18-Mavzu. Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng
Download 0.61 Mb.
|
Iqt. nazar 18-Mavzu
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo`nalishi – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o`rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. Bunda Respublikaning o`ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib, daromadlar nisbatini o`zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg’arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o`zida qayta ko`rib chiqish yo`li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini o`zgartirishda joriy etilgan yangi yagona tarif setkasi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o`zaro bog’lash imkonini berdi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo`nalishi – ichki iste`mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste`molini muayyan darajada saqlab turish bo`ldi. Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to`lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me`yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo`ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan oziq-ovqat mahsulotlarini me`yorlangan tarzda sotishdan voz kechish erkin narxlarga o`tish imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo`nalishi – aholining kam ta`minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo`llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o`tkazilganligi bo`ldi. Bu yo`nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko`p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o`quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo`llar bilan himoya qilib borildi. Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o`tish – ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi. Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga asoslanib, ijtimoiy ko`maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta`minlash manbalarini tubdan o`zgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko`zda tutadi. Yordam tizimi faqat kam ta`minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan qo`llanilib, shu maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, turli tashkilot hamda jamg’armalarning mablag’laridan ham foydalaniladi. Ijtimoiy ko`maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar yordamdan bahramand bo`luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Shu maqsadda mahallalarda byudjet mablag’lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o`tkazgan mablag’lari hisobidan maxsus jamg’armalar hosil qilindi. Ijtimoiy ko`maklashishning yangi tizimi mehnatga rag’batlantiradigan omillar va vositalar yangi tuzilmasi paydo bo`lishini ham taqozo qiladi. Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo`llab-quvvatlash bilan birga, o`z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta`minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi. O`zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar buning yaqqol dalilidir. Shuni e`tiborda tutish lozimki, Respublikamizda keyingi yillarda aholining kam ta`minlangan va muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va ularga moddiy yordam ko`rsatish borasida aniq yo`naltirilgan samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish, ta`lim, kadrlar tayyorlash, sog’liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohalarida maqsadli umummilliy dasturlarni hayotga tatbiq etish yanada faollashtirilmoqda. 2017 yil 7 fevraldagi O`zbekiston Respublika Prezidentining “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g’risida”gi farmonida bir qator yo`nalishlarni rivojlantirish ko`zda tutilgan. Jumladan, ushbu farmonning 4-yo`nalishida “Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo`naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo`l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo`yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta`lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san`at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”ga1 alohida e`tibor berilgan. Sog’liqni saqlash sohasida davlat muassasalari bilan bir qatorda xususiy tibbiyot yo`nalishi ham jadal rivojlanmoqda. Davolash faoliyati turlari 50 tadan 126 taga ko`paytirilib, qator imtiyozlar berilgani tufayli o`tgan yili 634 ta xususiy tibbiyot muassasasi tashkil etildi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 479 ta qishloq va ovulda, shaharlardagi 116 ta mahallada keng ko`lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Bunga 6,1 trillion so`m yoki 2018 yilga nisbatan 1,5 trillion so`m ko`p mablag’ sarflandi. Qishloq joylarda – 17100 ta, shaharlarda – 17 ming 600 ta, jami 34 ming 700 ta yoki 2016 yilga nisbatan salkam 3 barobar ko`p arzon va shinam uylar qurildi. Kam ta`minlangan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 5 mingta oilaga, jumladan, nogironligi bo`lgan ayollarga ipoteka krediti asosida arzon uy-joy sotib olish uchun 116 milliard so`mdan ziyod boshlang’ich badal to`lab berildi.2 O`tgan davr mobaynida Kadrlar tayyorlash va Maktab ta`limi rivojlantirish umummilliy dasturlari doirasida ahamiyatli ishlar amalga oshirildi. Jumladan: Ta`lim-tarbiya sohasining yaxlit, uzluksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash, ya’ni, umumiy o`rta ta`limdan boshlab o`rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta`limgacha bo`lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va malakali kasb tayyorgarligiga ega bo`lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish ishlari izchil davom ettirildi. Shuningdek, tadqiqotlar natijasi o`laroq ijtimoiy himoya tizimi kadrlarini uzluksiz o`qitish, kadrlarga qo`yiladigan kasbiy talablarni qayta ko`rib chiqish, aholining ijtimoiy himoyasi bilan shug’ullanuvchi yagona davlat muassasasini tashkil etish, soha bo`yicha ta`lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish ekspertlar tomonidan taklif etildi. Maktabgacha ta`limni rivojlantirish borasida boshlagan islohotlarimiz natijasida o`tgan yili 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog’chalari tashkil etildi. Shuning hisobidan farzandlarimizni maktabgacha ta`lim bilan qamrab olish darajasi bir yil davomida 38 foizdan 52 foizga ko`tarildi. 2019 yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta`limni rivojlantirish uchun o`tgan yili 19 ta yangi oliy o`quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiali ochildi. Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo`shma ta`lim dasturi bo`yicha kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yildi. Oliy ta`lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar ko`p talaba o`qishga qabul qilindi.2 Bularning barchasi mamlakat aholisini ijtimoiy jihatdan har tomonlama qo`llab-quvvatlash va himoya qilish, uning turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling