18-mavzu. Farmatsevtika xizmatini nazorat-ruxsatnoma tizimi


Ishlab chiqarishda farmatsevtik mahsulotlari sifat nazoratini tashkil qilish


Download 446 Kb.
bet9/12
Sana23.01.2023
Hajmi446 Kb.
#1111421
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
18-mavzu. Farmatsevtika xizmatini nazorat-ruxsatnom a tizimi

Ishlab chiqarishda farmatsevtik mahsulotlari sifat nazoratini tashkil qilish
Ishlab chiqarishdagi sifat nazoratini shartli ravishda ikkiga, ishlab chiqarish binosi, asbob-uskunalar yaroqliligini va xodimlar malakasini tekshirish bilan bog‘lik boshlang‘ich sifat nazoratiga hamda bevosita texnik jarayon sifat nazoratiga ajratish mumkin.
Texnik nazorat tizimi ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi (nazorat obektlari, nazorat jarayonlari va ularning tartibi, ish joyining texnik jihozlanishi, nazorat usullari, nazorat jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalari) va bu jarayon korxonaning texnik nazorat bo‘limi (TNB) tomonidan amalga oshiriladi. Korxona texnik nazorat bo‘limining asosiy vazifasi korxona tomonidan sifat standartlari talablariga javob bermaydigan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnikani ishlab chiqarilishining oldini olish hisoblanadi.
Shuningdek, bu bo‘lim ishlab chiqarishda tartib-intizomni mustahkamlash va ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlarida dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika sifatiga nisbatan mas’uliyatni oshirish kabi vazifalarni ham bajaradi.
Mahsulot sifatini nazorat qiluvchi ishlab chiqarish laboratoriyasi. Odatda, bu laboratoriya ma’lum bir farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalariga keltirilayotgan substansiya va boshqa xomashyolar sifatini nazorat qilish, shu korxonada dori vositalarini ishlab chiqarishning oraliq va oxirgi bosqichlarida sifat nazoratini amalga oshirish kabi vazifalar yuklatilgan holda tashkil etiladi. Ishlab chiqarish laboratoriyasida laboratoriya sinovlari bilan birgalikda, mahsulot sifatiga aloqador barcha masalalar bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiradi.
Farmatsevtik mahsulotlarni sertifikatlashtirish va sifatini boshqarish tizimi Mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha umumiy ma’lumotlar
Sertifikatsiya so‘zi lotin tilida “to‘g‘ri bajarilgan” ma’nosini anglatadi. Mahsulot “to‘g‘ri bajarilganini” bilish uchun, sertifikatsiya jarayoni amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish – dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika jarayon yoki xizmatning belgilangan talablarga muvofiqligini yozma ravishda uchinchi tomondan tasdiqlash jarayonidir. Bunday tasdiqlanishning, shu jumladan, farmatsevtik mahsulot uchun ham ommaviy e’tirof etilgan turi – muvofiqlik sertifikatidir. “Muvofiqlik” atamasi belgilangan talablarning rioya etilishini anglatadi.

Download 446 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling