19-mavzu: «Harbiy xizmatchilar mustaqil ta’limi va tarbiyasi jarayonining mazmuni va maqsadlari». Reja


Download 200.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana09.05.2023
Hajmi200.37 Kb.
#1448801
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
19-MAVZU

“Fasilitator” rolini olishga, yordamchi vazifasini bajarishga va talabaga o‘quv 
jarayonini boshqarish huquqini berishga chaqiradi. Yangi rol o‘qituvchidan, 
menenjerdan yangi paradigmaga rioya qilishni, yuqori potentsialga ega bo‘lgan 
shaxs bo‘lishni, o‘rganishga qodir bo‘lishni talab qiladi. 
Xutagogika tushunchalaridan biri bu “ikki halqali o‘qitish” usuli (double loop 
learning). Ushbu atama ijodkorlari, psixolog Kris Argiris va faylasuf Donald Shon 
talqinida, bu o‘zgarishlar (birinchi sikl) davomida olingan ma’lumotlardan 
kelajakdagi o‘zgarishlarni (ikkinchi sikl) yanada samarali boshqarish uchun 
foydalanish jarayoni. Modelning mohiyati birinchi va ikkinchi darajali 
kuzatuvchilarni tanlashda yotadi 
“Birinchi raqamli kuzatuvchi, narsalarni unga qanday ko‘rinsa, shunday 
ko‘radi. Dunyo uning uchun mavjud va bu shunday bo lib qoladi. Aksincha, ikkinchi 
raqamli kuzatuvchi, birinchi raqamli kuzatuvchi qanday ko‘rishi bilan tushuntiradi. 
Ya‘ni, u uning qanday kuzatishini kuzatmoqda. Kuzatish usuli - bu odamning o‘ziga 
xos “o‘lik zonasi” hisoblanadi. Boshqa odamning o‘lik zonasini ko‘rish qobiliyati, 
ikkinchi raqamli kuzatuvchini hamma narsani biluvchi, bilag‘on qilib, yani 
boshqacha usulda kuzatish mumkinligini, shunda narsalar boshqacha ko‘rinishda 
ega bo‘lishi ko‘rinadi”. 
Mustaqil ish konsepsiyasida “ikki tomonlama o‘rganish halqasi” atamasi 
pedagogik talqinni oladi. Bir tomondan, bu shuni anglatadiki, o‘quv jarayonida 
o‘quvchi, bir vaqtning o‘zida metodlarni, texnologiyalarni, o‘qitish texnikasini 
o‘zlashtiradi, o‘zining ta’lim faoliyatini tahlil qiladi va shu bilan uning salohiyati 
rivojlanadi. Boshqa tomondan, bu o‘quv jarayonining bir tekis emasligini ko‘rsatadi. 
Kontseptsiya mualliflari, an‘anaviy o‘qitish tizimini yagona halqali o‘qitish, 
ya’ni ta’lim jarayonini mustaqil boshqarish uchun maxsus yaratilgan sharoitlar 
mavjud bo‘lmagan model sifatida tavsiflovchi yagona halqali o‘rganish va ikki 
halqali o‘qitish tushunchalari bilan izohlashadi. Bunda, talaba tomonidan mustaqil 
ta’lim jarayonini boshqarish uchun maxsus sharoit yaratilmaydi. 
O‘zining o‘n uch yillik faoliyati davomida, mustaqil ta’lim olish tushunchasi, 
xorijiy fan va amaliyotda keng tarqaldi hamda individual ma’ruza kurslariga 
kiritildi. Uning g‘oyalari nafaqat chet ellarda, balki mamlakatimizda masofaviy va 


elektron ta’lim amaliyotida o‘rganish va qo‘llash mavzusiga aylanmoqda. Uzluksiz 
ta’lim doirasida ba’zi bir qoidalar keng rivojlandi.
Mustaqil ta’lim kontseptsiyasi bo‘yicha ingliz tilidagi manbalarni tahlil qilish 
paytida kalit so‘zlar belgilandi va mini-lug‘at tuzildi. 

Download 200.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling