19-mavzu: «Harbiy xizmatchilar mustaqil ta’limi va tarbiyasi jarayonining mazmuni va maqsadlari». Reja
Download 200.37 Kb. Pdf ko'rish
|
19-MAVZU
“Fasilitator” rolini olishga, yordamchi vazifasini bajarishga va talabaga o‘quv
jarayonini boshqarish huquqini berishga chaqiradi. Yangi rol o‘qituvchidan, menenjerdan yangi paradigmaga rioya qilishni, yuqori potentsialga ega bo‘lgan shaxs bo‘lishni, o‘rganishga qodir bo‘lishni talab qiladi. Xutagogika tushunchalaridan biri bu “ikki halqali o‘qitish” usuli (double loop learning). Ushbu atama ijodkorlari, psixolog Kris Argiris va faylasuf Donald Shon talqinida, bu o‘zgarishlar (birinchi sikl) davomida olingan ma’lumotlardan kelajakdagi o‘zgarishlarni (ikkinchi sikl) yanada samarali boshqarish uchun foydalanish jarayoni. Modelning mohiyati birinchi va ikkinchi darajali kuzatuvchilarni tanlashda yotadi “Birinchi raqamli kuzatuvchi, narsalarni unga qanday ko‘rinsa, shunday ko‘radi. Dunyo uning uchun mavjud va bu shunday bo lib qoladi. Aksincha, ikkinchi raqamli kuzatuvchi, birinchi raqamli kuzatuvchi qanday ko‘rishi bilan tushuntiradi. Ya‘ni, u uning qanday kuzatishini kuzatmoqda. Kuzatish usuli - bu odamning o‘ziga xos “o‘lik zonasi” hisoblanadi. Boshqa odamning o‘lik zonasini ko‘rish qobiliyati, ikkinchi raqamli kuzatuvchini hamma narsani biluvchi, bilag‘on qilib, yani boshqacha usulda kuzatish mumkinligini, shunda narsalar boshqacha ko‘rinishda ega bo‘lishi ko‘rinadi”. Mustaqil ish konsepsiyasida “ikki tomonlama o‘rganish halqasi” atamasi pedagogik talqinni oladi. Bir tomondan, bu shuni anglatadiki, o‘quv jarayonida o‘quvchi, bir vaqtning o‘zida metodlarni, texnologiyalarni, o‘qitish texnikasini o‘zlashtiradi, o‘zining ta’lim faoliyatini tahlil qiladi va shu bilan uning salohiyati rivojlanadi. Boshqa tomondan, bu o‘quv jarayonining bir tekis emasligini ko‘rsatadi. Kontseptsiya mualliflari, an‘anaviy o‘qitish tizimini yagona halqali o‘qitish, ya’ni ta’lim jarayonini mustaqil boshqarish uchun maxsus yaratilgan sharoitlar mavjud bo‘lmagan model sifatida tavsiflovchi yagona halqali o‘rganish va ikki halqali o‘qitish tushunchalari bilan izohlashadi. Bunda, talaba tomonidan mustaqil ta’lim jarayonini boshqarish uchun maxsus sharoit yaratilmaydi. O‘zining o‘n uch yillik faoliyati davomida, mustaqil ta’lim olish tushunchasi, xorijiy fan va amaliyotda keng tarqaldi hamda individual ma’ruza kurslariga kiritildi. Uning g‘oyalari nafaqat chet ellarda, balki mamlakatimizda masofaviy va elektron ta’lim amaliyotida o‘rganish va qo‘llash mavzusiga aylanmoqda. Uzluksiz ta’lim doirasida ba’zi bir qoidalar keng rivojlandi. Mustaqil ta’lim kontseptsiyasi bo‘yicha ingliz tilidagi manbalarni tahlil qilish paytida kalit so‘zlar belgilandi va mini-lug‘at tuzildi. Download 200.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling