengiz shо‘r suvning ta’siri; - ekstremal va shtorm sharoitlarda qurilmaning turg‘unligini ta’minlash. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling