18-Mavzu. Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati


Download 0.61 Mb.
bet12/14
Sana11.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1189581
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Iqt. nazar 18-Mavzu

Xulosalar
1. Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me`yori bilan iste`mol me`yori o`rtasidagi bog’liqlikni ta`minlashdan iboratdir.
2. Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. O`z-o`zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar narxiga bog’liq. Shunday ekan, real ish haqi, boshqa sharoitlar bir xil bo`lganda, nominal ish haqiga to`g’ri mutanosibdir va iste`mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir.
3. Real ish haqi uch omil bilan aniqlanadi: birinchidan, nominal ish haqining miqdori bilan; ikkinchidan, amaldagi soliqlar yuki bilan; uchinchidan, iste`mol tovarlari narxlari darajasi bilan.
6. Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo`yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.
7.Ko`pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishidagi ishsizlikni ijtimoiy kafolatlash, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog’liq muammolarni hal qilishda kasaba uyushmalari asosiy rol o`ynaydi.
8. Kasaba uyushmalari o`zlarining iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishlarida manfaatlari himoya qilinayotgan mehnatkashlar guruhining kasbiy ixtisosligi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yopiq (tor) yoki ochiq (keng) turda tashkil etilishi mumkin. Yopiq turdagi kasaba uyushmalari ish haqi darajasini oshirish uchun ishchi kuchi taklifini qisqartirishga harakat qilsalar, ochiq turdagi kasaba uyushmalari ish haqi darajasi bo`yicha shartnoma tuzishda korxona ma`muriyatiga bevosita ta`sir o`tkazishga harakat qiladilar.
9. Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur bo`lgan moddiy va ma`naviy ne`matlar bilan ta`minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne`matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida ta`riflash mumkin.
10. Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta`minlab bo`lmaydi. Bu daraja moddiy ta`minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.
11. Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko`chmas mulk, qishloq xo`jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko`rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o`z ichiga oladi. Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z iste`mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo`ladi.
12. Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to`g’ri keladigan o`rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o`rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi.
13. Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo`li bilan shakllantirish va uni budjet orqali aholi turli guruhlari o`rtasida qayta taqsimlashdan iborat.
14. Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo`nalish – bu narxlarning oshib va pul qadrining tushib ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o`rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling