18-Mavzu. Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati


Download 0.61 Mb.
bet14/14
Sana11.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1189581
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Iqt. nazar 18-Mavzu

Mehnat shartnomalari – korxona ma`muriyati va ishchilar o`rtasidagi ishga yollash bo`yicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi hujjat bo`lib, unda ish haqi stavkasi, me`yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog’liqni saqlashga ajratmalar hamda narxlarning o`zgarishini hisobga olib iste`mol savati qiymatini tartibga solish kabi masalalar ifoda etiladi.
Kasaba uyushmasi – ish beruvchi va ishga yollanuvchi o`rtasidagi mehnat munosabatlarining shakllanishi, amalga oshirilishi va tartibga solinishida ishga yollanuvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi jamoat tashkilotidir.
Aholi daromadlari – aholining ma`lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdoridir.
Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari
summasidir.
Ixtiyorida bo`lgan daromad – barcha soliqlar to`langandan keyin qolgan daromad, ya`ni shaxsiy iste`mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo`lgan daromaddir.
Real daromad – narx darajasi o`zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi daromadning zarur bo`lgan moddiy va ma`naviy ne`matlarni sotib olishga etadigan quvvati, ya`ni aholi daromadining xarid quvvatidir.
Ijtimoiy to`lovlar – kam ta`minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam ko`rsatishga qaratilgan turli xil to`lovlardir.
Ijtimoiy siyosat – davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni, iqtisodiyot qatnashchilari o`rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo`naltirilgan siyosatdir.
Kambag’allik - insonning hattoki birlamchi ehtiyojlarini to`liq qondirish uchun yetarli bo`lmagan pul daromadiga va moddiy mol-mulkka ega emasligidir.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Yaratilgan milliy mahsulotning qanday qismi ish haqi shaklini oladi?
2. Ish haqi bilan zaruriy mahsulot o`rtasida qanday aloqadorlik mavjud?
3. Ish haqining turlicha nazariyalarini tahlil qilib, ularga o`z qarashingizni
bildiring.
4. Real ish haqi darajasi qanday omillar ta`siri ostida o`zgaradi?
5. Nima uchun ish haqining umumiy darajasi har xil mamlakatlarda turlicha?
6. Tarif tizimi o`z ichiga qanday tarkibiy qismlarni oladi? Ularning har birining ahamiyati va farqlanishini tushuntirib bering.
7. Mehnat munosabatlari deganda nimani tushunasiz? Mehnat munosabatlari kimlar tomonidan tartibga solinadi?
8. Kasaba uyushmasi nima va uning qanday turlari mavjud?
9. Kasaba uyushmalari ish haqini oshirishning qanday usullaridan foydalanadilar?

  1. Mehnat shartnomasi nima va unda qanday masalalar o`z ifodasini topadi?

11. Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish siyosati deganda nimani tushunasiz? Ijtimoiy adolatni ta`minlashda bu siyosatning roli qanday?
12. Aholi daromadlari tushunchasini va uning darajasiga ta`sir ko`rsatuvchi omillarni sanab ko`rsating.
13. Turmush darajasi va uning tushunchasiga izoh bering. Turmush darajasini qanday ko`rsatkichlar tavsiflab beradi?
14. Daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini sanab ko`rsating va tushuntirib bering.
15. O`zbekistonda davlat yordam dasturlari tizimini isloh qilish va uni hozirgi davrdagi asosiy yo`nalishlarini izohlang.
16. Mamlakatimizda «Ijtimoiy himoya yili» davlat dasturi doirasida qanday ishlar amalga oshirildi?
17. Keyingi yillarda O`zbekistonda aholi daromadlarini oshirish borasida qanday natijalar qo`lga kiritilmoqda?
18. Mamlakatimizdagi aholi daromadlari tarkibining o`zgarishida qanday tendensiyalar kuzatilmoqda?

1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги, ПФ-4947-сонли Фармони



22Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлиснинг Сенати ва Қонунчилик палатасига Мурожаатномаси (24.01.2020) // Халқ сўзи газетаси, 2020 йил 25 декабр.



3 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги, ПФ-4947-сонли Фармони. 1-илова, 4.1-банди



4 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлиснинг Сенати ва Қонунчилик палатасига Мурожаатномаси (24.01.2020) Халq сўзи газетаси, 2020 йил 25 январ.



5 Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика қўмитаси маълумотлари асосида



6 Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 6 декабрдаги “Касаба уюшмалари тўғрисида” ЎзРПҚ-588-сонли Қонуни



7 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги, ПФ-4947-сонли Фармони, 8-илова. № 215.





Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling