18-Mavzu. Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati


Download 0.61 Mb.
bet8/14
Sana11.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1189581
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Iqt. nazar 18-Mavzu

18.2-jadval.
Yurtimizdagi eng kam oylik ish haqi miqdorining o`sishi5

Hozirgi paytda qo`llanilishiga ko`ra, 2020 yil 1 fevraldan boshlab mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori (MHTEKM) – oyiga 679330 so`m; bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 223000 so`m; pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM) - 238 610 so`m qilib belgilangan (18.3-jadval).
18.3-jadval.
O`zbekiston Respublikasida ish haqi meyorlarining o`zgarishi



MHTEKM lavozim maoshi, ustama, qo`shimcha pul, gonorarlar, qo`shimcha ish uchun kompensatsiya to`lovlari, oziq-ovqat, yo`l va rag’batlantiruvchi boshqa turdagi to`lovlar, ish haqini hisoblashda qo`llaniladigan chegara miqdor, qonunchilik bilan belgilangan chegirib qolish hamda ish haqi miqdoriga bog’liq bo`lgan boshqa to`lovlar aniqlash maqsadida mehnat munosabatlari sohasida qo`llaniladi.


MHTEKM egalik shakli va mehnat munosabatlaridan qat`i nazar, belgilangan mehnat normalarini to`liq bajargan ishchilar mehnatiga haq to`lashning past chegarasi sifatida barcha ish beruvchilar uchun majburiy bo`ladi.
Bazaviy hisoblangan summa soliqlar, yig’imlar, jarimalar, davlat bojlari, stipendiyalar va taqdim etiladigan davlat xizmatlari uchun boshqa to`lovlar miqdorini aniqlash, shuningdek, oilaning ijtimoiy qo`llab-quvvatlovga muhtojligini aniqlashda qo`llaniladi.
5.Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli
Mehnat munosabatlari – ish beruvchilar va yollanma ishchilar o`rtasidagi mehnat sharoitlari va mehnatga haq to`lash bo`yicha munosabatlardir.
Kasaba uyushmasifuqarolarning o`z faoliyati yoki o`qishi turi bo`yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog’liq bo`lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o`z ustavi asosida faoliyat ko`rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasi”6 dir.
Ishga yollash bo`yicha korxona ma`muriyati va ishchilar o`rtasidagi munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi. Mehnat shartnomalari korxona ma`muriyati va ishchilar o`rtasidagi ishga yollash bo`yicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi huquqiy hujjatdir. Mehnat shartnomalari avvalo ish haqi stavkasi, me`yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog’liqni saqlashga ajratmalar hamda narxlarning o`zgarishini hisobga olib iste`mol savati qiymatini tartibga solish kabi jihatlarni o`z ichiga oladi. Keyin mehnat sharoiti masalalari qarab chiqiladi. Nihoyat, qator tashkiliy masalalar hal qilinadi. Odatda kelishuv bir necha yilga (asosan uch yilga) tuziladi. Ayrim hollarda davlat ham korxona ma`muriyati va ishchilar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarga, masalan, ish tashlash masalalariga tegishli munosabatlarga ta`sir ko`rsatishi mumkin. Ammo ish tashlash huquqi «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar haqidagi xalqaro paket»da mustahkamlangan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar jumlasiga kiradi.
Kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy tamoyillari (printsiplari) quyidagilardan iborat:
- qonuniylik;
- ixtiyoriylik;
- kamsitishga yo`l qo`ymaslik;
- mustaqillik va o`zini o`zi boshqarish;
- teng huquqlilik;
- oshkoralik va ochiqlik.
Ko`pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishida bosh masala ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog’liq masalalar hisoblanadi.
Bu muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo`ladi. Aksariyat ishchi kuchi bozorlarida ishchilar o`zlarining ishchi kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa bo`lib «sotadilar». Kasaba uyushmalari nisbatan ko`p sonli ishga yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo`ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yo`llar bilan erishishi mumkin.


  1. Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling