Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarning maqsadi - harbiy xizmatchilarda
qurollangan Vatan himoyachisining fazilatlarini shakllantirishdan iborat.
Bunday fazilatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-jamoaviy ishlarning zarurligiga ishonch hosil qilish, jamoaviy faollik;
-ishning ahamiyati va o‘zining majburiyatlarini bajarish bo‘yicha
amaliy
ko‘nikmalarga ega bo‘lish va o‘z ishini bilish;
-tashkilotchilik qobiliyatlari;
-jamiyatga axloqiy munosabatda bo‘lish (vatanparvarlik, ma’naviyat, Qurolli
Kuchlarning tarkibida bo‘lish g‘ururi va shu kabilar);
-xizmatga bo‘lgan munosabat (vijdonlik, ijodiy yondashish va shu kabilar);
-boshqa odamlarga munosabat (jamoatchilik, to‘g‘rilik, atrofdagilarning
qiziqishlarini hurmat qilish va shu kabilar);
-o‘ziga munosabat (or-nomus, izzat va shu kabilar).
tarbiyaviy
ishlarning mazmuni, tarbiyaning muayyan shakllaridan alohida
mavjud bo‘la olmaydi, shakl esa (yoki bu shaklda) turli xil uslublar bilan mazmunni
maqsadlar bo‘yicha uzatadi. Boshqacha qilib aytganda: turli xil uslublar bilan aniq
shaklga kiritilgan mazmun, insonlarning ongi va tuyg‘usiga ta’sir qiladi.
Tayanch so‘zlar: Xyutagogika,
pedagogika, mustaqil tarbiya;
mustaqil
ta’lim; mustaqil tarbiya va ta’lim mazmuni, maqsadi, metodlari, sifat,
uzluksiz
ta’lim, masofaviy va elektron ta’lim, amaliyot.
Nazorat uchun savollar:
1. Mustaqil tarbiyaning mazmunini tushuntirib bering.
2. Mustaqil tarbiyaning qanday metodlari bor?
3. Mustaqil ta’limning mazmuni nimadan iborat?
4.Harbiy xizmatchilarning mustaqil ta’limi va tarbiyasini tashkil etishni
tushuntirib bering.
5.Harbiy bo‘linmada mustaqil ta’limni kim tashkil qiladi.