183-Kimyo guruhi talabasi Shamuratov Jur‘atbek


Download 0.82 Mb.
bet1/11
Sana08.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1462835
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Elektrokimyoviy analiz metodlari Shamuratov Jur\'atbek Kurs ishi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Tabiiy fanlar fakulteti
Kimyo kafedrasi
183-Kimyo guruhi talabasi
Shamuratov Jur‘atbekning
Analitik kimyo fanidan tayyorlagan






MAVZU: ELEKTROKIMYOVIY ANALIZ METODLARI.


Bajardi:___________________ Shamuratov J.
Qabul qildi________________ Ataniyazov O.
Urganch – 2020.


Mavzu: Elеktrоkimyoviy аnаliz mеtоdlаri.


Reja:
I.KIRISH.
1.1 Elektrokimyoviy analiz metodi xaqida umumiy ma`lumot.
II.ASOSIY QISM.
2.1 Elektrokimyoviy analiz metodlari.
2.2 Elektrogravimetriya metodi.
2.3 Bevosita potensiometrik metod.
2.4 Kulonometriya.
2.5 Amperometriya va vol’tamperometriya metodlari.
2.6 Analizning konduktometrik usuli.
III. XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH.
1.1 Elektrokimyoviy analiz metodi haqida umumiy ma`lumot.
Amalda eng ko`p qo`llaniladigan fizik-kimyoviy usullarni asosan uch guruxga ajratish mumkin.
Ular optik, elеktrokimyoviy va xromatografik analiz usullaridir.
Optik analiz usullari. Optik analiz usullari tеkshirilayotgan moddaning optik
ko`rsatkichlarini o`lchashga asoslangan. Tеkshirilayotgan moddaning atom va molеkulalariga ta'sir etuvchi elеktromagnit nurlanish yutilishi, sochilishi va qaytishi mumkin. Ana shu o’zgarishlardan birortasi yordamida tеkshirilayotgan moddaning tarkibi xaqida xulosa chiqariladi.
Elektrokimyoviy analiz usullari-moddalarni elektr toki yordamida tekshirishga asoslangan kimyoviy analiz usullari majmui.Amalda elektrokimyoviy analizning elektroliz (elektragravimetrik analiz, ichki eletroliz, metallarni kantakt almashtirish-sementatsiya, polyarografik analiz) va titrimetrik (ampermetrik, konduktametrik, potensiometrik titrlash) usullardan foydalaniladi. Eletrogravimetrik analiz elektroliz natijasida hosil bo’lgan elementning masasini aniqlashga asoslangan ya`ni elektrolit eritmalarda o`zgarmas tok o`tkazilganda elektrodlarda cho`kma tarzda ajraluvchi moddalarni (metallar yoki oksidlarni) ajratib olib,analitik tarozida tortish va cho`kma massasi bo`yicha tekshiriluvchi eritmadagi moddaning miqdorini aniqlashga asoslangan. U asosan rangli og’ir va ba’zan qora metallarni miqdoriy aniqlashda yoki ularni bir-biridan ajratishda qo’llaniladi.Hozirgo vaqtda bu usul kam qo`llaniladi.
Elektrokimyoviy analiz usullari elektrodlarda yoki elektrodlar orasidagi fazada o`tayotgan jarayonlarga asoslangan.Elektrod jarayono tashqi elektr toki bo`lmaganda doimiy kuchlanish berish bilan sodir bo`lishi mumkin.Elektrometrik usullar moddalarning elektrometrik xususiyatlarini (elektr o`tkazuvchanlik,potensial,tok kuchi va b) tekshirishga asoslangan.
Tеkshirilаyotgаn mоddа tаrkibidаgi аniqlаnаyotgаn mоddаning elеktrохimiyaviy хususiyatlаridаn fоydаlаnаdigаn bir qаnchа аnаliz mеtоdlаri mаvjud. Аnа shundаy pоtеntsiоmеtrik, kоnduqtоmеtrik, pоlyarоgrаfik vа elеktrоgrаvimеtrik mеtоdlаr хаlk хo’jаligining turli tаrmоklаrigа оid lаbоrаtоriyalаrdа muvаffаkiyat bilаn qo’llаnilmоkdа.
Elektrokimyoviy jarayonlar va analizlar sohasida akademik Aleksandr Naumovich Frumkin (1895-1976) yigirmanchi asrda o’z fanining haqiqiy ustasi deb tan olindi. U o’n nafar chet el ilmiy akademiyalariga a’zo bo’lgan. 1933 yilda Moskva davlat universitetida elektrokimyo kafedrasini tashkil qilib, umrining oxirigacha uni boshqardi. Frumkin A.N. 24 yoshida Elektrokapillyar hodisalar va elektrod potensiallar deb nomlangan birinchi monografiyasini chop ettirdi. Uning asosiy ishlari elektod jarayonlari nazariyasiga qaratilgan bo’lib, elektrod/eritma sirt chegarasi tuzilishining elektron almashinish tezligining sekinlashtirilgan uchqun nazariyalariga bog’liqligi o’rganilgan. Frumkin A.N. metall sirtining muhim xarakteristikasi bo’lgan nol zaryad potensiali tushunchasini fanga kiritdi va bu asosda elektrokimyoviy zanjirning elektr yurituvchi kuchi tabiati haqidagi Volt muammosini hal qildi. Adsorbilangan zarrachalar orasidagi o’zaro ta’sir sharoitidagi adsorbsiyani ifodalovchi Frumkin izotermasi ham fanda ma’lum.
Qozon davlat universitetining professori Budnikov G.K. ham 1960 yillardan boshlab amperometrik biosensorlar uchun kimyoviy modifikatsiyalangan elektrodlar yaratish bilan qiziqib, ularni ekologik-analitik nazoratlar uchun qo’lladi. Vol’tamperometriya va polyarografiyadagi elektroatalitik hodisalar o’rganilib, kichik konsentratsiyalarni aniqlash uchun ul’tramikroelektrodlar ishlab chiqildi. Budnikov G.K. vol’tamperometriyaning turli sohalariga bag’ishlangan 13 ta darslik kitoblar va 15 ta kashfiyot muallifidir.
Nemis elektrokimyogari Shvabi Kurt (1905-1993) potensiometriyaning va pH ni o’lchash texnikalarining rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Nazorat jarayonida qo’llaniladigan shisha elektrodlar nazariyasini rivojlantirdi.
Vengriya Fanlar akademiyasining akademigi, kimyogar-analitik Pungor Ernening ilmiy izlanishlari analizning asbobiy usullariga, ayniqsa elektrokimyoviy usullarga bag’ishlangan.
Professor Bardin V.V. (1931) ilmiy yo’nalishi elektrokimyoviy analiz usullari bo’lib, ikkinchi tur elektrodlar yordamida qo’zg’almas yacheykada moddalarning kichik konsentratsiyalarini yangi potensiometrik usulda aniqlashni taklif etib, nazariy asoslab berdi. Gran bo’yicha potensiometrik titrlash usulini rivojlantirdi.Ekvivalent nuqtani topishning hisoblash usuli taklif etildi. Bundan tashqari Bardin V.V. tomonidan uglerodning mikro- miqdorini kulonometrik aniqlash usuli va asboblari yaratildi. U uchta kitob va 35 ta kashfiyot muallifi hisoblanadi.
Professor Perch Karlovich Agasyan o’z ish faoliyatini 1930 yilda Armanistonda boshlab, 1935 yilda Moskva davlat universitetiga aspiranturaga kiradi va shu kundan boshlab analitik kimyoning muhim muammolarini hal qilishga kirishadi. Agasyan P.K. tomonidan potensiometriya, vol’tamperometriya va asosan kulonometriya analiz usullari rivojlantirildi. Kulonometrik tadqiqotlar yangi titrantlar, faol generator elektrodlar yaratishga qaratilib, differensial va substexiometrik kulonometriya usullari muvaffaqqiyat bilan mukammallashtirildi. Ushbu usullar yordamida elektrokimyoviy analiz usullari uchun asboblar yaratish, o’lchov jarayonlarini va ma’lumotlarini qayta ishlashni avtomatlashtirish, analizning aniqligi, selektivligi va sezuvchanligini oshirish bo’yicha ko’plab ilmiy ishlar olib borildi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling