18-mavzu. Kelishmovchilik, o’zgarish va stressni boshqarish. Reja: Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari. Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar


Download 99.7 Kb.
bet4/12
Sana17.06.2023
Hajmi99.7 Kb.
#1542469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Izzatillo

2-chizma. Shaxslararo nizolar.
Korxona
Shaxs
Shaxs
Nizo
Shaxslar o’rtasidagi nizo ko’p hollarda ularning u yoki bu masalaga bo’lgan nuqtai nazarlarining mos tushmasligi, rahbarlar o’rtasida resurslarni taqsimlash, xodimlar bilan rahbar o’rtasida esa ish sharoitini qoniqarsizligi kabilar yuzasidan vujudga kelishi mumkin. Bir lavozimga ikki nomzod qo’yilganda ham shu turdagi nizolar kelib chiqish hollari bo’ladi.
Shaxslar to’qnashuvi ham shaxslararo nizo tufayli bo’lishi mumkin. Zero, har xil toifa, fe’ldagi odamlar hamma vaqt ham bir-birlarini tushunavermaydilar. Garchi bir ko’rinishda bizga shundoq tuyulsada, shaxslararo nizolarning 75-80 foizi moddiy manfaatdorlik zamirida sodir bo’ladi.
Shaxs bilan guruh o’rtasidagi nizolar, odatda ayrim shaxsning u yoki bu narsaga nisbatan bo’lgan fikrining yoki manfaatining guruh fikriga yoki manfaatiga mos tushmaslik oqibatida vujudga keladi. Aytaylik, biror oliygoh dotsenti o’zining asosiy ish joyidan tashqari pul topish maqsadida boshqa 2-3 joyda, shu jumladan, firmada ishlayotgani umumkafedra manfaatiga zid keladi. Chunki kafedra jamoasi uning shuncha joyda ishlab asosiy ish joyidagi ishni qotira olmay, o’lda-jo’lda ishlashidan manfaatdor emas. Bunday qarama-qarshi holat ular o’rtasida nizoning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday holat rahbarning biror-bir bo’lim xodimlariga nisbatan qo’llagan noo’rin jazosi rahbar bilan guruh o’rtasidagi to’qnashuvga olib kelishi mumkin (3-chizma).
Korxona
Shaxs
Guruh
Nizo
3-chizma. Shaxs bilan guruh o’rtasidagi nizolar.
Aholida shaxsning guruh bilan to’qnashuvi ham alohida shaxs va guruh o’rtasidagi kelishmovchilik oqibatida bo’ladi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish yo’llaridan biri uning narxini nisbatan pasaytirish yo’lidir. Bu masalani korxona majlisida muhokama qilish jarayonida bir guruh xodimdar bunday yo’l korxona zimmasiga yuklatilgan rejani bajarilishiga imkon berishini aytsa, boshqa bir xodim bunday yo’l mahsulot sifatining pasayishiga, uning ustiga-ustak hozirgi ishlab chiqarayotgan mahsulotning sifati shundoq ham raqobatdosh korxonalarda ishlab chiqarilayotgan aynan shunday turdagi mahsulot sifatidan past ekanligaga shama qilib, bu yo’lning noto’g’riligini isbotlamoqchi bo’ladi.
Bu yerda bir guruh xodimlarning fikri alohida xodimning fikriga mos tushmayapti. Bunday holat ham nizo kelib chiqishi uchun sabab bo’ladi.
Har bir ishlab chiqarish jamoasida xodimlarning o’zaro munosabati ikki tarkibiy doirada:
• formal (yoki rasmiy) va
• noformal (yoki norasmiy) doirada amalga oshadi. Formal guruh xodimlarning ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatidagi ma’muriy jihatdan mustahkamlangan rasmiy aloqalarini ko’rsatib beradi. Formal guruh kishilarning lavozim burchlaridan kelib chiquvchi o’zaro munosabatlariga ko’ra belgilanadi.
Noformal guruh shaxsiy simpatiya va antipatiyalar asosidaga norasmiy munosabatlarni, manfaatlarning umumiyligani, xarakterlarnyng o’xshashligini, o’zaro bir-birini tushunishni ifodalaydi.
Har ikkala guruh doimo bir-biriga ta’sir qilib turadi va shu jarayonda nizoli holatlar ham vujudga kelib turadi (4-chizma).
Prezident
Ishlab chiqarish bo’limi
Marketing bo’limi
Nizo

Download 99.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling