18-mа’ruza: Okean va suv oqimlari energiyasi
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
s
temperaturali sovuq suv 7 kondensator 5-da isitiladi va bug‘ esa kondensatlanadi. Issiqlik tashuvchining kondensati nasos 4 bilan bug‘lantirgichga qaytariladi. Ideal holda berk sikl bо‘yicha ishlaydigan OTES uchun olinadigan issiqlik (18.21) formula bо‘yicha aniqlanadi. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga asosan, issiqlikni о‘zgartirishdan olish mumkin bо‘lgan maksimal mexanik quvvat: N = η k W ; (18.22) (18.21) va (18.22) formulalarga muvofiq, ideal issiqlik о‘zgartirgichning mexanik quvvat: N = (ρ c W / T i ) ΔT 2 . (18.23) 7 5 6 1 2 3 4 Talab qilingan suv sarfi: W = c N T i / ΔT 2 . (18.24) Agar T i =20 o S, ΔT=20 o S, ρ=1000 kg/m 3 , s=4200 J/(kg K) deb qabul qilganda, u holda N=1 MVt mexanik quvvatni olish uchun W=0,18 m 3 /s=650 t/soat suv sarfi zarur bо‘ladi. Bundan kо‘rinadiki katta quvvatlarni hosil qilish uchun ancha katta oqimli suv sarfi talab etiladi, ya’ni juda katta qurilmalardan foydalanish zarur bо‘ladi. (18.23) formuladan kо‘rinadiki, OTES qurilmasining quvvati ΔT ga bog‘liq. Tajribalar shuni kо‘rsatdiki, ΔT≥20 o S bо‘lgan okeanning mintaqalarida OTES qurilmalari iqtisodiy samaradorlikga ega. Bunday mintaqalar 20 o shimoliy va 20 o janubiy kengliklar orasidagi tropiklarda joylashgan. Bu mintaqalarda yil davomida T i va T s temperaturalar juda kam о‘zgaradi, shuning uchun yil davomida energiyani ishlab chiqarish stabilligi saqlanadi. Berk sikl bо‘yicha ishlaydigan qurilmaning sxemasi 18.17-rasmda keltirilgan. Bunday qurilmada, 2 bug‘lantirgichning issiqlik almashtirigich orqali о‘tadigan sirtki suvning issiqlik yordamida, ishchi modda (ammiak, freon, propan) bug‘ga aylanadi. Ishchi jism 5 turbinada kengaib mexanik ishni bajaradi. Ishlatilgan bug‘ 6 kondensatorda (chuqur qatlamlardan chiqariladigan va kondensatordagi issiqlik almashtirigich orqali о‘tkaziladigan) sovuq suv bilan sovutiladi va kondensatsiyalanadi. Kondensat qaytadan 2 bug‘lartirgichga о‘tkaziladi. 18.18-rasmda berk sikl bо‘yicha ishlaydigan termal qurilmaning (18.17-rasm) termodinamik sikli T-S diagrammada keltirilgan. 18.17-Rasm: Berk sikl bо‘yicha ishlaydigan termal qurilmaning sxemasi; 1-issiq suv nasos; 2-bug‘lantirgich; 3-bug‘simon ishchi jismni quritqichning nasos; 4-qurituvchi; 5-turbina; 6-kondensator; 7-sovuq suvni chiqarish uchun nasos; 8-ishchi jismni uzatish uchun nasos; 9-generator 27 о С 24 о С 5 о С 7 о С 1 2 3 4 5 6 7 8 t=21,5 о С P=1 MPa t=10,7 о С P=0,53 MPa 18.18-Rasm OTESning termodinamik sikli (Renkin sikli) Turbinada bug‘ bilan bajaradigan foydali ish W p 1-2 chizig‘i bilan aniqlanadi. 2-3 chiziq bо‘yicha bug‘ kondensatsiyalanadi – tizimdagi Q 2 issiqlik ishchi jismdan olinadi. Ishchi jismni bug‘lantirigichga о‘tkazish jarayoni 3-4 chiziq bilan ifodalanadi. Bug‘lantirgichda ishchi jism qizdiriladi 4-5 va bug‘lanadi 5-1 – tizimda ishchi jismga Q 1 issiqlikni uzatish amalga oshiriladi. Kondensatordan bug‘lantirgichga ishchi jismni о‘tkazish, suvni bug‘lantirgichga va kondensatorga uzatish uchun ham qо‘shimcha ish sarflanadi. Bunday tizimning FIK-ti kondensatorga va bug‘lantirgichga uzatiladigan suvning temperaturalar farqi bilan, ya’ni ekvivalent Karno sikliga о‘xshab aniqlanadi: Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling