18-mavzu: moliyaviy bozor stavkalari reja: Foiz stavkalari va ularga tas’ir qiluvchi omillar


-rasm. Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar


Download 0.57 Mb.
bet7/7
Sana04.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1165575
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MOLIYAVIY BOZOR STAVKALARI

15-rasm. Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar
Ishlab chiqarish vositalaridan kutilayotgan samaradorlik. Investor tomonidan kutilayotgan daromadlilik stavkasi miqdoriga ta’sir qiluvchi birinchi omil ishlab chiqarish vositalari samaradorligi hisoblanadi. Ma’lumki, boshqa narsalarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan narsalar ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi. Shaxtalar, yo‘llar, kanallar, to‘g‘onlar, elektrostansiyalar, zavodlar, mashinalar va tovar-moddiy zaxi-ralarni ishlab chiqarish vositalariga misol sifatida keltirishimiz mumkin. Kapitalning ushbu fizik aspektidan tashqari,
“kapital” tushunchasiga unumdorlikni oshirishga yordam beruvchi patentlar, shartnomalar, formulalar, firma nomlari, shuningdek ishlab chiqarish va ta’minot strukturasi kiradi. Bunday ushlab bo‘lmas narsalar ko‘pincha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari va reklamaga ketgan xarajatlar natijasi hisoblanadi.
Bir yilda kapitaldan foydalanish samaradorligini kiritilgan kapi-talning daromadlilik stavkasi deb nomlanuvchi foizli ko‘rsatkich sifatida ta’riflash mumkin. Aynan shu daromad fir-malar tomonidan chiqarilgan aksiya, obligatsiya va boshqa moliyaviy instrumentlar egalariga dividend va foizlar to‘lab berish manbai hisoblanadi. Ushbu hamma instrumentlar kapitaldan foydalanish orqali keladigan daromad qismiga talabni bildiradi. Qo‘yilgan kapi-talning kutilayotgan daromadlilik stavkasi investitsiya vaqti va joyiga, iqtisodiyotning holatiga, boshqa ishlab chiqarish omillarining, ya’ni tabiiy resurslar va ishchi kuchining yetarlilik darajasiga, ushbu kapitaldan foydalanib ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning talab darajasiga bog‘liqdir. Qo‘yilgan kapitalning kutilayotgan daromadlilik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotdagi foiz stavkalarining darajasi shunchalik baland bo‘ladi.
Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligiga nisbatan noaniqlik darajasi. Qo‘yilgan kapital bo‘yicha daromadlilik stavkasining noaniqlik darajasi yuqoriligini ko‘rsatuvchi juda ko‘p sabablar mavjud. Masalan, hosilga oldindan bilib bo‘lmaydigan ob-havo sharoiti ta’siri; shaxta va quduqlarning taxmin qilinganidek resurslarga boy bo‘lmasligi; mashinalarning vaqt-vaqti bilan eskirishi va buzilishi; mahsulotga talabning iste’molchilar ta’bi yoki alternativ tovarlarning paydo bo‘lishi tufayli kutilmaganda o‘zgarishi; yana ustiga-ustak, yangi bilimlarning rivojlanishi oqibati sifatidagi texnik taraqqiyotni o‘z tabiatiga ko‘ra mutlaqo oldindan bilib bo‘lmaydi. Hatto tovar-moddiy zaxiralardagi tovarlarni kelajakda ulardan foydalanish uchun saqlashning oddiy jarayonini ham ma’lum risk darajasidan xolis deb hisoblab bo‘lmaydi. Sababi: vaqt o‘tishi bilan qancha miqdordagi tovar eskirib yoki buzilib qolishini oldindan aniq aytish qiyin.
Aksiyalar – bu ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishdan olingan daromadga nisbatan talabdir. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligi borasida noaniqlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, qo‘yilgan aksiyalar bo‘yicha risk uchun mukofot shuncha yuqori bo‘ladi.
Odamlarning vaqtinchalik nimanidir afzal ko‘rishi. Daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir qiluvchi keyingi omil inson psixologiyasidir. Odamlar, odatda hayotning hamma ne’matlaridan ertaga emas, aynan bugun foydalanishni afzal ko‘radilar. Iqtisodchilar ko‘pincha mablag‘larni kiritish mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari bo‘lmagan taqdirda ham foiz stavkasi ijobiy bo‘ladi, shuningdek, odamlarning pul berish va qarz olishlari uchun yagona sabab ularning umri davomida xohish-istaklarining doimo o‘zgarib turishidir, degan taxmindan kelib chiqib ish ko‘radilar. Umuman olganda, odamlar tovar va xizmatlarni ertaga qoldirmasdan bugun iste’mol qilishni qanchalik ko‘p afzal ko‘rsa, iqtisodiyotda foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Odamlar, odatda, hayotning hamma ne’matlaridan ertaga emas, bugun foydalanishni afzal ko‘rishlarining sabablaridan biri ular qachon o‘lishining noma’lumligidir. Inson hozir tirikligini biladi va u bugunning o‘zida imkoni boricha o‘zining barcha ehtiyojlarini qondirib, hayotning ne’matlaridan rohat olmoqchi. Kelajakka kelsak, doimo bu ishni keyin ham qila olishi bo‘yicha qandaydir darajada mavhumlik mavjud bo‘ladi.
Riskni yoqtirmaslik. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tikilgan kapitalning daromadlilik stavkasi doim risk bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu munosabat bilan quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bozor iqtisodiyoti sharoitida kafolatlangan foiz stavkasini olish imkoniyati bormi va uni nima belgilaydi?
Bu savolning javobi quyidagicha: moliya tizimi riskdan holi aktivlarga pul tikishni istagan kishilarga ma’lum imkoniyatlar yaratib beradi. Buning uchun ular tikilgan kapitaldan kutilgan daromadning ma’lum qismidan voz kechishlari zarur.
Riskdan uncha qo‘rqmaydigan kishilar riskka toqati yo‘q kishilarga kafolatlangan foiz stavkasi olish imkoniyatini beradilar. Biroq, bu stavka risk darajasi yuqori bo‘lgan aktivlar bo‘yicha kutilgan o‘rtacha daromadlilik stavkasidan past bo‘ladi. Aholi orasida riskni tan olmaslik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, risk uchun mukofot shunchalik yuqori va risksiz foiz stavkasi miqdori shuncha past bo‘ladi.
Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling