18-mavzu. Kelishmovchilik, o’zgarish va stressni boshqarish. Reja: Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari. Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar


Download 99.7 Kb.
bet11/12
Sana17.06.2023
Hajmi99.7 Kb.
#1542469
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Izzatillo

Silliqlashish. Bu usul kishilarni yaxshilikka undash yo’li bilan nizoni bartaraf qilishga qaratilgan. Ziddiyatli vaziyatda qarama-qarshi tomonlar bir-biri bilan xushmuomalali bo’lishga, arzimagan narsaga achchiqlanish, umuman, bir vaqtning o’zida birga suzayotgan qayiqni “qaltis tebratish” yaramasligiga chaqirishadi.
Bunday usul ikkala tomondan bittasining lavozim darajasi yoki mavqei yuqori bo’lgan va u mazkur ziddiyat bo’yicha o’zini bahslashishga tushishni lozim deb bilmagan hollarda qo’llaniladi. Bunda ziddiyatga tushishdan voz kechgan tomon muxolifiga o’z istagaga erishishga imkon bersada, ikkala tomon o’rtasidagi dahshatli “yong’in” so’nadi va kelajaqda ham yaxshi munosabat saqlanib qolishiga erishiladi. Shu tariqa ishonch orqali vaziyat silliqlashadi.
Majburlash - bu tomonlardan birining xohish-irodasini, so’zini majburan, zo’rlab qabul qildirishdir. So’zini o’tkazmoqchi bo’lgan tomon qarshi tomonning fikri bilan hisoblashmaydi, uni inkor etadi. Bunday strategiyani qo’llaydigan tomon tajavvuzkorlik bilan o’z xohishini qarshi tomonga majburlab o’tkazadi. Bu usulni ko’proq rahbarlar qo’l ostida ishlaydiganlarga nisbatan qo’llashadi.
Majburlash strategiyasi tashabbusni bo’g’adi, korxonada “ruhiy iqlim”ning beqarorligiga olib keladi. Ayniqsa, bu usul yuqori malakali, nisbatan yosh mutaxassislarda nafrat uyg’otadi.
Kelishuv. Nizoli holatdan muvaffaqiyatli chiqishning eng muhim sharti — bu murosaga kela olishdir. Kelishuv bilan nizolarni hal etish, bu yuqori baholanuvchi strategik usul bo’lib, bunda ikkala tomonni qanoatlantiruvchi yechimga kelinadi.
Muammoni hal qilish. Bu usul barcha tomonlarni qanoatlantaruvchi yechimni topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chuqur tahlil qilish va barchaning fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o’z maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki nizoning eng oqilona yechimini topish evaziga erishishni xoxlaydilar.
Korxonada rahbariyat va xodimlar o’rtasida yuzaga keluvchi nizo “butun jamoaga” emas, balki “tanlangan” odamlargagina yomon ta’sir etishi mumkin. Bunday nizoni bir yo’la, katta hajmda uddalash, bartaraf etish mumkin emas. Bu nizoni bartaraf etishda rahbar oqilligi, adolatliligi, madaniy saviyasi bilan hamkorlikka intilishi kerak. Ya’ni, ushbu nizoli vaziyatda hokimlik mavqeida emas, balki teng huquqiylik asosida yechimni topishi lozim. Masalan, bu jarayonda quyidagilar juda ham muhimdir:
• tomonlarning bir-birini tan olishi;
• gapni bo’lmay tinglash;
• o’zga kishi sifatida tushuna olishni namoyish qilish;
• nizo jarayonidagi holatni o’zga kishi qanday qabul qilishi (tushunishi)ni anglash;
• muhokama qilinayotgan mavzuni aniq tasavvur qilish;
• mavzuga nisbatan umumiy qarashlarni hosil qilish;
• murosa qilinayotgan oqibatni aniqlash;
• nizo mazmunini yozib chiqish (tahlil) qilish;
• nizoni bartaraf etish uchun hamkorlikda yagona yo’l tanlash;
• hamkorliqtsa umumiy xulosa (murosa)ga kelish.
Bunday yo’l mashaqqatli, ammo oqilona yo’ldir. Buning uchun tajriba kerak.
Hozirgi sharoitda rahbar faqat o’z sohasini yaxshi bilibgina qolmay, balki yaxshi tashkilotchi, ruhshunos (psixolog) va tarbiyachi bo’lmog’i lozim. Buning uchun har bir rahbar xodim: sotsiologiya, psixologiya, pedagogika, kasbiy etika fanlarini mustaqil egallashi kerak. Buni hayotimizdagi jiddiy o’zgarishlar, inson omilining faollashuvi, jamoalarni o’z-o’zini boshqarish sharoitida ular bilan ishlashni taqazo etadi.
Jamoaga a’zo bo’lgan har bir shaxsning qalbiga yo’l topa bilish rahbarning ish faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. Buni bilgan rahbar o’z jamoasi ichida mehnat jarayonida vujudga keladigan har xil nizolarni jamoada jamoat tashkilotlari bidan birga, yuqori tashkrshotlarga chiqarmasdan o’zida hal qilishga qodir bo’ladi.
Bunday rahbar o’z ishini to’g’ri tashkil qiladi, jamoa oldiga qo’yilgan maqsad va reja topshiriqlarini o’z vaqtida muvaffaqiyatli bajaradi. Jamoalarda sog’lom ruhiy iqlim yaratish uchun rahbar quyidagilarga, ya’ni:
• har xil xodimning shaxsiy fazilatlariga;
• yoshi, qobiliyati, malakasi, iste’dodiga;
• ishchilar o’rtasidagi hamjihatlikka;
• o’zaro yordamni bir-biri bilan chambarchas bog’laydigan ijtyamoiy aloqa maromiga;
• raqobat muhitini tashkil qilinganiga;
• korxonada pirovard natijalar uchun har bir xodimnnng mas’uliyat sezish tuyg’usini mustahkamlanganlik darajasiga;
• jamoa a’zolari ishining unumdorligiga;
• motivlashtirish darajasi kabilarga e’tibor berishi lozim.
Har bir nizoli vaziyatni rahbar bosiq, hovliqmasdan hal etishi kerak.

Download 99.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling