19-mavzu: «Harbiy xizmatchilar mustaqil ta’limi va tarbiyasi jarayonining mazmuni va maqsadlari». Reja
Download 200.37 Kb. Pdf ko'rish
|
19-MAVZU
Pedagogika
Andragogika Xyutagogika Lokus nazorati O‘qituvchi O‘qituvchi /o‘quvchi O‘quvchi Ta’lim sektori Maktab Kattalar ta’limi Oliydan keyinga ta’lim Kognitiv daraja idrok Metaidrok Epistometodologik idrok (idrok haqidagi bilim) Bilimlarni ishlab chiqarish konteksti Predmetni anglash O‘zaro munosabatlarni, muzokaralarni, baholash jarayoni Bilimlarni yaratish Savol Nima Nimaga Nimaga ham yo‘qnet? bo‘lishi haqida gapirish hali erta. Bundan tashqari, mualliflarning o‘zlari xutagogikaga, izlanish, konsepsiya, yondashuv, o‘qitish, sifatida qarashadilar. Ushbu ta’limot asosida, bir nechta asosiy pozitsiyalar va asosiy qoidalarni ko‘rsatish mumkin: 1.Mustaqil ravishda ta’lim olish, Dj. Dyui ning konstruktivizm haqidagi nazariyasi bilan M. Montessorining pedagogik g‘oyalari bilan, D.Kolbning bosqichma – bosqich aqliy faoliyatning shakllanishi modeli bilan, M.Xaydegerning falsafasiga, Rodjers fenomenologiyasi, tizim fikrlash nazariyasi, tashkiliy ta‘lim, boshqariluvchan ta’lim, hamda andragogika holati bilan hamohang ravishda shakllanadi. 2. Mustaqil ta’lim doktrinasi, kattalar ta’limi texnologiysi va strategiyasini o‘rganib chiqadi, unda ustoz (murabbiy) izlanuvchan ta’lim usullarini qo‘llash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib, mavjud bilimlarni o‘zgartirish va yangilarini yaratishga sharoit yaratib beradi. Hayot davomida sinov va xato orqali eksperimental tarzda o‘rganish usullari, yangi bilimlarni hosil qiladi. Moslashuvchan, muammoli bo‘lib, u noto‘g‘ri, “nuqsonli” o‘qitish uslublariga rahna soladi hamda, mavjud bilimlarni yangilari bilan birlashtiradi. Ta’lim, turli xil vositalar yordamida: vizual fazoviy, musiqiy ritmik, tana kinestetik, og‘zaki lingvistik, mantiqiy matematik, shaxslararo shaxsiy, jamoaviy, individual intellekt yordamida yangi bilimlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish jarayoniga aylanadi. Talaba, mavjud bilimlarni tahlil qiladi, sintez qiladi, umumlashtiradi, innovatsion usullarni ijodiy ravishda yaratadi, bu esa yangi bilimlarni yaratishga olib keladi. Shunday qilib, xyutagogika eng yuqori darajadagi o‘qitish tizimi sifatida tushuniladi, bunda muammolar evristik metod, metakognitiv, ijodiy yondashuvlar yordamida hal etiladi. 3. Xyutagogikaning diqqat markazida (capability) katta insonlar potensiali joylashadi. Kontseptsiya mualliflari “80-yillarning o‘rtalarida, Angliyada qobiliyat kontseptsiyasining (the concept of capability) paydo bo‘lishi sababini, ingliz kompaniyalarining pasayib borayotgan jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish zarurati edi deb ta’kidlashadi. Globallashuv va uning oqibatlari, ish o‘rinlari sifatiga ta’sir ko‘rsatayotgani ayni haqiqat. Zamonaviy ishchilar va tashkilotlar, ish beruvchilar, doimiy ravishda o‘zgarib turadigan beqaror muhitda omon qolishlari uchun, endi, ishchilarga faqat malakaga ega bo‘lish etarli emas, balki, o‘qishga va o‘rganishga tayyor bo‘lishlari kerakligini e’tirof etishmoqda. Dunyoda moslashuvchan, tayyor bo‘lmagan, odamlar va tashkilotlarning “boshlarini qumga tiqishga tayyor” joy yo‘q. Yuqori potentsialga ega insonlarda, o‘zlari yashaydigan beqaror muhit bilan samarali kurashish uchun imkoniyatlari ko‘proq bo‘ladi, chunki ular o‘zlarining samaradorligiga e’tibor qaratish, qanday o‘rganish, bilim va malakalarni o‘zga muhitga o‘tkaza olish qobiliyatlarga ega. Boshqacha qilib aytganda, xyutagogika avvalgi tadqiqotlar va ilmiy nazariyalar javob bera olmagan savollarga javob izlashni o‘z zimmasiga oladi. Misol tariqasida, kontseptsiya mualliflari, masofaviy ta’limni keltirib, quyidagilarni ta’kidlashadi, jumladan, masofaviy ta’lim o‘zining qanchalik o‘zgaruvchanlikga ega bo‘lishiga qaramasdan, asosiy e’tibor markazida o‘quvchi emas, o‘qituvchi bo‘lib qolyapti. Kompetentli yondashuvga asoslangan individual o‘quv rejalar, o‘zlarining bilim olishlarini o‘zlari boshqara oladigan “salohiyatli shaxslar” boshqa modelga qarshi sifatida ko‘riladi. Xyutagogika, o‘qitishga moslashuvchan yondashuv zarurligini tushunadi, bunda o‘qituvchi resurslar bilan ta’minlaydi, ammo o‘quvchi, o‘qituvchi bilan hamohanglikda o‘zi o‘zlashtira oladigan haqiqiy kursni ishlab chiqadi. Shunday qilib talaba, tanqidiy maqolalar, taqrizlar, savollarni ko‘rib chiqishi va o‘zi uchun nima qiziqarli va qadrli ekanligini tanlashi, so‘ngra mumkin bo‘lgan o‘qish materiallari va kerakli topshiriqlarni muhokama qilishi mumkin. Bunday vaziyatda baho, yutuqlarni o‘lchashdan ko‘ra ko‘proq, ta’lim tajribasining vositasiga aylanadi. Xyutagogika, talabaning o‘z bilimlari uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishidan boshlanadi. Hyutagogika, o‘quvchining potentsialini rivojlantirishda, o‘qituvchining rolini nafaqat mavzu sohasida (bilim va malakada) ko‘radi, balki uni talaba ustidan nazoratchi sifatidan voz kechishga undab, o‘z zimmasiga Download 200.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling