19-mavzu: «Harbiy xizmatchilar mustaqil ta’limi va tarbiyasi jarayonining mazmuni va maqsadlari». Reja


Download 200.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana09.05.2023
Hajmi200.37 Kb.
#1448801
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
19-MAVZU

Pedagogika 
Andragogika 
Xyutagogika 
Lokus nazorati 
O‘qituvchi 
O‘qituvchi 
/o‘quvchi 
O‘quvchi 
Ta’lim sektori 
Maktab 
Kattalar ta’limi 
Oliydan keyinga ta’lim 
Kognitiv daraja 
idrok 
Metaidrok 
Epistometodologik idrok 
(idrok haqidagi bilim) 
Bilimlarni ishlab 
chiqarish 
konteksti 
Predmetni 
anglash 
O‘zaro 
munosabatlarni, 
muzokaralarni, 
baholash jarayoni 
Bilimlarni yaratish 
Savol 
Nima 
Nimaga 
Nimaga ham yo‘qnet? 


bo‘lishi haqida gapirish hali erta. Bundan tashqari, mualliflarning o‘zlari 
xutagogikaga, izlanish, konsepsiya, yondashuv, o‘qitish, sifatida qarashadilar.
Ushbu ta’limot asosida, bir nechta asosiy pozitsiyalar va asosiy qoidalarni 
ko‘rsatish mumkin: 
1.Mustaqil ravishda ta’lim olish, Dj. Dyui ning konstruktivizm haqidagi 
nazariyasi bilan M. Montessorining pedagogik g‘oyalari bilan, D.Kolbning 
bosqichma – bosqich aqliy faoliyatning shakllanishi modeli bilan, M.Xaydegerning 
falsafasiga, Rodjers fenomenologiyasi, tizim fikrlash nazariyasi, tashkiliy ta‘lim, 
boshqariluvchan ta’lim, hamda andragogika holati bilan hamohang ravishda 
shakllanadi. 
2. Mustaqil ta’lim doktrinasi, kattalar ta’limi texnologiysi va strategiyasini 
o‘rganib chiqadi, unda ustoz (murabbiy) izlanuvchan ta’lim usullarini qo‘llash 
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib, mavjud bilimlarni o‘zgartirish va yangilarini 
yaratishga sharoit yaratib beradi. Hayot davomida sinov va xato orqali eksperimental 
tarzda o‘rganish usullari, yangi bilimlarni hosil qiladi. Moslashuvchan, muammoli 
bo‘lib, u noto‘g‘ri, “nuqsonli” o‘qitish uslublariga rahna soladi hamda, mavjud 
bilimlarni yangilari bilan birlashtiradi.
Ta’lim, turli xil vositalar yordamida: vizual fazoviy, musiqiy ritmik, tana 
kinestetik, og‘zaki lingvistik, mantiqiy matematik, shaxslararo shaxsiy, jamoaviy, 
individual intellekt yordamida yangi bilimlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish 
jarayoniga aylanadi. Talaba, mavjud bilimlarni tahlil qiladi, sintez qiladi, 
umumlashtiradi, innovatsion usullarni ijodiy ravishda yaratadi, bu esa yangi 
bilimlarni yaratishga olib keladi. Shunday qilib, xyutagogika eng yuqori darajadagi 
o‘qitish tizimi sifatida tushuniladi, bunda muammolar evristik metod, metakognitiv, 
ijodiy yondashuvlar yordamida hal etiladi. 
3. Xyutagogikaning diqqat markazida (capability) katta insonlar potensiali 
joylashadi. Kontseptsiya mualliflari “80-yillarning o‘rtalarida, Angliyada qobiliyat 
kontseptsiyasining (the concept of capability) paydo bo‘lishi sababini, ingliz 
kompaniyalarining pasayib borayotgan jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish 
zarurati edi deb ta’kidlashadi. Globallashuv va uning oqibatlari, ish o‘rinlari sifatiga 
ta’sir ko‘rsatayotgani ayni haqiqat. Zamonaviy ishchilar va tashkilotlar, ish 
beruvchilar, doimiy ravishda o‘zgarib turadigan beqaror muhitda omon qolishlari 
uchun, endi, ishchilarga faqat malakaga ega bo‘lish etarli emas, balki, o‘qishga va 
o‘rganishga tayyor bo‘lishlari kerakligini e’tirof etishmoqda. 
Dunyoda moslashuvchan, tayyor bo‘lmagan, odamlar va tashkilotlarning 
“boshlarini qumga tiqishga tayyor” joy yo‘q. Yuqori potentsialga ega insonlarda, 
o‘zlari yashaydigan beqaror muhit bilan samarali kurashish uchun imkoniyatlari 
ko‘proq bo‘ladi, chunki ular o‘zlarining samaradorligiga e’tibor qaratish, qanday 
o‘rganish, bilim va malakalarni o‘zga muhitga o‘tkaza olish qobiliyatlarga ega. 
Boshqacha qilib aytganda, xyutagogika avvalgi tadqiqotlar va ilmiy 
nazariyalar javob bera olmagan savollarga javob izlashni o‘z zimmasiga oladi. Misol 
tariqasida, kontseptsiya mualliflari, masofaviy ta’limni keltirib, quyidagilarni 
ta’kidlashadi, jumladan, masofaviy ta’lim o‘zining qanchalik o‘zgaruvchanlikga ega 
bo‘lishiga qaramasdan, asosiy e’tibor markazida o‘quvchi emas, o‘qituvchi bo‘lib 
qolyapti. 


Kompetentli yondashuvga asoslangan individual o‘quv rejalar, o‘zlarining 
bilim olishlarini o‘zlari boshqara oladigan “salohiyatli shaxslar” boshqa modelga 
qarshi sifatida ko‘riladi. Xyutagogika, o‘qitishga moslashuvchan yondashuv 
zarurligini tushunadi, bunda o‘qituvchi resurslar bilan ta’minlaydi, ammo o‘quvchi, 
o‘qituvchi bilan hamohanglikda o‘zi o‘zlashtira oladigan haqiqiy kursni ishlab 
chiqadi.
Shunday qilib talaba, tanqidiy maqolalar, taqrizlar, savollarni ko‘rib chiqishi 
va o‘zi uchun nima qiziqarli va qadrli ekanligini tanlashi, so‘ngra mumkin bo‘lgan 
o‘qish materiallari va kerakli topshiriqlarni muhokama qilishi mumkin. Bunday 
vaziyatda baho, yutuqlarni o‘lchashdan ko‘ra ko‘proq, ta’lim tajribasining vositasiga 
aylanadi. Xyutagogika, talabaning o‘z bilimlari uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga 
olishidan boshlanadi. Hyutagogika, o‘quvchining potentsialini rivojlantirishda, 
o‘qituvchining rolini nafaqat mavzu sohasida (bilim va malakada) ko‘radi, balki uni 
talaba ustidan nazoratchi sifatidan voz kechishga undab, o‘z zimmasiga 

Download 200.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling