18-mavzu: moliyaviy bozor stavkalari reja: Foiz stavkalari va ularga tas’ir qiluvchi omillar


???????????????? ∗ ???????????????? − ???????????????????????????????? ????????????????????????????????


Download 0.57 Mb.
bet3/7
Sana04.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1165575
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MOLIYAVIY BOZOR STAVKALARI

𝟓𝟑𝟎𝟎 ∗ 𝟗𝟔𝟖𝟎 − 𝟒𝟔𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎 𝟒𝟔𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎


𝒎𝒅 = = 𝟎, 𝟏𝟏𝟓𝟑𝒚 𝒐𝒌𝒊 𝟏𝟏,𝟓𝟑%
Shunday qilib, Sizning real daromad stavkangiz 11,53%ni tashkil etadi. Bu esa Siz aynan shunday qaytarish muddati bilan O’zbekiston obligatsiyalarini sotib olish orqali olishingiz mumkin bo‘lgan 16%dan kamroqdir.
Foiz stavkasiga to‘lov muddatining ta’siri. Foiz stavkasiga to‘lov muddatining qanday ta’sirini yaqqol ko‘rish uchun navbatdagi betdagi rasmga qarang. Unda AQSh G‘aznachilik veksellarining 2019-yil 23-yanvarda holatiga daromadlilik egri chizig‘i tasvirlangan. Daromadlilik egri chizig‘i AQSh G‘aznachiligi tomonidan muomalaga chiqarilgan veksellarning belgilangan daromad bo‘yicha foiz stavkalari miqdorlari va ularni qaytarish muddatlarining o‘zaro nisbatini aks ettiradi.
Rasmda biz bir yillik g‘aznachilik majburiyatlarning daromadi hisobi yiliga
5,25%ni tashkil etganini, bu ko‘rsatkich qaytarish muddati o‘sgan sari ortib borishini va qaytarish muddati 30 yil bo‘lganda 6%ni tashkil etganini ko‘ramiz.
14-rasmda bu yaqqol ko‘rinmasa ham, daromaddorlik egri chizig‘ining shakli va darajasi vaqt o‘tishi bilan juda o‘zgaradi. O‘tmishda, qisqa muddatli foizli stavkalar uzoq muddatlinikidan yuqori bo‘lgan, shuning uchun daromaddorlik egri chizig‘i pastdan yuqoriga emas, balki yuqoridan pastga tushgan.

14-rasm. AQSh G‘aznachilik qimmatli qog‘ozlari daromadlilik egri chizig‘i
Foiz stavkasiga to‘lanmaslik riskining ta’siri. Belgilangan daromadli instrument (vosita)lar bo‘yicha to‘lanmaslik riski qanchalik yuqori bo‘lsa, hatto boshqa barcha ko‘rsatkichlar o‘zgarishsiz qolganda ham, ushbu instrument (vosita)larning foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi. 6-jadvalda qarz oluvchilar tomonidan chiqarilgan va o‘z qarzlari bo‘yicha noto‘lovlarning turli darajadagi risklari bilan xarakterlanuvchi dollar nominalidagi xilma-xil foiz stavkalari keltirilgan.
Bu yerda AQSh G‘aznachiligi uzoq muddatli obligatsiyalari shunday riskning eng past ko‘rsatkichiga ega. Undan keyingi o‘rinlarni yuqori va o‘rta sifatli korporativ obligatsiyalar egallamoqda.
Ushbu berilgan holatdagi turli xil qimmatli qog‘ozlar daromaddorligi ko‘rsatkichlari farqiga (yield spread) e’tiboringizni qarating: qaytarish muddati 10 yildan yuqori bo‘lgan AQSh G‘aznachiligi obliga-tsiyalari, ularning yillik daromaddorligi 6,21%ni tashkil etadi va xuddi shunday qaytarish muddatidagi o‘rtacha sifatdagi korporativ obligatsiya-larning yillik daromaddorlik ko‘rsatkichi esa 7,56% ga teng. O‘rtadagi daromaddorlik farqi yiliga 1,35%ni tashkil etadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling