1 + Drs = (1 + Nfs) : (1 + Id)
yoki, mos ravishda,
Drs = (Nfs - Id) : (1 + Id)
Bu yerda: Drs –daromadlilikning real stavkasi; Nfs – nominal foiz stavkasi; Id - inflyatsiya darajasi.
Ikkinchi formulaga bizning misolimizdagi ko‘rsatkichlarni qo‘yib, yana bir marotaba yillik real stavka 2,857%ni tashkil etishini tasdiqlashimiz mumkin: Drs = (0,08 – 0,05) : 1,05 = 0,02857 = 2,857
E’tibor bering, nominal ko‘rinishda ishonchli bo‘lgan, belgilangan daromadi bo‘lgan instrument (vosita) real ko‘rinishda ma’lum darajada risk tashiydi. Misol uchun, faraz qilaylik, bank omonatchilarga risksiz dollarli yillik 8%li foiz stavkasini taklif qilmoqda. Ayni vaqtda kelajakdagi inflyatsiya darajasi avvaldan noma’lumligi sababli, real ko‘rinishda pulni ushbu bank hisob raqamiga qo‘yish riskli bo‘ladi.
Agar taxmin qilinayotgan inflyatsiya darajasi yillik 5%ni tashkil etsa, daromadlilikning kutilayotgan real stavkasi yillik 2,857% bo‘ladi. Agarda inflyatsiya darajasi 5%dan yuqori bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi yillik 2,857%dan kam bo‘ladi.
3. Daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar
Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni rasmli tarzda quyidagicha ko‘rsatish mumkin (15-rasm):
Demak, rasmdan ko‘rinib turibdiki, bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy quyidagi to‘rtta omil mavjud:
ishlab chiqarish vositalarining samaradorligi - shaxta, to‘g‘on, yo‘l, ko‘prik, zavod, mashinalar va tovar-moddiy zahiralarga qo‘yilgan mablag‘-lardan kutilayotgan daromadlilik stavkasi;
ishlab chiqarish vositalarini ishlatish samaradorligiga nisbatan noaniqlik darajasi;
odamlarning vaqtinchalik afzal ko‘rishi – odamlar qanchalik darajada tovar va xizmatlarni iste’mol qilishni ertaga emas bugun xohlaydilar;
riskni yoqtirmaslik – investitsiya bo‘yicha riskni qisqartirish maqsadida yuqori daramadlilikdan voz kechishga rozi odamlar soni.
Do'stlaringiz bilan baham: |