19-mavzu: «Harbiy xizmatchilar mustaqil ta’limi va tarbiyasi jarayonining mazmuni va maqsadlari». Reja
Download 200.37 Kb. Pdf ko'rish
|
19-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- XYUTAGOGIKA.
Mustaqil ta’lim shaxsning o‘z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish,
mavjud ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish va yangilarini egallash bo‘yicha faol, maqsadli faoliyatidir. Mustaqil bilim olish faoliyati shaxsning ma’naviy, axloqiy xislatlarini va kasbiy mahoratini rivojlantirishga yordam beradi, aqliy salohiyati oshadi, kasbiy mahorati va madaniy saviyasi o‘sadi, dunyoqarashi, fikrlash qobiliyati kengayadi. Mustaqil ta’lim har bir harbiy xizmatchining doimiy ishiga, odatiga aylanishi lozim. Bu jarayon, ayniqsa, askarlar, yosh ofitserlar uchun juda muhimdir. Mustaqil ta’lim jarayonini qanday tashkil etish kerak, degan savolga aniq javob berish, biror ko‘rsatma berish qiyin. Chunki bu jarayon har bir shaxsning qiziqishi, imkoniyati, xohishi, ehtiyojiga bog‘liq. G‘arb davlatlarida keng qo‘llaniladigan mustaqil ta’limning yangi zamonaviy metodlaridan birini ko‘rib chiqamiz: XYUTAGOGIKA. Uzluksiz ta’lim masalalariga bag‘ishlangan xorijiy ingliz tilidagi ilmiy maqolalarda, mustaqil tarbiyalash ta’limotini anglatuvchi Xyutagogika (heutagogy) atamasi so‘nggi paytlarda tobora ko‘proq uchraydi. Uning paydo bo‘lishi faktining o‘zi, hayot davomida inson ta‘limini tashkil qilishda yangi yondashuvlarni izlash zarurligini tasdiqlaydi va mahalliy olimlar va amaliyotchilarning e’tiborini jalb qilmoqda. Xyutagogika atamasi Styuart Xeyz va Kris Kenyon tomonidan 2000 yilda Andragogikadan Xyutagogika qadar kiritilgan. Xyutagogika, mualliflar tomonidan kattalar ta’limini tashkil etishning yangi yondashuvi, mustaqil ta’lim olish doktrinasi, ya’ni XXI-asrda qanday qilib mustaqil ravishda o‘rganish haqida ta’limot sifatida ko‘rsatilgan. Ushbu konsepsiyaning muqaddimasida S. Xasse va K. Kenyon “chindan ham mustaqil ta’lim kontseptsiyasi xyutagogika, 50-yillar ta’limotida berilgan yondashuvlariga asoslanadi. Xyutagogika XXI - asr o‘quvchilarining ta’lim ehtiyojlarini, xususan individual qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam berishi taxmin qilinmoqda. Xyutagogika atamasining birinchi qismi semantik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan bir necha yunoncha so‘zlardan tuzilgan: supsxiko (heurista) “kashf qilish, aniqlash, tanib olish”, Supsxiko (heuretikos) “ixtiro”, stipna (heuriskein) “topish”. Terminning ikkinchi qismi yunoncha auyu (ago) - pedagogika va andragogika kabi atamalar bilan o‘xshashligi bo‘yicha “etaklayman” ma’nosini anglatadi. Shunday qilib, so‘zning semantikasida “ixtirolar, kashfiyotlar, topilmalar, xulosalarga olib borish” ma’nosi mavjud bo‘lib, bu bizni xyutagogikani qanday o‘rganish kerakligi haqidagi ta’limot sifatida talqin qilishga olib keladi, evristik ta’lim uslubini hukmron g‘oya sifatida belgilaydi. Yana bir talqin mavjud, unga ko‘ra, xyutagogika atamasining birinchi qismi, yunoncha sauxo (evtos, “o‘zim”) so‘zidan tuzilgan bo‘lib, xyutagogikani mustaqil ta’lim olish doktrinasi sifatida izohlashga imkon beradi. Ko‘rinib turibdiki, ikkala talqin ham bir-biriga zid kelmaydi va bir-birini to‘ldiradi, qo‘shimcha semantik “hajm” yaratadi. Xyutagogikaning ilmiy yo‘nalish sifatida paydo bo‘lishining zaruriy sharti, XXI-asrda inson hayotidagi ta’limning mazmun maqsadlarini yangicha anglashdan iborat edi. Kontseptsiya mualliflarining fikriga ko‘ra, jamiyatdagi o‘zgarishlarning tez sur’ati va informatsion portlash deb nomlanuvchi hodisalar, o‘quvchi tomonidan o‘rganadigan narsalarni va o‘quv jarayoni qanday tuzilganligini o‘rganadigan o‘quv jarayonini tashkil etishning yangicha yondashuvlarini izlab topishni taqazo qildi. Shu o‘rinda, mustaqil ta’lim to‘g‘risidagi ta’limotni belgilangan ilmiy nazariya va metodikasi, xususan qobiliyatlarni rivojlantirish nazariyasidan tabiiy o‘tish sifatida qarash mumkin va mualliflarning fikriga ko‘ra, XXI-asrda ta’lim olishda optimal yondashuvni ta’minlashi mumkin. Terminning yangiligi sababli, mustaqil o‘rganish nazariyasiga bag‘ishlangan, deyarli barcha dastlabki ishlarda, uning ilmiy xarakteri va mustaqilligini asoslash zarurati, xyutagogikani, pedagogikaga va andragogikaga qarshi qo‘yilgan. Konsepsiya mualliflari, kattalarni mustaqil ta’lim sub’ekti sifatida ajratib ko‘rsatgan va XX - asrning 70-yillarida, kattalar ta’limi tamoyillari tizimini asoslab bergan andragogika g‘oyalarining inqilobiy mohiyatini belgilab beradi. Shu bilan birga, ular “xyutagogika - bu pedagogik jamoadagi yangi inqilob, bir qadam oldinga siljish va pedagogikani yangi tamoyillar va ta’lim amaliyotiga o‘tishga imkon beradi. Ushbu inqilob biz yashayotgan yangi dunyoga mos keladi” deb e’tirof etadilar. Axborotni tezkorlik bilan olish mumkin bo‘lgan dunyoda, o‘zgarishlar shunchalik ahamiyatli bo‘ladiki, mavjud an‘anaviy ta’lim va tarbiya usullari bu jarayonga etarli bo‘la olmaydi. Fanlarga bog‘liq bilimlar, zamonaviy jamiyatda, zamonaviy ish joylarida ishlashga tayyorlamaydi. Hayotda nima qilishimizga ko‘proq moslashishni o’rganish; zamonaviy tashkiliy tuzilmalar moslashuvchan o‘qitish amaliyotini talab qiladi, bu o‘z navbatida, o‘qitishga katta ehtiyoj borligini anglatadi. Ushbu muammolarga javoban, pedagogik va andragogika fanlari kamchiliklarini bartaraf etadigan innovatsion yondashuvlar yuzaga keladi. Fred Garnettning maqolasida pedagogikani bolalar va o‘spirinlarga ta’lim va tarbiya berish ilmi, andragogika esa kattalar ta’limi, xyutagogika fani esa mustaqil ta’lim olish yo‘nalishi sifatida tizimlashtirishga harakat qilingan. (1-jadvalga qarang) Pedagogika, andragogika va xyutagogikaning qiyosiy xususiyatlari 1-jadval Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan uchta yo‘nalishning farqi shundaki, ular diqqat markazida kim turgani, fan kim uchun “ishlayotgani” dadir. Xyutagogika g‘oyalarini amalda qo‘llashga bag‘ishlangan saytlardan biri, quyidagi ta‘rifni beradi: “Pedagogika - bu o‘qitishga asoslangan fan; andragogika – o‘quvchilarga yo‘naltirilgan, xyutagogika esa mustaqil bilim olish fanidir ” deyilgan. Ushbu g‘oyani rivojlantirib, aytishimiz mumkinki, xyutagogika mustaqil bilim oluvchi odamga qaratilgan. Andragogika, asosiy e’tiborni yaxshi bilim olishga, ya’ni o‘rganish usullariga e’tibor qaratsa, xyutagogika, usullardan tashqari, o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham e’tibor beradi. Andragogika, ta‘limning institutsional shakllariga, o‘quv tuzilmalariga e’tibor qaratadi, xyutagogika barcha ta’lim sharoitlarini hisobga oladi: rasmiy, norasmiy va informal. Xyutagogika, universal ta’lim imkoniyatlarini qanday qilib o‘rganishni o‘rgatishga alohida e’tibor beradi. Shu nuqtai nazardan, uni uzluksiz ta’lim konsepsiyasi sifatida, andragogika va pedagogikaning o‘quv – pedagogik masalalarni hal qilishga qaratilgan yutuqlarini jamlay oladigan yo‘nalish sifatida qaraladi. Xyutagogikaning asosiy qoidalari, kontseptsiya mualliflari tomonidan pedagogika va andragogika singari, tan olingan fanlarga qarshi chiqish orqali tasvirlanganiga qaramay, XXI asrda inson tarbiyasi bo‘yicha yangi fan paydo Download 200.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling