19-Maruza. Termodinamikaning birinchi asosi. Ayrim sodda termodinamik jarayonlarni ifodalashda termodinamikaning birinchi asosining qoʹllanilishi. Reja
Download 397.77 Kb.
|
8d3369c4c086f236fabf61d614a32818
- Bu sahifa navigatsiya:
- Puasson tenglamasi
IDEAL GAZDA ADIABATIK JARAYON
Adiabatik jarayon deb, sistema tashqarisidan issiqlik olmaydigan va uni tashqariga bermaydigan jarayonga aytiladi. Adiabatik jarayonda ish ichki energiyaning kamayishi hisobiga boradi. Ideal gazlar uchun dQ=0 da (adiabatiklik sharti) dQ=CvdT+pdV dan, pdV=-CVdT ligi kelib chiqadi. Gaz adiabatik kengayganda dV va dТ orttirmalar ishorasi qarama-qarshidir.
Idish og‘zidagi rezina probka sug‘urilsa, idishda bug‘ning sovutilishida kondensasiyalanishi natijasida tuman hosil bo‘ladi. Muvozanatli adiabatik jarayonni 23-rasmda keltirilgan ideallashtirilgan qurilma yordamida amalga oshirsa bo‘ladi. Bu qurilmada adiabatiklik uchun gazli silindr termostatdan uzilgan bo‘lishi kerak (Silindr tagi adiabatik bo‘lishi kerak). Agar bunday qurilmada porshen ustidagi yukni olib tashlansa, molekulalarning porshenga urilishi tufayli porshen siljiydi va bunda molekulalar ulardan uzoqlashayotgan porshenga urilishida kinetik energiyasining bir qismini yo‘qotadi. Gazning siqilishda (porshendagi yuklarni oshirganda), aksincha, gaz molekulalari, ularga yaqinlashayotgan porshenga urilib, qo‘shimcha energiya oladilar. Adiabatik jarayon, ideal gazdagi ixtiyoriy jarayon kabi Klapeyron-Mendeleyev tenglamasi bilan ifodalanadi, u gazning temperaturasi, hajmi va bosimining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Adiabatik jarayonda termodinamikaning birinchi qonunining qo‘llanilishi faqat ikkita termik parametrni bog‘lovchi funksiyani topishga imkon beradi: f(p,V)=0, f (V, T)=0 yoki f(р, Т)=0. Funksional bog‘lanishning uchchala turi Puasson tenglamasi deb ataladi. (р, V), (V, Т), (р, Т) koordinatalarda ko‘rsatilgan funksiyani tasvirlovchi chiziqlarga adiabatalar deyiladi. Puasson tenglamasini keltirib chiqaramiz. dQ=0 bo‘lganda ideal gazlar uchun termodinamikaning birinchi qonuni CvdT+pdV=0 (1) ko‘rinishni oladi. Holat tenglamasi pV=RT (2) ga va (1) tenglamaga uchta o‘zgaruvchan kattaliklar kiradi. Bu munosabatlardan bitta o‘zgaruvchini qisqartirib, ikkita o‘zgaruvchini bog‘lovchi tenglamani hosil qilamiz. Shunday, (2) ni differensiallab: Vdp+рdV=RdT (3) va (1) da kabi o‘zgartirish kiritib: (4) ni topamiz. Hosil qilingan tenglamaga issiqlik sig‘imlari nisbati (5) kirib, u gaz, suyuqlik va qattiq jismlarning termodinamik xossalarini ifodalashda juda katta rol o‘ynaydi. (4) ni рV ko‘paytmaga bo‘lib d(lnpVγ)=0 munosabatga kelamiz. Bu munosabatdan pVγ= const. (6) ekankigi kelib chiqadi. (6) tenglamaga p va V o‘zgaruvchilarda ideal gaz adiabatasi tenglamasi deyiladi (Puasson tenglamasi). 0> Download 397.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling