18-mavzu: moliyaviy bozor stavkalari reja: Foiz stavkalari va ularga tas’ir qiluvchi omillar


Download 0.57 Mb.
bet5/7
Sana04.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1165575
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MOLIYAVIY BOZOR STAVKALARI

Bu yerda: Kd – bir yillik qo‘yilgan kapital daromadliligi;
ABdo – davr oxiridagi aksiya bahosi; ABb – aksiyaning boshlang‘ich narxi; PD – pulli dividendlar.
Ushbu misolda biz quyidagi daromadlilikka ega bo‘lamiz:
Kd = (10,5 ming so‘m - 10,0 ming so‘m + 0,5 ming so‘m) : 10,0 ming so‘m = 0,10 = 10%
E’tibor bering, qo‘yilgan kapital umumiy daromadini quyidagi komponentlar yig‘indisi sifatida ko‘rish mumkin: dividend ko‘rinishidagi daromad va aksiyalar bahosining o‘zgarishi:

Kd = (PD : ABb) + (ABdo - ABb) : ABb


Kd =DDk + BO‘k Bu yerda: DDk - dividend daromadi komponenti; BO‘k - baholar o‘zgarishi komponenti.
Kd = 5% +5% = 10% Agar Siz o‘z aksiyalaringizni sotmaslikka qaror qilsangiz, qanday qilib daromad stavkasini baholashingiz mumkin?
Javobni quyidagicha berish mumkin: qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyaning daromad stavkasi, ularni sotib yuborasizmi yoki yo‘qmi, bundan qat’iy nazar bir usul bilan aniqlanadi. Aksiya kursining 500 so‘mga oshishi 500 so‘m dividend singari kiritgan kapitalingizning daromad qismi hisoblanadi.
Sizning aksiyalarni sotmasdan o‘zingizda qoldirish to‘g‘risidagi qaroringiz, yil yakunlanganidan so‘ng ularni haqiqatdan 10,5 ming so‘mdan sotishingiz mumkinligi faktini hech qanday o‘zgartirolmaydi. Shu bois, Siz qimmatli qog‘ozlarni sotish orqali o‘z daromadingizni kapitalingizni oshirish ko‘rinishida amalga oshirishga qaror qilishingiz yoki sotmasdan rein-vestitsiya qilishingizdan qat’iy nazar, daromadlilik stavkasi 10%ni tashkil etadi.

2. Inflyatsiya va real foiz stavkalari


Turli davrdagi iqtisodiy ko‘rsat-kichlarni solishtirish uchun tovarlar, xizmatlar va aktivlar narxlari inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda to‘g‘rilanishi yoki o‘zgartirilishi lozim. Shu bois, iqtisodchilar nominal narx nomini, ya’ni tovar va xizmatlarning Price listda ko‘rsatilgan narxini va pulning sotib olish qobiliyatini aks ettiruvchi real narxlarni alohida farqlashadi.
Real va nominal narxlar farqlangani kabi, real va nominal foiz stavkalari ham farqlanadi. Obligatsiya bo‘yicha nominal foiz stavkasi qarz oluvchi tomonidan va’da qilingan va Siz bergan pulingiz evaziga olinadigan summadir. Real daromadlilik stavkasi – bu kreditor tomonidan ishlab topilgan hamda pulning sotib olish qobiliyati o‘zgarishi hisobga olingan holda to‘g‘rilangan yoki o‘zgartirilgan nominal foiz stavkasidir. Misol uchun, agar hisoblangan nominal foiz stavkasi yillik 8%ni tashkil etsayu, inflyatsiya darajasi ham 8%ga teng bo‘lsa, bu holda daromadlilikning real stavkasi nolga teng bo‘ladi.
Daromadlilikning real stavkasini hisoblash uchun mablag‘ sifatida ma’lum standartlashtirilgan iste’mol savati ishlatiladi. Shunga ko‘ra, daromadlilikning real stavkasi ushbu savatning tarkibiga bog‘liqdir. Milliy iste’mol narxlari indeksi (INI)ni (CPI — consumer price index) hisoblashda taqqoslanishi mumkin bo‘lgan iste’mol tovarlari savati ishlatiladi.
Agar nominal foiz stavkasi yillik 8%ni tashkil etsa, iste’mol narxlari indeksi o‘zgarishiga proporsional tarzda o‘zgaruvchi inflyatsiya darajasi esa yillik 5% bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi qanday bo‘ladi? Ichki hissiyotga suyangan holda, daromadlilikning real stavkasi bu – nominal foiz stavkasi va inflyatsiya o‘rtasidagi farq deb taxmin qilishimiz mumkin bo‘lib, bizning misolimizda bu ko‘rsatkich 3%ga teng bo‘lar edi. Umuman olganda, bu ham to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin, shunday bo‘lsa-da, bu yerda ayrim holatlarni inobatga olmoq lozim.
Keling, bunga amin bo‘lish uchun daromadlilikning real stavkasini aniq hisoblab chiqamiz. Yuqoridagi misolga ko‘ra, Siz tomondan kiritilgan har 100 so‘mga bir yildan so‘ng 108 so‘m olasiz. Biroq bir yil avval 100 so‘mni tashkil etgan iste’mol korzinasi bu davr mobaynida 105 so‘m ga teng bo‘ldi. Joriy davrda sotib olish mumkin bo‘lgan iste’mol savati tovar-lariga qo‘llagan holda Sizning 108 so‘mingiz qanday real qiymatga ega bo‘ladi? Bu savolga javob berish uchun, 108 so‘mni kelgusidagi iste’mol savati narxiga bo‘lish kerak bo‘ladi, ya’ni 108 so‘m : 105 so‘m = 1,02857 so‘m. Shunday qilib, xarid qilinmagan har bir iste’mol savati o‘rniga o‘zingiz investitsiya qilgan kapitalingiz uchun bir yildan so‘ng 1,02857 ekvi-valentdagi savatni olasiz. Shunga ko‘ra, daromadlilikning real stavkasi yillik 2,857% (bugungi bir savatga to‘g‘ri keluvchi kelgusidagi savatlar soni)ni tashkil etadi.
Daromadlilikning real stavkasi, nominal foiz stavkasi va inflyatsiya darajasining nisbati aks etgan formula quyidagi ko‘rinishga ega:

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling