19-mavzu: «Harbiy xizmatchilar mustaqil ta’limi va tarbiyasi jarayonining mazmuni va maqsadlari». Reja


Download 200.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana09.05.2023
Hajmi200.37 Kb.
#1448801
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
19-MAVZU

 
 
2-o‘quv savoli. Hаrbiy xizmаtchilаrning mustаqil tа’limi vа tаrbiyasini 
tаshkil etish 
Bugungi kunda harbiy xizmatchilar mustaqil ta’lim olishlariga talablar oshib 
bormoqda. XXI - asr nanotexnologiyalar, yangi zamonaviy texnologiyalar asri deb 
e’tirof etilishi, yangi zamonaviy qurol yaroq turlari yaratilishiga sabab bo‘lmoqda. 
Zamonaviy qurol – aslahalarni mohirona qo‘llash uchun esa, har bir harbiy 
xizmatchidan chuqur bilim va ko‘nikmalar talab qilinadi.
Keng tafakkur, kuchli bilim, kompyuter texnologiyalarini mukammal 
o‘zlashtirgan harbiy xizmatchigina, zamonaviy jangovar harakatlar olib borish 
taktikasini qo‘llash orqali yuqori natijalarga erishishi, qo‘yilgan jangovar vazifalarni 
muvaffaqiyatli bajara olishi mumkin. Harbiy xizmatchilar mustaqil ta’limi va 
tarbiyasini tashkil qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Mudofaa vaziri buyruqlari hamda umumharbiy nizomlar asosida 
tashkil qilinib olib boriladi. Harbiy xizmatchilarning mustaqil ta’lim va tarbiyasini 
tashkil qilish, qism komandiri tomonidan tasdiqlangan kun tartibida belgilangan 
vaqtlarda olib boriladi. Mustaqil ta’lim, harbiy xizmatchilarning mustaqil 
tayyorgarlik jarayonida amalga oshiriladi. 
Mustaqil tayyorgarlik bu - nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shakli bo‘lib, 
o‘quv mashg‘ulotlar, barcha toifadagi harbiy xizmatchilar uchun tashkil etiladi. 
Ushbu tayyorgarlik turi, ofitserlar hamda kontrakt asosida harbiy xizmatni 
o‘tayotgan oddiy askar va serjantlar uchun bilim va ko‘nikmalar darajasini 
oshirishning asosiy usuli hisoblanadi. Mustaqil tayyorgarlik mavzusi hamda o‘quv 
savollarini har bir harbiy xizmatchi o‘ziga yuklatilgan vazifalar, rasmiy va maxsus 
vazifalar va tayyorgarlik darajasidan kelib chiqqan holda belgilaydi, majburiy 
xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilar uchun esa mustaqil tayyorgarlik mavzusi, 
o‘tkazish tartibini hamda o‘quv savollarini bevosita komandir (boshliq) belgilab 
beradi. Mustaqil tayyorgarlik jarayonini tashkil qilish va nazorat qilish bevosita 
komandirlar zimmasiga yuklatilgan. Bundan tashqari harbiy xizmatchilarning bilim 
saviyalarini oshirish, ularda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, bo‘ysunuvlaridagi 
bo‘linmalar bilan boshqaruvchanlik qobiliyatlarini shakllantirish hamda nostandart 
vaziyatlarda qarorlar qabul qilishni o‘rgatish maqsadida komandirlik tayyorgarligi 
tizimida ofitserlar va komandirlik lavozimidagi harbiy xizmatchilar bilan rejaga 
asosan mashg‘ulotlar tashkil qilinib olib boriladi.

Download 200.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling