19-mavzu: «Harbiy xizmatchilar mustaqil ta’limi va tarbiyasi jarayonining mazmuni va maqsadlari». Reja
Download 200.37 Kb. Pdf ko'rish
|
19-MAVZU
Tarbiyaviy ishlar
Qurolli Kuchlar faoliyatida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar muhim ahamiyatga egadir. Barcha turdagi komandirlar, har kungi hayotida, bo‘linma faollari, askarlar, kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilar bilan tarbiyaviy ishlar o‘tkazishlari natijasida o‘z bo‘ysunuvchilarida g‘oyaviy immunitetni, jasoratni, jangovar texnika va qurol-yarog‘lar hamda harbiy sirlarni saqlay oladigan, shaxsiy tarkibni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, burchini bajarishga shayligi, harbiy qasamyodga sadoqatligi, o‘z xalqining farovon hayoti, mustaqilligi, shu o‘lkaning gullab-yashnashi yo‘lida himoya qilishga doimiy tayyor vatanparvar jangchini tarbiyalashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun barcha bo‘g‘indagi komandirlar tomonidan harbiy qism bo‘linmalarida tizimli ishlar tashkil qilingan bo‘lib, bugungi kunda harbiy xizmatchilarning tarbiyasi ushbu tizimda amalga oshiriladi. Tarbiyaviy ishlar asosini yakka tartibdagi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar tashkil qiladi. Zero, har bir harbiy xizmatchi shaxs sifatida boshqalarda takrorlanmas ichki tuyg‘u, xarakter, qobiliyatlarga ega. Ushbu omillarni hisobga olgan holda, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda ushbu jarayonga individual yondashuv maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tarbiyaviy ishlar harbiy qism bo‘linmalarida kun tartibi hamda mashg‘ulotlar jadvalida ko‘rsatilgan soatlarda olib boriladi. Har bir harbiy xizmatchining tarbiyasi uchun uning bevosita komandiri (boshlig‘i) javobgar hisoblanadi. Tarbiya – bu uzluksiz jarayon hisoblanadi. Har bir harbiy harbiy xizmatchi, xoh u oddiy askar bo‘lsin, xoh u serjant va yoki ofitser, ularning tarbiyasiga alohida yondashuv kerak bo‘ladi. Tarbiyachi komandir, chuqur bilimga ega bo‘libgina qolmay, ba’zi bir ma’lumotlarga ham ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Ushbu faktorlar, bo‘ysunuvchilarni yaxshiroq bilib olish orqali ular tarbiyasiga samarali ta’sir eta olish imkonini beradi. Jumladan, - harbiy xizmatchining oilaviy ahvoli, - harbiy xizmatga qadar nima bilan shug‘ullanganligi; - qanday muhitda ulg‘ayganligi; - surunkali kasalliklari mavjudligi; - qanday tip xarakterga tegishliligi; - harbiy jamoada tutgan o‘rni kabi ma’lumotlar, komandir tomonidan tashkil qilib olib boriladigan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshiradi. Download 200.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling